O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rtamaxsus ta’lim vazirligi
Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalar
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
fuqarolik jamiyat 1 kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalarining asosiy yondoshuvlari Formasion yondoshuv Sivilizasion
- 5- MAVZU. FUQARO, FUQAROVIYLIK VA FAOL FUQAROLIK POZISIYASI Reja
- 4.Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari
- Fuqaroviylikni insonga huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan layoqatli ekanligini his etishni ta’minlovchi jamlovchi
- Fuqaroviylik bir tarafdan jamiyatda shaxsning oliy darajada mustaqilligini, ikkinchi tarafdan
3. Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalar XX asr boshlaridan fuqarolik jamiyati sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlar “fuqarolik jamiyati” kategoriyasini funksional xarakteristikalarini tushunish murakkablashadi. Bu fuqarolik jamiyati tushunchasini tadqiq etishda, fuqarolarning ijtimoiy hayotida dolzarb talablarini aks ettiruvchi, yangi mezonlarning kiritilganligi bilan asoslanadi. SHunday qilib fuqarolik jamiyati haqidagi tasavvurlar rivojini tizimlashtirish: birinchidan, ularning ijtimoiy-falsafiy asoslari xarakteristikasi bilan, ikkinchidan, mafkuraviy asoslarning xususiyatlariga ko’ra, uchinchidan, fuqarolik jamiyatining sof ilmiy konsepsiyalarini aniqlash bilan belgilanadi. Biroq, fuqarolik jamiyati modeli ishlab chiqiluvchi dastlabki, bazaviy ijtimoiy-falsafiy nazariyalarda tadqiqotchilar konsepsiyalarini ikki guruhga bo’ladi: - formasion va sivilizasion yondashuvlar; - modernizasiya va postmodernizm konsepsiyasi. Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalarining asosiy yondoshuvlari
yondoshuv Sivilizasion yondoshuv Modernizasiya yondoshuvi Fuqarolik jamiyati tushunchasi kapitalistik tizimga bog’lanadi va keng (ya’ni jamiyatning shakli sifatida) va tor (ya’ni iqtisodiy va siyosiy
munosabatlar o’ratsidagi shakllanadigan muayan ijtimoiy tashkilotlar majmuasi sifatida) ma’nolarda tushuniladi. Fuqarolik jamiyatini sivilizasiya tarraqqiyoti kontekstida ko’rib chiqadi. Uning nazariy asoslarini O.SHpengler, A.Toynbi va
P.Sorokin asrarlarida yaratilgan. Ularga
qaraganda, fuqarolik jamiyati boshqa
ijtimoiy shakllardan avvalo yuksak
sivilizasiya darajasi bilan ajralib turadi. Uning asosiy me’zoni sifatida esa insogn,
uning erkinligi, rivojlanish va
ijodiylik imkoniyatlari, shuningdek boshqa insonlar bilan tinchlik v totuvlikda yashash qobiliyatlari tan olinadi Modernizasiya konsepsiyalarida (A. Turen, YU. Xabermas, E. Giddens, Z. Bauman va b.) fuqarolik jamiyati a’anaviy jamiyat urnini egallagan yoki zamonaviy jamiyatga xos bo’lgan belgilarni shakllantiradigan jamiyati tushuniladi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda fuqarolik jamiyatining quyidagi g’oyaviy-falsafiy doktrinalari ko’rsatiladi: - «byurokratik davlat sosializmi doktrinasi»; - «avtoritar davlat kapitalizmi doktrinasi»; - «demokratik sosializm doktrinasi»; - liberal-demokratik (“bozor demokratiyasi”).
46
Byurokratik davlat sosializmi uchun fuqarolik jamiyati – bu burjua, kapitalistik jamiyat, u xususiy mulkka va yollanma mehnatga asoslanadi. Byurokratik-davlat sosializmi tarafdorlari fuqarolik jamiyatini ijtimoiy notenglik va jamiyatda kuchayib borayotgan keskinlik sababi deb biladi. Avtoritar-davlat kapitalizmi fuqarolik jamiyatini xususiy biznes, oilaviy-qarindoshlik va boshqa nodavlat munosabatlar sohasi bo’lib, o’zida kapitalistik davlatning ijtimoiy-iqtisodiy bazasini mujassam qiladi, deb hisoblaydi. Demokratik sosializm konsepsiyasi tarafdorlariga ko’ra fuqarolik jamiyati - ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va institutlar majmui, u demokratik davlat bilan birga ijtimoiy (iqtisodiy, siyosiy va h.) demokratiya asosini tashkil qiladi. “Bozor demokratiyasi” nazariyotchilari fuqarolik jamiyatini bozor demokratiyasi jamiyati analogi deb biladi. Ular fikricha, fuqarolik jamiyati iqtisodiy jamiyat bo’lib, iqtisodiy hayotni boshqarish imkoniyatlarida cheklangan va ijtimoiy birlashmalar va harakatlar tomonidan nazorat qilinadi. SHunday qilib, fuqarolik jamiyati g’oyasining qayta jonlanishida jamiyatni davlatlashtirishga, jamiyat hayotida davlat roli va ta’sirining favqulodda o’sishiga qarshi harakatni ko’rish mumkin. CH.Teylor, E.Arato, rivojlanishDvorkin va boshqa tadqiqotchilardan iborat bo’lgan o’ziga xos normativ diskurs ham shakllanganligini aytish mumkin 1 . SHuningdek, nodavlat sohaning ijtimoiy-siyosiy faolligi va o’z-o’zini tashkillashtirish ahamiyati yuzasidan, eng muhim quyidagi konsepsiyalar ajratiladi: - liberal an’ana konsepsiyasi; - amerikancha kommunitariz konsepsiyasi; - evropacha neokonservatizmi konsepsiyasi; - post-marksistcha konsepsiya. Fuqarolik jamiyatining liberal an’ana g’oyasi umuman olganda yangi narsa emas. Fuqarolik jamiyati haqidagi tasavvurlar mumtoz ingliz liberalizmidayoq ishlab chiqilgan. Fuqarolik jamiyati konsepsiyasining amerikacha madaniy va tarixiy kontekstida «respublikanizm» ideali bilan bog’liq edi. U XX o’z-o’zini boshqarish va o’z-o’zini ijtimoiy tashkillashtirishga asoslanuvchi, teng huquqli fuqarolar tomonidan tuzilgan amerika kommunalari, ya’ni lokal birlashmalarning uyg’un va faollikdagi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqidagi tasavvurlarga asoslanadi. Mazkur kommunalar o’z-o’zini tashkillashuvi o’ziga xos fuqarolik jamiyati tipii bilan qo’llab- quvvatlangan, bu haqda batafsil A. de Tokvil yozadi. Demokratik madaniyat bunda kommunal o’zarohamkorlik va sherikchilik qadriyatlarini, shuningdek xristian axloqi qadriyatlarining yuqori darajadagi amaliyoti bilan farqlanadi. SHuning bilan birga, kommunitaristik loyiha tarafdorlari kuzatganidek, jamoaviy qadriyatlar individual qadriyatlardan ustun bo’lib, individlar o’zaro ishonch va hamkorlik muhitida o’z qiziqishlarini uyushma qiziqishlariga bo’ysundirishga tayyor bo’lgan 2 . Manbalar tahlili shuni ko’rsatadiki, mumtoz marksizm zamonaviy diskursning alohida konseptual yo’nalishi sifatida fuqarolik jamiyatini kelib chiqishini, jamiyatning feodal-aristokratik paternalistik tizimi o’rniga kommersiya kapitalizmi davridagi iqtisodiy partikulyarizmi bilan bog’lagan. Biroq Marks unda individual erkinlik va avtonomiyani emas, sinfiy jamiyatda ob’ektiv mavjud bo’lgan notenglikni, erksizlik va ijtimoiy-iqtisodiy begonalashuvni berkituvchi, ya’ni, tashqi shaklni ko’rgan xolos 3 . 1 Гончаров Д. Нормативная дискуссия о гражданском обществе: основные направления. Москва. 2010. С. 86 2 Walzer M. 1995. Concept of Civil Society – Walzer M., ed. Toward a Global Civil Society. Providence RI: Berghahn Books. 3
47
Keyinroq esa postmarksistik loyiha doirasida amal qiluvchi nazariyotchilar, fuqarolik jamiyati g’oyasini qaytadan ko’rib chiqishga harakat qilgan. SHunday qilib, postmarksistik tushunishda, u quyidagicha asoslanadi «oxirgi vaqtlarda paydo bo’layotgan, jamiyatning, erkin ehtiyoriy assosiasiyalari, shuningdek, huquqiy va ommaviy institutlari doirasida amalga oshiriluvchi jamoaviylikning nomumtoz shakllari, nafaqat davlat doirasidan, balki kapitalistik bozor iqtisodiyoti chegarasidan ham chiqib ketmoqda» 1 . Bu erda diqqat markazida, birinchidan, davlat-byurokratik mashinasining, umumiy manfaatlar davlati sharoitida, ta’sir doirasining kengayishi, ikkinchidan, jamiyatga transmilliy korporasiyalar va globallashuv davrining markazlashgan iqtisodiyoti tomonidan bo’lgan havfi turadi.
Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalarini ko’rib chiqar ekanmiz, ularda mazkur fenomenning ontologik va gnoseologik jihatlariga ijtimoiy qarashlar xilma-xilligini ko’ramiz. Ta’kidlash o’rinliki, fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalari ijtimoiy muammolar tahlilining tizimli mezonlarini ishlab chiqqanligi va ilmiy hamjamiyat oldiga original konseptual va amaliy echimini talab qilayotgan yangi masalalarni ko’ndalang qilib qo’yganligi. XX asr nafaqat texnik progress, balki tizimli fikrlash shakllanishi va hukmronligi davri bo’lganligini olimlar biladi. Aynan shunday vaqtda, fuqarolik jamiyati – ijtimoiy borliqning tizimli tahlili kontekstida o’rganila boshlanadi. Bu albatta, bugun olim- faylasuflarga zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni nafaqat modellashtirish imkoniyatini, balki, ularning kelajagi haqida aniq tasavvurlar paydo bo’lishga olib keladi. Bugungi kunda ham fuqarolik jamiyatini o’rganish masalalarida bir qator muammolar mavjud: fuqarolik jamiyatining davlat va jamiyat dixotomiyasi yoki sherikligi chegarasi, fuqarolik jamiyati institutlarining individ shaxsiy hayotiga dahl qilishi chegarasi qaerda, fuqarolik jamiyatini tushunishning bazaviy asoslari, fuqarolik jamiyatini tushunishning universal yondashuvlari mavjudmi kabi masalalardir. SHuning bilan birga, fuqarolik jamiyati haqidagi g’oyalar va tasavvurlar genezisi, mazkur fenomen antik va o’rta asrlarda – davlat qiziqishlari jamiyat, va albatta xususiy qiziqishlardan ustuvorligi kontekstida talqiq etilganligidan dalolat beradi. Antik va o’rta asrlar olimlari ijodida davlat, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni boshqarib turgan bosh institut sanalgan. Mazkur jihat insoniyat rivojining dastlabki bosqichida, davlat va jamiyat o’zaro hamkorligi va dixotomiyasi borasidagi konsepsiyalar yo’qligining asosiy omili hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati konseptual diskursining antik paradigmasi – fuqaroning ijtimoiy boshqaruv sohasidagi roli va o’rnini aniqlashdan iborat bo’lgan. Agar ulardan ba’zilari, fuqarolar davlatdan muayyan darajada avtonomdir (Arastu), boshqalar davlat boshliqlarini fuqaro va jamiyat hayotini reglamentasiya qilishga chaqirgan (Aflotun). Ularning har biri imkoni boricha ideal davlat qurilmasini ishlab chiqishga harakat qilgan. Aynan shu jihat fuqarolik jamiyati keyingi konseptual ishlanmalari turli talqini va yondashuvlarni keltirib chiqardi. O’rta asr mutafakkirlarining antik davr olimlaridan farqi, ularning ijtimoiy munosabatlarni, davlat va jamiyat munosabatlari shu jumladan, teologik xarakterga ega, antik falsafa esa ijtimoiy munosabatlarni turli ranglarda ko’rib chiqadi, shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyati diniy paradigmasi o’rta asrlarda shakllana boshlagan deyish mumkin. SHarqning fuqarolik jamiyatini konseptual tushunishidagi o’ziga xos jihat, ularning mazkur fenomenga oid talqinlari fazilat, ma’rifat va o’zaro mas’uliyat tushunchalari prizmasi orqali amalga oshirilganligidadir, bunda ijtimoiy-falsafiy fikr o’z diqqatini davlat boshqaruvchilari va jamiyat a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning axloqiy-estetik jihatlariga qaratgan. YAngi davrda davlat roli masalasi yangicha anglay boshlanadi: agar antik davr va o’rta asrlarda ijtimoiy-falsafiy fikr davlat ustuvorligiga qaratilgan bo’lsa, bu davrga kelib, mazkur nisbatda inson (fuqaro) fenomeni, o’z huquqlari, ehtiyoji va qiziqishlari bilan birgalikdaustuvor ahamiyat kasb eta
1 Arato A. 1981. Civil Society Against the State: Poland, 1980-81 – Telos, #47. 48
boshlaydi. Davlat faqat mana shu qiziqishlarni mavjud bo’lgan qonuniy tizim doirasida amalga oshirilishini ta’minlovchi institut sifatida gavdalanadi. YAngi davr ijtimoiy-falsafiy tafakkuri fundamental yutug’i, davlat va jamiyat tushunchalarini ajratganligida, bu fuqarolik jamiyatini tushunishda klassik paradigmasining shakllanishiga asos bo’lgan edi. Bu o’z navbatida, “davlat – fuqarolik jamiyat” dixotomiyasi kuzatiluvchi konsepsiyalar shakllanishiga olib keladi. Birinchi marotaba YAngi davr mutafakkirlari davlat va jamiyat qiziqishlarining turlicha bo’lishiga o’z diqqat e’tiborini qaratadi, bunda davlat qonun ustuvorligiga tayansa, jamiyat esa xususiy mulkka. Fuqarolik jamiyati haqidagi konseptual diskursning asosiy muammolari sifatida, davlatning roli va davlat va jamiyat o’zaro munosabatlarining mezonlari qanday (axloqiy ideal va real siyosat nisbati mezonlari) degan masala ko’ndalang turadi. Fuqarolik jamiyati fenomenini konseptual qayta tushunishda kuzatilgan jiddiy rivojiga qaramay, ilmiy pozisiyalarni o’rganish asosida, ularning qarashlari turli g’oyaviy asosdan mahrum emasligi aniqlandi, bu esa o’z navbatida, fuqarolik jamiyati mazmun va mohiyatini tushunishda sub’ektivizmning kuchayishiga olib kelgan. Va yana bir kamchiligi sifatida davlat va jamiyat o’rtasidagi chegaralar hanuz belgilanmaganligi masalasi bo’lib, bu mazkur yo’nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda ma’lum darajada to’sqinlik qiladi. Fuqarolik jamiyatini o’rganishda zamonaviy ijtimoiy-falsafiy tafakurning muhim yutug’i sifatida esa, bu sohani o’rganishing yangi ilmiy yondashuvi sifatda – tizimli paradigmaning shakllanishi bo’ldi. O’z navbatida, bu fuqarolik jamiyatining normativ idrok etishdan uni transformasiyalashayotgan fuqarolik jamiyatini zamonaviy konseptual diskursi turli yo’nalishlarini o’rganish kontekstida, empirik tahlil qilishga o’tish tendensiyalarini kuchaytirdi. Umuman, hozirgi zamon ilg’or demokratik mamlakatlar jamiyatshunos olimlarining fuqarolik jamiyati to’g’risidagi nazariy qarashlari bir tizimga keltirilsa, u holda fuqarolik jamiyati – bu:
ravishda shakllangan, boshlang’ich nodavlat tizimlarini o’z ichiga qamrab olgan insoniy birlikdir; ikkinchidan, jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, oilaviy, milliy, ma’naviy, axloqiy, diniy, ishlab chiqarish, shaxsiy va nodavlat munosabatlar majmuasidir; uchinchidan, erkin individlar, ixtiyoriy ravishda shakllangan tashkilotlar va fuqarolarning turli organlar taziyqlari, aralashishlari yoki bir qolipga solishlaridan qonunlar vositasida himoyalangan jamiyati bo’lib, unda ular o’zligini namoyon qila olishlari uchun doimiy imkoniyatlarga ega bo’ladilar.
5- MAVZU. FUQARO, FUQAROVIYLIK VA FAOL FUQAROLIK POZISIYASI Reja 1. Fuqaroviylik tushunchasi. Fuqaroviylikning asosiy belgilari va mezonlari. 2. Fuqaroning o’z haq-huquqlarini tushuniish va uni amaliyotda qo’llash ko’nikmasi va boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilishi. 3. Fuqaroning davlat va jamiyat oldida o’z huquqiy va ahloqiy mas’uliyatini anglashi. Fuqaroviylikni faollik nuqtai nazaridan shartli ravishda darajalarga bo’lish va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. 4. Fuqarolik ongining jamiyat hayotida turli shakllarda namoyon bo’lishi va o’ziga xos xususiyatlari. Fuqaroviy ong jamiyatni birlashtiruvchi kuch sifatida.
davlat, fuqarolik jamiyati, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqaroviylik, fuqaroviy ong, faollik, ijtimoiy faollik, huquqiy davlat, fuqaroviy faollik, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy makon, ijtimoiy jarayonlar, siyosiy jarayonlar, davlat va fuqaro munosabatlari. 49
Talaba nimani bilishi kerak:
- Fuqaroviylik tushunchasi haqida. - Fuqaroviylikning asosiy belgilari va mezonlari to’g’risida.. - Fuqaroning o’z haq-huquqlarini tushuniish va uni amaliѐtda qo’llash ko’nikmasi va boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilishi haqida. - Fuqaroning o’z hatti-harakati uchun shaxsiy javobgarligi haqida. - Fuqaroning davlat va jamiyat oldida o’z huquqiy va ahloqiy mas’uliyatini anglashi. Fuqaroviylikni faollik nuqtai nazaridan shartli ravishda darajalarga bo’lish va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar haqida. -Fuqarolik ongining jamiyat hayotida turli shakllarda namoyon bo’lishi va o’ziga xos xususiyatlari haqida.
Mazkur mavzuning asosiy maqsadi fuqarolik jamiyati barpo etishda fuqarolarning faolligi qanday ahamiyatga ega ekanligini yoritishdan iborat. Zero fuqarolik jamiyati fuqaroviy ongi va faolligi yuksak bo’lgan fuqarolar yordamida barpo etilishi mumkin. Fuqaroviylik mamlakatning rivojlanish bosqichlarida, boshqacha aytganda o’tish davrida yaqqol namoyon bo’ladi. Bugungi kunda ham ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlarni boshidan kechirayotgan, aniqrog’i fuqarolik jamiyati barpo etayotgan turli mamlakatlarda fuqaroviylik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fuqaroviy faollikning negizini anglash uchun avvalo fuqaroviylikning nazariy mohiyatini tushunish talab etiladi. Manbalarda qayd etilishicha o’z vatani taraqqiyoti uchun har qanday yo’l bilan, jismoniy yoki ma’naviy mehnat bilan xizmat qilgan kishi haqiqiy fuqaroga aylanadi. Bunday qarash biroz falsafiy ahamiyatga egadek tuyulsa-da, aslida fuqarolik jamiyati barpo etishda aynan fuqaroning vatan taraqqiyoti yo’lidagi amaliy faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqaroviylik dastlabki qarashda huquqshunoslikka oid atama singari tuyuladi. Aslini olganda bu hodisani falsafiy, huquqiy, sosiologik va siyosiy mohiyati mavjud. Fuqaroviylik bir davlatga mansublikni anglash, davlatga sodiqlik hamda vatanparvarlik hissi sifatida talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, konstitusiyani, davlat ramzlarini hurmat qilish, davlat tuzumini va qonun ustuvorligini himoya qilishga tayyorlik nazarda tutiladi. Fuqaroviylikni insonga
V.Dalning qayd etishiga qaraganda, “fuqaroviylik fuqarolik jamiyatini tuzish uchun jamiyatning ongi va bilimi darajasini ifoda etgan holatdir” 1 . Ko’rinib turganidek, fuqaroviylik nafaqat insonning huquqiy maqomi, balki uning bilimi va jamiyatning holatini anglashi, ijtimoiy me’yorlardan xabardorligi va ularga rioya qilishiga bog’liq. Bu erda fuqarolar tomonidan jamiyat taraqqiyoti yo’lida amalga oshiriladigan birdamlik, o’zaro hamkorlik singari ixtiyoriy faoliyat ham nazarda tutiladi. Bunday holatda fuqaroviylikda huquqqa nisbatan ma’naviyatning ustuvorligi namoyon bo’lmoqda. Aslida ko’pgina an’anaviy jamiyatlarda hamisha fuqaroviylik huquqiy mazmunda emas, balki ko’proq ma’naviy axloqiy ko’rinishda namoyon bo’ladi. Sho’ro davrida fuqaroviylik albatta vatanga sadoqat va vatanparvarlik sifatida talqin etilsa-da, ko’proq mafkuralashgan ko’rinishda namoyon bo’lgan. Ko’pgina hollarda fuqaroviylik vatanparvarlik bilan aralash ifodalangan. Aslida esa vatanparvarlik fuqaroviylikning bir ko’rinishi xolos. Fuqarolik jamiyati fuqarolarning oddiygina yig’indisi bo’lmagani singari fuqaroviylik ham individual ahamiyatga ega bo’lgan hodisa emas. Fuqaroviylik bir mamlakat hududida yashovchi fuqarolarning o’z vatanlariga
1 Даль В.И. Толковый словарь живого великорусского языка (современное написание слов). Изд. “Цитадель”, г. Москва, 1998 г 50
sodiqligi, qonunlarni hurmat qilish, ularga bo’ysunishi, shuningdek vatannni himoya qilish va umummilliy ahamiyatga ega bo’lgan masalalarda faollikni nazarda tutadi. Fuqaroviylikka nisbatan berilgan fikrlarni umumlashtirgan holda un quyidagicha ta’riflash mumkin:
Quyidagilar fuqaroviylikni ifoda etuvchi muhim jihatlar qatoriga kiradi: - fuqaroning o’z haq-huquqlarini tushunishi va uni amaliyotda qo’llash ko’nikmasi; - boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilish; - fuqaroning o’z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarligi; - davlat va jamiyat oldida o’zining huquqiy va axloqiy mas’uliyatini anglash; - fuqarolarning tengligi; - yuksak ma’naviy-axloqiy mezonlarga asoslangan holda ijtimoiy voqelikka nisbatan obektiv va tanqidiy yondashuv; - hokimiyat bilan, boshqa fuqarolar va jamoat birlashmalari bilan ijobiy muloqot yuritish qobiliyati; - bir mamlakat, jamiyat va davlatga, shuningdek unga tegishli huquqiy, madaniy va til makoniga mansublikda ifodalangan fuqaroviy o’zlikni anglash va hokazolar. Fuqaroviylikni faollik nuqtai nazaridan shartli ravishda darajalarga ham ajratish mumkin: - fuqaro mas’uliyatli, ongli va vijdonli bo’lsa u dastlabki pog’onada, ya’ni fuqaroviy xususiyatlarga ega bo’lgan shaxslar qatoriga kiritish mumkin; - agar fuqaroda atrofda bo’layotgan voqea-hodisalarga nisbatan ma’lum bir munosabati shakllangan bo’lsa uni fuqaroviy pozisiyasiga ega bo’lgan shaxs sifatida e’tirof etish mumkin; - agar fuqaroda o’z haq-huquqlari hamda burchi uchun amaliy harakatni bajarish ko’nikmasi mavjud bo’lsa uni faol fuqaro sirasiga kiritish mumkin. Fuqaroviylikning tugal yoki to’kis ekanligini quyidagi mezonlar vositasida talqin qilish mumkin: 1.
Agar fuqaroviy pozisiya hali shakllanmagan, fuqaroviy xususiyatlar, o’z haq-huquqlari uchunkurashish istagi to’liq namoyon bo’lmasa fuqaroviylikning eng quyi darajasi namoyon bo’ladi. 2. Fuqaro o’z haq-huquqlari uchun kurashishga moyil bo’lsa, u haqda o’z bilim va qobiliyatini namoyon qilishga tayyor bo’lsa, bunda fuqaroviylikning o’rta darajasi namoyon bo’ladi. 3.
Agar fuqaroda fuqaroviy xususiyatlar hamda faol fuqarolik pozisiyasi to’liq shakllangan, o’z haq-huquqlari uchun amaliy harakatga kirish ishtiyoqi yaqqol namoyon bo’ladigan bo’lsa uni yuqori darajada fuqaroviylik sifatida talqin etish mumkin. Fuqaroviylik jamiyat a’zolarini safarbar etish va yo’naltirishga xizmat qiladi. Fuqaroviylik tevarak atrofda bo’layotgan voqea-hodisalarga nisbatan faol munosabatni, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Fuqaroviylik jamiyat oldida ma’lum bir maqsadning shakllanishiga xizmat qiladi. Albatta jamiyatda fuqaroviylikning rivojlanishi uchun tegishli tarbiyaviy chora-tadbirlar, qulay ijtimoiy muhit muhim ahamiyatga ega. Fuqaroviylik shaxsning siyosiy jihatdan komillikka erishishi bilan bog’liq bo’lib, bunday darajaga etgan kishi siyosiy jarayonlar va hodisalarga qiziqish bilan qaraydi, ro’y berayotgan voqelikni tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’ladi. Aynan ana shunday qobiliyatga ega bo’lgan fuqaro kezi kelganda o’z vatani taqdiri uchun amaliy harakat qilish uchun zarur bo’lgan qarorga kelish qobiliyatiga ega bo’ladi. Vatanparvarlik ruhiga, mas’uliyat, siyosiy madaniyat va taraqqiy topgan siyosiy ongga ega bo’lgan jamiyat a’zosini fuqaroviylikka ega bo’lgan shaxs sifatida e’tirof etish mumkin.
Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling