O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta


Download 117.31 Kb.
bet12/26
Sana17.11.2023
Hajmi117.31 Kb.
#1782324
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
Aziza kurs ishi boshqatdan

Jismoniy madaniyat darsini turlash. Dars tarkibi uning mazmunini belgilaydi. Shuning uchun dars qurilishini, qonuniyatlarini tadqiqot qilishlik eng avvalo vazifani to‘g‘ri qo‘yish, manba, metodlarni to‘g‘ri tanlash talab etiladi.
Darsning maqsadi vazifalarini to‘g‘ri aniqlashdan iborat. Dars klassifikatsiyasi avvalombor o‘quv jarayoni didaktiv vazifa va manbalari aniqlashtirish uchun zarur. Shu bilan birga eng avvalo dars tuzilishining qonuniyatlariga ko‘rib chiqish uchun ularning asosiy belgilarini tizimiga solish zarur. Bularsiz o‘rganiladigan nazariya savollarini ya’ni qonuniyatlarini to‘g‘ri tushunib bo‘lmaydi.
Umumpedagogik va maxsus adabiyotlarda maktab darsini klassifikatsiyasiga har xil yondoshishliklar mavjud. Shu jumladan jismoniy madaniyat darsi ham. Ba’zi hollarda ularning klassifikatsiyasi didaktiv maqsadlarni amalga oshirish uchun klassifikatsiya qiladi. Yangi materialni o‘rganish darsi, qaytarish darslari. Boshqa holatlarda – o‘quv materialini mazmuniga qarab, adabiyot darsi, matematika darsi, gimnastika darsi engil atletika darslari, uchinchilari – o‘rgatish metodlari bo‘yicha, to‘rtinchidan o‘quvchilarning joylashtirish usuli bo‘yicha, beshinchidan ishni bajarish. Dars klassifikatsiyasini yo‘qotadi. Har qanday ilmiy asoslanmagan darsni guruhlash maqsadga muvofiq emas. Darslarni klassifikatsiyalashda ularni tashqi belgilariga qarab emas uni mohiyatiga qaralishi zarur. Darslarni maqsad vazifalariga qarab bo‘lishligi tamoyili didaktikadan umumiy joy olgan yo‘nalishiga o‘xshashlik jismoniy madaniyat darsini nazariyasida topdi. V.V. Belinovichni ta’biri bilan aytganda, bunday darslar o‘rgatish, mustahkamlash, o‘rganilganlarini tekshirish maqsadida tashkil qilinadi.
Jismoniy tarbiya darsini klassifikatsiyasi N.N. Efremov ishlarida o‘z ijobini topdi. U darsni u topini ajratib berdi:

  1. yangi materialni o‘zlashtirib olish darsi;

  2. qaytalash darsi, takomillashtirish, o‘zlashtirib olganini mustahkamlash, mashqlanish;

  3. shug‘ullanuvchilar bilishni tekshirish;

  4. shug‘ullanuvchilarni bilim, malakalarini hamda jismoniy tayyorgarligi darajasini tekshirish-nazorat qilish;

  5. aralash tipdagi dars tipi, o‘quv mashqlanish.

Bu klassifikatsiyada faqat bir dars etishmaydi, bu ham bo‘lsa kirish. O‘rgatish jarayonini boshlanishi uchun dars. Bunday darslar maktab amaliyotida ham juda ko‘p qo‘llaniladi. Qoidaga ko‘ra o‘quv yilini boshlanishida o‘tiladigan darslar. Kirish darslari esa choraklarni boshida, dastur bo‘yicha yangi bo‘limga o‘tilganda. Bunday darslarni maqsadga muvofiqligini ko‘p o‘qituvchilarni tajribasi ko‘rsatmoqda.
Dars tipini har xil bo‘lishi o‘quvchilarni yoshi, shug‘ullanish joyini talabga javob berishi, ob-havo darsda kerak bo‘ladigan sport asbob anjomlarini etarli bo‘lishi va boshqa shartlar sabab bo‘ladi.
O‘quv metarillarini turlariga qarab darslarini klassifikatsiyalash mavjud bo‘lgan. Shunday ekan quyi sinflarda fiziologik-psixologik holatlarga qarab darsni mazmuni, o‘quv materiallini mazmuni, umumlashtirilgan qiskartirgan xarakterga ega bo‘ladi.
Maktab yoshdagi kichik bolalarga bir xildagi o‘quv materiallini berish mumkin emas, chunki yosh organizm tez charchaydi, toladi hamda bolalarga qiziqishni yo‘qotadi. Bir so‘z bilan aytganda o‘rgatish o‘qitishni samarasini yo‘qoladi. Shuning uchun quyi sinflarda imkoni boricha xilma xil materiallni o‘tish talab qilinadi. Shunday ekan xilmag‘xil vositalardan iborat bo‘lgan darslarni aralash darslar deb bo‘lmaydi yoki gimnastika darsi, basketbol darsi, engil atletika darsi deb bo‘lmaydi. O‘rta va yuqori sinflarda asta-sekinlik bilan aniq dars vositalarini kiritish talab etiladi. Bu albatta to‘liq qonuniyatlarga mos tushadi hamda talab darajasiga ega bo‘ladi, uni bu o‘quvchilar aniq sport turi bilan shug‘ullanishi hohlaydilar va ma’lum natijalarga erishishni istaydilar.
Darsni uch qismga bo‘linishi va ularni doimiyligi uni ichki tuzilishini tasnifi bermaydi. Chunki dars juda ko‘p detallardan iborat bo‘ladi.
Dastlab darsga tanlab olingan mashqlar tarkibi bo‘yicha muhokama qilinganda, ularning ketma ketligi davomiyligi «dars sxemasi” deb aytilgan. So‘ng dars vazifasi, manbasi va metodi buyicha baholanganda “dars rejasi” atamasini ishlatgan.
Dars tarkibi – bu uni qismlarini soni ularni tayinlanishi va mazmuni ketma-ketligi, har bir qismi davomiyligi, tarkibiy qismi, kirish, asosiy, yakuniy. Faqat qismlar alohida-alohida ajratilib o‘tilish ko‘p vaqtni olmasligini uqtiradi. Biroq darsda uni qismlarini farqlaydigan bo‘lsak bu holda uni qismlari to‘g‘risida so‘z yuritish shart emas. Chunki bu siz ham ular o‘zaro bog‘lanib ketadi. Boshlang‘ich sinflarda tayyorlov mashqlari o‘tilganda o‘qituvchi tomonidan mashqlar sekin asta bir vaqtning o‘zida chiroyli ko‘rsatilib mazmunan aniq, atamalarni to‘g‘ri so‘zlab berishi talab etiladi. Biroq doimo bir xil mashqlarni qaytarish sonini ko‘paytirib yuborish ham maqsadga muvofiq emas. O‘quvchilarni anatomo-fiziologik xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.
O‘rta va yuqori sinflarda darsni tayyorlov qismi bir oz cho‘zilgan bo‘lishi mumkin so‘zlab, ko‘rsatib berishga ketadigan vaqtni hisobini olish zarur.
Tajribali o‘qituvchilar tomonidan o‘tilayotgan xilma xil fandagi dars qismini tahlili shuni ko‘rsatadiki tayyorlov qism, asosiy qism, yakuniy qismlarni o‘zaro munosabati shug‘ullanuvchilarni yoshi, dars tipiga bog‘liq bo‘ladi. Quyi sinflarda qismlarni taqsimlanishi bir xilda, ammo tayyorlov qismidan bir oz farq qiladi. Masalan birinchi sinflarda tayyorlov, asosiy yakuniy qismini davomiyligi 13 min, asosiy 20 min, yakuniy 12 min. Yuqori sinflarda bolalarni anatomo- fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalarni organizmi tayyorlash so‘zlab berish ko‘rsatishlar biroz sekinroq kechadi, jismoniy yuklarni pasaytirish, dars joyini jihozlash va ularni yig‘ishtirib olish, darsga yakun yasash, uyga vazifa berish.
Biron ko‘zlab tashkil qilingan elementlarni davomiyligi 20-25 min davom etishi mumkin. Umuman olganda darsni tayyorlov qismi uchun olingan mashqlar asosiy qismidagi vazifalarni hal etish imkonini berishi, yakuniy qismdagi beriladigan mashflar asosiy qismdan kelib chiqqan bo‘lishi talab etiladi. Ya’ni dars boshlanishidan oldin o‘quvchini yurak urishi 65 ta bo‘lsa ya’ni tinch holatda – bo‘lsa darsdan so‘ng – bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich bilan
yakuniy qismdagi farq 70 ta bo‘lishi kerak. Darsga qo‘yilgan asosiy mashqlarni bajarish uchun dars vaqtini 28-50% sarflanadi.
Maktabdagi jismoniy tarbiya darsi asosiy pedagogik kategoriya tizimi sifatida qaraladi. Ularni o‘rgatish, tahlil qilish, yozish, oson bo‘lishi uchun alohida tahlil qilinadi. O‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri, o‘quvchilarning o‘quv ishlarini tashkil qilishdan iborat. “O‘quv ishlarini tashkil qilish” tushunchasi jismoniy tarbiya darsi jarayonida eng oldi bilan uchta aniq o‘qituvchi faoliyati bilan o‘z ichiga oladi:

  1. boshqarish;

  2. joylashtirish;

  3. ma’lum tartibda qo‘yilgan vazifalarni hal qilishdan iborat.

Mavjud adabiyotlarda “darsni olib borish”, “o‘quvchilar faoliyatini tashkil qilish metodlari” va boshqalar, jumladan “frontal”, “guruhli” va “individual” metodlar. O‘quvchilarni joylashtirish va ishlarni bajarish tartibi darsda sifatida qo‘llaniladi. Darsda o‘quvchilarni joylashtirish, qo‘yilgan vazifalarni bajarish tartibidan farq kilmog‘i kerak ko‘p hajmdagi vazifalarni qo‘yish aniq pedagogik tushunchalar bilan bog‘liq atamalarni qo‘llash, zqituvchi bilan metodistlarni o‘zaro tushunishi qiyinlashtiradi.
Jismoniy tarbiya jamoa bo‘lib yoki yakka tartibda ishlarni bajarish eng avvalo o‘quvchilarni boshqara bilishdan iborat. Uning asosiy usullari: buyruq, topshiriq, ko‘rsatish, hisob sanash, shu bilan birga ko‘rish, ovozli shartli belgilar.
Buyruq o‘zining qisqaligi, aniqligi, talabchanligi bilan ma’lum. Ular assal turganidan topshiriqlarni bajarishda qo‘llaniladi. Buyruq atamalari quyi sinfdanlardan qo‘llanilib yuqori sinflarda murakkablashtirib boriladi.
Quyi sinflarda buyruqlar biroz sekinlashtirilgan holda berilishi talab etiladi. Buyruqlar ma’lum komota’lim topshiriqlarni berishda qo‘llaniladi. Shuning uchun farmoyish u yki bu narsani bajarish tahlil qilinadi.
Darsda o‘quvchilarni boshqarish uchun yorug‘li va ovozli shartli ovoz va belgilar ishlatiladi bu shartli belgi yoki ovozlar oldindan kelishib olinadi.
Masalan, qarsak, svstok ishorali bilan to‘liq dars o‘tish mumkin. Quyi sinf o‘quvchilarini harakat faoliyatini tartibga keltirish, me’yorini belgilashda ovozli signallardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Oldindan kelishib olingan ishoralarni qo‘llash o‘qituvchiga rohat bag‘ishlaydi. Darsda o‘quvchilar faoliyatlarini boshqarishni juda ko‘p usullari mavjud. Bu holda albatta shug‘ullanuvchilar yoshini hisobga, dars o‘tish joyini, sharoitini, qo‘yilgan vazifalarni o‘quvchilar tomonidan qanday o‘zlashtirib olinganligini hisobga olish talab etiladi.
Darsda o‘quvchilarni joylashtirish o‘quv ishlarining asosiy usuli hisoblanadi. Uch usuldan iborat:

  1. o‘quvchilarni bo‘lmasdan, bir butun joylashtirish, frontal;

  2. bo‘limlar, zvenolar bo‘yicha, komanda bo‘yicha, guruhli;

  3. har bir o‘quvchini alohida-alohida, yakka tartibda joylashtirish.

Har bir usul ko‘p variantni o‘z ichiga oladi. Masalan, gimnastika darsida barcha o‘quvchilarni bir bukilib joylashtirish mumkin, kolonna, sherenga, doira yakka tartibda guruhli bo‘lishi mumkin, ko‘rsatilgan joy yoki snaryadlar oldida.
U yoki bu usulni qo‘llash ko‘p soni omillarga bog‘liq o‘quvchilarning yoshi tayyorgarligi dars tipi va turi, mashg‘ulot o‘rni, zaruriy asbob anjomlarni mavjudligi, yordamchilar soni. Biroq aniqlovchi omillar bo‘lib dastur o‘quv materiallari hisoblanadi.
O‘quvchilarni joylashtirishning xilma-xil usullari mashqlarni takomillashtirish, o‘zlashtirib olinganligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Masalan, sinf o‘quvchilarini ko‘p guruhlarga bo‘lib yuborishlik yoki snaryadlar bo‘lib yuborish, ularni joylashtirish, ularni jismoniy yuk olish hajmini oshiradi.
Mavjud adabiyotlardan joy olgan “doiraviy mashqlanish metodi”, mashqlarni doiraviy bajarish” “doiraviy metodi”, bu metodlar to‘g‘ri deb tan olish mumkin, lekin biroq. “shakl” bilan metodni almashtirib yubormaslik kerak. Bizga ma’lumki “Doiraviy mashqlanish” o‘z ichiga ma’lum vazifalarni, vositalarni va manbalarni, metodlarni oladi. O‘zidan o‘zi ma’lumki jismoniy mashqlar mashg‘ulotlarni tashkil qilish shaklini, asosiy o‘ziga xos komponenti
“doiraviy mashqlanish” - joylashtirish metodi, mashqni bajarish tartibi ya’ni. Agar “doiraviy mashqlanish” metod hisoblansa u holda darsni shakl emas metod deb atash mumkin. Asosiy pedagogik kategoriyalarni aniqlash o‘qituvchi bilan metodist o‘rtasida o‘zaro tushunishlik deb atash mumkin.
Jismoniy tarbiya darsida o‘quvchilar faoliyatini tashkil qilishdan tashqari “boshqarish” va joylashtirish bilan birga ma’lum ishni tartib bilan hal etish masalasini ham etish deb tushunmoq zarur. Adabiyotlarda bu masala yuzasidan ma’lum bir asoslangan taklif yo‘q. Shu bilan birga amaliyot ko‘p vazifani bajarish usullarini ishlab chiqdi. Ularni aniq uch guruhga bo‘lish mumkin:

  1. barcha o‘quvchilar tomonidan topshiriqni bir vaqtda bajarilishi, frontal, navbatma-navbat;

ular o‘quvchilar qanday joylashishidan kat’iy nazar qo‘llanishi mumkin. U yoki bu usulni qo‘llash darsni tipi va turiga o‘quvchilar yoshiga, ularni jismoniy tayyorgarligiga, darsga taalluqli bo‘lgan anjomlarni mavjudligi, jihozlanishiga bog‘liq. Qator jismoniy mashqlarni bajarishda yoki u yoki bu mashqni bir necha bor qaytalashda ”alohidalik” yoki bir butunlik”, potok usuli qo‘llaniladi.
Alohidalik usuli qo‘llanganda har bir mashqdan so‘ng tushuntirish, ogohlantirish, ko‘rsatma berish. O‘quvchilarni yakka tartibda joylashtirish usuli afzalligi shundan iboratki har bir mashqni bajarilish sifatini nazorat qilish, ko‘rsatma berish, o‘quvchi uchun oson bo‘ladi. Masalan, bizga ma’lumki frontal usulida joylashtirishni afzalligi juda ko‘p mashqlarni shu usulda bajarilsa darsni absalyut zinchligi hamda M.Z. motor zichligi yuqori bo‘ladi demak darsga qo‘yilgan vazifalar to‘liq hal qilindi degan xulosani chiqarishimiz mumkin. Darsni umumiy zinchligini aniqlashda ya’ni A.P.Z., da foydasiz ishga sarflangan vaqtini umumiy foiz 100 % teng bo‘lmaydi, demak o‘qituvchi berilgan vaqtdan to‘g‘ri ijobiy foydalana olmaydi degan xulosani chiqarishimiz mumkin.
Jismoniy tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metodlar, hal etiladigan vazifalardan kelib chiqqan holda bo‘linadi: tarbiya, o‘rganish, rivojlantirish metodiga bo‘linadi. Bu asosiylaridan tashqari yana qator usullar mavjud:
rahbarlik, tashkil qilish, yordamchi metodlar, asoslashtirishi, jismoniy yuklarni me’yorlash, yordam berish, tadqiqot, tanlash. Biroq jismoniy tarbiya nazariyasi ta’limot to‘g‘risida juda oz. Ko‘pchilik o‘rgatish metodi - bu o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi ishlar usuli deb hisoblaydilar qaysiki buning yordamida o‘quvchilar tomonidan bilimlar o‘zlashtirib olinadi. Bilim, ko‘nikma shakllanib boradi, dunyoqarashi rivojlanadi, qobiliyati o‘sadi, bu erda rahbarlik va tashkiliy shakllar deb tanishish mumkin. Jismoniy tarbiya nazariyasini rivojlanish jarayonida uni mazmuni sifat tomonga o‘zgaradi, maqsadi, vazifasi, manbasi, shartlari, tamoillari va metodlari. Mazmunini o‘zgartirish orqali eski shaklli tashlab yuboriladi, yangisi esa uni mazmunini o‘zgartirishga olib keladi. Bunga misol qilib maktab darsini ko‘rsatish mumkin, mana to‘rt yuz yildan ortiq o‘quv

  • tarbiyaviy jarayoni asosiy shakli bo‘lib kelmoqda. Chunki darsning mazmuni maktab dasturi materiallari belgilaydi.

Dars mazmunining hamma elementlari darsni tashkiliy jarayonida o‘qituvchi tomonidan tuzilishi kerak. Darsni tashkil etish uchun organizm mavjudligini biologik qonuniyati, uni ish qobiliyatini aniqlash va o‘quv tarbiyaviy jarayoni mantiqligi asos hisoblanadi. Ish qobiliyatchanlikni to‘rta xonasi mavjud: start oldi holatini zonasi va vaqtincha ish qobiliyatini yo‘qotish zonasi.
O‘quv tarbiya jarayonining mantiqi quyidagilarni talab etadi:

    1. shug‘ullanuvchilar faoliyatiga bilishni izchillik bilan kiritish;

    2. zaruriy jismoniy ish qobiliyatiga izchillik bilan erishish;

    3. ma’lum mashg‘ulotda belgilangan ta’lim, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalarini izchillik bilan hal etish;

    4. o‘quvchilarni keyingi muvaffaqqiyatli faoliyatlariga yordam beruvchi organizmni ishdan so‘ngi yaxshi holatini ta’minlash.

Bular darsni uch qismga bo‘lishi sharti bilan bog‘liq: tayyorlov, asosiy va yakuniy. Darsni uch qismga bo‘linishi, u o‘z bir butunligini yo‘qotadi degan gap emas. Aksincha, har bir qism oldindagilardan kelib chiqib keyingilarni mantiqiy to‘ldirib borishi kerak.

  1. Download 117.31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling