O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta


Download 117.31 Kb.
bet8/26
Sana17.11.2023
Hajmi117.31 Kb.
#1782324
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
Aziza kurs ishi boshqatdan

Ta’lim vazifasini ma’nosi, o‘quvchilar harakat qobiliyatlarini erkin boshqarish imkoniyatini ta’minlashdan iborat. Kimki aniq uddalash soniga ega bo‘lsa, u xech ikkilanmaydi, ya’ni o‘zini yo‘qotmaydi, vujudga kelgan holatga qarab, zaruriy faoliyatidan foydalanadi. Jismoniy tayyorgarligi bo‘lgan o‘quvchi agar biror to‘siqqa duch kelsa tezda zaruriy qarorni qo‘llay biladi.
Bunday darajaga maktabda o‘rgatish borasida har bir darsda qism vazifalarni izchillik bilan xal etish yo‘li orqali, alohida harakatlarni o‘rganish va ularni butun harakat faoliyatiga birlashtirish orqali erishiladi. Masalan uzunlikka sakrashni o‘zlashtirib olish maqsadida alohida darslarga yugurib kelish, depsinish, uchish, tushish, vazifalari qo‘yiladi. O‘quvchi parallel holda ma’lum bilimlarni o‘zlashtirib oladi.
Har bir o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini maktab programmasida ko‘rsatilgan harakat qila bilishlikni to‘liq o‘zlashtirib olishiga intilishi kerak. Ba’zi bir o‘qituvchilarning harakat faoliyatlarini tor doirada o‘zlashtirib olishga intilishi maqsadga muvofiq emas, harakat faoliyat tajribasini birlashtirib bir vaqtni o‘zida olib borishi o‘rgatishni qiyinlashtiradi. Jismoniy mashqlarni keng doirada o‘rgatish va uni o‘zlashtirib olinishi, yuqori jismoniy ma’lumot darajasini vujudga kelishiga yordam beradi.
Harakatni boshqara bilish qobiliyatini tarbiyalash, harakatni vaqtida bajara bilishlikni baholay bilishdan iborat. Avvalom bor bolalarni alohida harakatni ko‘pol formadagi xarakteristikasini katta va kichik amplitudadagi tana bo‘yicha ajrata bilishlikka o‘rgatish zarur, qo‘llar, tana, oyoqlar. Bu vaqtda
harakatlarni katta va kichik amplituda bilan tez va sekin, katta va kichik kuchlanish bilan navbatlantirish kerak. Xarakteri bo‘yicha tez farqlanadigan harakatlar engil esda qoladi. Bunday toifadagi harakat vazifalar 6-7 yoshdagi bolalar uchun qulay hisoblanadi.
Ta’lim vazifasi o‘rgatish jarayonini mazmunini aniqlaydi o‘quv faoliyatini maqsadga muvofiqligi belgilaydi, dars natijasini aniqlashtirish imkonini beradi. Ammo bunday samaraga ularni aniq ifodalash sharti bilan erishiladi.
Noaniq qo‘yilgan ta’lim vazifalari o‘quv jarayonining mantiqiy buzilishga olib keladi, o‘quvchilar xoxishini buzadi, aktivligiga salbiy ta’sir etadi.
Aniq umumta’lim vazifalarini qo‘yilishi harakat faoliyatlaridan iborat bo‘lgan hamma harakatlarni o‘zlashtirib olinishi bilan shartlashadi. Masalan, balandlikka sakrashni o‘zlashtirib olish uchun yugurib kelishni alohida, depsinib tushishini alohida, depsinib va planka ustidan oshib o‘tishni, tushishni alohida vazifa qilib qo‘yish zarur. Bu vaqtda alohida harakatlarni o‘zlashtirib olish tartibi bir xilda bo‘lmasligi mumkin. Ya’ni balandlikka sakrashni o‘rganish depsinish va tushishdan boshlanadi.
Ta’lim vazifasini qo‘yilishining ikkinchi asosiy shartlashganligi o‘rgatish jarayonini mantiqining uni etaplarga belgilanishidan iborat, mashqni taxminiy o‘rgatish, chuqurlashtirib o‘rgatish. Shuni esda tutish kerakki, darslarda qator mashqlar o‘rganiladi; ba’zi birlari bilan o‘quvchilar endi tanishadi, mustahkamlash va takomillashtirish mustaqil ishlar davomida boradi.
Ma’lum darsni oxirgi natijasi ifodalansa, bunday umumta’lim vazifalar aniq hisoblanadi. Shuning uchun darsda vazifalarni qo‘yilishida quyidagi fe’llardan foydalanish maqsadga muvofiq: “o‘rgatish”, “mustahkamlash”, “takomillashtirish”. Eng ko‘proq aniq vazifa “o‘rgatish”dan iborat va uni qo‘yilishiga o‘qituvchi ko‘proq intilish kerak. Shunga bog‘liq bo‘lgan holda u har bir darsda o‘quvchilar o‘zlashtirib olishiga imkoni bo‘lgan materallarni planlashtirishi kerak. Biroq har doim ham shunday bo‘lavermaydi, shuning uchun o‘quvchilar boshqa, “o‘rgatish”, “o‘rgatishni davom ettirish” va baholash,
alohida mashqlarni yoki kombinatsiyani bajarish. Bunday anif vazifalar konspektda yoziladi va har bir darsda o‘quvchilarga etkaziladi.

Download 117.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling