O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rtamaxsus ta’lim vazirligi


  Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalar


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana11.09.2020
Hajmi1.02 Mb.
#129224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
fuqarolik jamiyat 1 kurs


3. 

Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalar 

XX asr boshlaridan fuqarolik jamiyati sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlar “fuqarolik jamiyati” 

kategoriyasini  funksional  xarakteristikalarini  tushunish  murakkablashadi.  Bu  fuqarolik  jamiyati 

tushunchasini  tadqiq  etishda,  fuqarolarning  ijtimoiy  hayotida  dolzarb  talablarini  aks  ettiruvchi,  yangi 

mezonlarning  kiritilganligi  bilan  asoslanadi.  SHunday  qilib  fuqarolik  jamiyati  haqidagi  tasavvurlar 

rivojini tizimlashtirish: birinchidan, ularning ijtimoiy-falsafiy asoslari xarakteristikasi bilan, ikkinchidan

mafkuraviy  asoslarning  xususiyatlariga  ko’ra,  uchinchidan,  fuqarolik  jamiyatining  sof  ilmiy 

konsepsiyalarini aniqlash bilan belgilanadi. 

Biroq,  fuqarolik  jamiyati  modeli  ishlab  chiqiluvchi  dastlabki,  bazaviy  ijtimoiy-falsafiy 

nazariyalarda tadqiqotchilar konsepsiyalarini ikki guruhga bo’ladi: 

- formasion va sivilizasion yondashuvlar;  

- modernizasiya va postmodernizm konsepsiyasi. 



Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalarining asosiy yondoshuvlari 

 

Formasion  



yondoshuv  

Sivilizasion  

yondoshuv  

Modernizasiya  

yondoshuvi  

Fuqarolik  jamiyati 

tushunchasi  kapitalistik 

tizimga  bog’lanadi  va 

keng  (ya’ni  jamiyatning 

shakli  sifatida)  va  tor 

(ya’ni 

iqtisodiy 



va 

siyosiy 


munosabatlar 

o’ratsidagi 

shakllanadigan  muayan 

ijtimoiy 

tashkilotlar 

majmuasi 

sifatida) 

ma’nolarda tushuniladi. 

Fuqarolik 

jamiyatini 

sivilizasiya 

tarraqqiyoti 

kontekstida ko’rib chiqadi. Uning 

nazariy  asoslarini  O.SHpengler, 

A.Toynbi 

va 


P.Sorokin 

asrarlarida 

yaratilgan. 

Ularga 


qaraganda,  fuqarolik  jamiyati 

boshqa 


ijtimoiy 

shakllardan 

avvalo 

yuksak 


sivilizasiya 

darajasi  bilan  ajralib  turadi. 

Uning asosiy me’zoni sifatida esa 

insogn, 


uning 

erkinligi, 

rivojlanish 

va 


ijodiylik 

imkoniyatlari, 

shuningdek 

boshqa  insonlar  bilan  tinchlik  v 

totuvlikda  yashash  qobiliyatlari 

tan olinadi  

Modernizasiya 

konsepsiyalarida 

(A. 

Turen,  YU.  Xabermas, 



E.  Giddens,  Z.  Bauman 

va  b.)  fuqarolik  jamiyati 

a’anaviy  jamiyat  urnini 

egallagan 

yoki 

zamonaviy 



jamiyatga 

xos  bo’lgan  belgilarni 

shakllantiradigan 

jamiyati tushuniladi 

 

Yuqoridagilarni  hisobga  olgan  holda  fuqarolik  jamiyatining  quyidagi  g’oyaviy-falsafiy 



doktrinalari ko’rsatiladi:  

- «byurokratik davlat sosializmi doktrinasi»; 

- «avtoritar davlat kapitalizmi doktrinasi»; 

- «demokratik sosializm doktrinasi»; 

- liberal-demokratik (“bozor demokratiyasi”). 


 

46 


Byurokratik davlat sosializmi uchun fuqarolik jamiyati – bu burjua, kapitalistik jamiyat, u xususiy 

mulkka  va  yollanma  mehnatga  asoslanadi.  Byurokratik-davlat  sosializmi  tarafdorlari  fuqarolik 

jamiyatini ijtimoiy notenglik va jamiyatda kuchayib borayotgan keskinlik sababi deb biladi.  

Avtoritar-davlat  kapitalizmi  fuqarolik  jamiyatini  xususiy  biznes,  oilaviy-qarindoshlik  va  boshqa 

nodavlat munosabatlar sohasi bo’lib, o’zida kapitalistik davlatning ijtimoiy-iqtisodiy bazasini mujassam 

qiladi, deb hisoblaydi. 

Demokratik  sosializm  konsepsiyasi  tarafdorlariga  ko’ra  fuqarolik  jamiyati  -  ijtimoiy-siyosiy 

tashkilotlar  va  institutlar  majmui,  u  demokratik  davlat  bilan  birga  ijtimoiy  (iqtisodiy,  siyosiy  va  h.) 

demokratiya asosini tashkil qiladi. 

“Bozor demokratiyasi” nazariyotchilari fuqarolik jamiyatini bozor demokratiyasi jamiyati analogi 

deb  biladi.  Ular  fikricha,  fuqarolik  jamiyati  iqtisodiy  jamiyat  bo’lib,  iqtisodiy  hayotni  boshqarish 

imkoniyatlarida cheklangan va ijtimoiy birlashmalar va harakatlar tomonidan nazorat qilinadi. 

SHunday  qilib,  fuqarolik  jamiyati  g’oyasining  qayta  jonlanishida  jamiyatni  davlatlashtirishga, 

jamiyat  hayotida  davlat  roli  va  ta’sirining  favqulodda  o’sishiga  qarshi  harakatni  ko’rish  mumkin. 

CH.Teylor, E.Arato, rivojlanishDvorkin va boshqa tadqiqotchilardan iborat bo’lgan o’ziga xos normativ 

diskurs ham shakllanganligini aytish mumkin

1

. SHuningdek, nodavlat sohaning ijtimoiy-siyosiy faolligi 



va o’z-o’zini tashkillashtirish ahamiyati yuzasidan, eng muhim quyidagi konsepsiyalar ajratiladi:  

- liberal an’ana konsepsiyasi; 

- amerikancha kommunitariz konsepsiyasi; 

- evropacha neokonservatizmi konsepsiyasi; 

- post-marksistcha konsepsiya. 

Fuqarolik  jamiyatining  liberal  an’ana  g’oyasi  umuman  olganda  yangi  narsa  emas.  Fuqarolik 

jamiyati haqidagi tasavvurlar mumtoz ingliz liberalizmidayoq ishlab chiqilgan.  

Fuqarolik jamiyati konsepsiyasining amerikacha madaniy va tarixiy kontekstida «respublikanizm» 

ideali  bilan  bog’liq  edi.  U  XX  o’z-o’zini  boshqarish  va  o’z-o’zini  ijtimoiy  tashkillashtirishga 

asoslanuvchi,  teng  huquqli  fuqarolar  tomonidan  tuzilgan  amerika  kommunalari,  ya’ni  lokal 

birlashmalarning uyg’un va faollikdagi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqidagi tasavvurlarga asoslanadi.  

Mazkur  kommunalar  o’z-o’zini  tashkillashuvi  o’ziga  xos  fuqarolik  jamiyati  tipii  bilan  qo’llab-

quvvatlangan,  bu  haqda  batafsil  A.  de  Tokvil  yozadi.  Demokratik  madaniyat  bunda  kommunal 

o’zarohamkorlik  va  sherikchilik  qadriyatlarini,  shuningdek  xristian  axloqi  qadriyatlarining  yuqori 

darajadagi  amaliyoti  bilan  farqlanadi.  SHuning  bilan  birga,  kommunitaristik  loyiha  tarafdorlari 

kuzatganidek, jamoaviy qadriyatlar individual qadriyatlardan ustun bo’lib, individlar o’zaro ishonch va 

hamkorlik muhitida o’z qiziqishlarini uyushma qiziqishlariga bo’ysundirishga tayyor bo’lgan

2

.



 

 

Manbalar tahlili shuni ko’rsatadiki, mumtoz marksizm zamonaviy diskursning alohida konseptual 

yo’nalishi  sifatida  fuqarolik  jamiyatini  kelib  chiqishini,  jamiyatning  feodal-aristokratik  paternalistik 

tizimi o’rniga kommersiya kapitalizmi davridagi iqtisodiy partikulyarizmi bilan bog’lagan. Biroq Marks 

unda individual  erkinlik va avtonomiyani  emas, sinfiy jamiyatda ob’ektiv mavjud  bo’lgan notenglikni, 

erksizlik va ijtimoiy-iqtisodiy begonalashuvni berkituvchi, ya’ni, tashqi shaklni ko’rgan xolos

3

. 



                                                           

1

 Гончаров Д. Нормативная дискуссия о гражданском обществе: основные направления. Москва. 2010. С. 86 



2

  Walzer  M.  1995.  Concept  of  Civil  Society  –  Walzer  M.,  ed.  Toward  a  Global  Civil  Society.    Providence  RI:  Berghahn 

Books. 

3

 Baker G. 2002. Civil Society and Democratic Theory: Alternative Voices. 



 

47 


Keyinroq  esa  postmarksistik  loyiha  doirasida  amal  qiluvchi  nazariyotchilar,  fuqarolik  jamiyati 

g’oyasini  qaytadan  ko’rib  chiqishga  harakat  qilgan.  SHunday  qilib,  postmarksistik  tushunishda,  u 

quyidagicha  asoslanadi  «oxirgi  vaqtlarda  paydo  bo’layotgan,  jamiyatning,  erkin  ehtiyoriy 

assosiasiyalari,  shuningdek,  huquqiy  va  ommaviy  institutlari  doirasida  amalga  oshiriluvchi 

jamoaviylikning  nomumtoz  shakllari,  nafaqat  davlat  doirasidan,  balki  kapitalistik  bozor  iqtisodiyoti 

chegarasidan  ham  chiqib  ketmoqda»

1

.  Bu  erda  diqqat  markazida,  birinchidan,  davlat-byurokratik 



mashinasining,  umumiy  manfaatlar  davlati  sharoitida,  ta’sir  doirasining  kengayishi,  ikkinchidan, 

jamiyatga  transmilliy  korporasiyalar  va  globallashuv  davrining  markazlashgan  iqtisodiyoti  tomonidan 

bo’lgan havfi turadi. 

 

Fuqarolik  jamiyatining  zamonaviy  konsepsiyalarini  ko’rib  chiqar  ekanmiz,  ularda  mazkur 



fenomenning ontologik va gnoseologik jihatlariga ijtimoiy qarashlar xilma-xilligini ko’ramiz. Ta’kidlash 

o’rinliki,  fuqarolik  jamiyatining  zamonaviy  konsepsiyalari  ijtimoiy  muammolar  tahlilining  tizimli 

mezonlarini ishlab chiqqanligi va ilmiy hamjamiyat oldiga original konseptual va amaliy echimini talab 

qilayotgan yangi masalalarni ko’ndalang qilib qo’yganligi. XX asr nafaqat texnik progress, balki tizimli 

fikrlash shakllanishi va hukmronligi davri bo’lganligini olimlar biladi. Aynan shunday vaqtda, fuqarolik 

jamiyati  –  ijtimoiy  borliqning  tizimli  tahlili  kontekstida  o’rganila  boshlanadi.  Bu  albatta,  bugun  olim-

faylasuflarga zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni nafaqat modellashtirish imkoniyatini, 

balki,  ularning  kelajagi  haqida  aniq  tasavvurlar  paydo  bo’lishga  olib  keladi.  Bugungi  kunda  ham 

fuqarolik jamiyatini o’rganish masalalarida bir qator muammolar mavjud: fuqarolik jamiyatining davlat 

va  jamiyat  dixotomiyasi  yoki  sherikligi  chegarasi,  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  individ  shaxsiy 

hayotiga  dahl  qilishi  chegarasi  qaerda,  fuqarolik  jamiyatini  tushunishning  bazaviy  asoslari,  fuqarolik 

jamiyatini tushunishning universal yondashuvlari mavjudmi kabi masalalardir. 

SHuning  bilan  birga,  fuqarolik  jamiyati  haqidagi  g’oyalar  va  tasavvurlar  genezisi,  mazkur 

fenomen  antik  va  o’rta  asrlarda  –  davlat  qiziqishlari  jamiyat,  va  albatta  xususiy  qiziqishlardan 

ustuvorligi kontekstida talqiq etilganligidan dalolat beradi. Antik va o’rta asrlar olimlari ijodida davlat, 

jamiyatdagi  ijtimoiy  munosabatlarni  boshqarib  turgan  bosh  institut  sanalgan.  Mazkur  jihat  insoniyat 

rivojining  dastlabki  bosqichida,  davlat  va  jamiyat  o’zaro  hamkorligi  va  dixotomiyasi  borasidagi 

konsepsiyalar yo’qligining asosiy omili hisoblanadi. 

Fuqarolik  jamiyati  konseptual  diskursining  antik  paradigmasi  –  fuqaroning  ijtimoiy  boshqaruv 

sohasidagi  roli  va  o’rnini  aniqlashdan  iborat  bo’lgan.  Agar  ulardan  ba’zilari,  fuqarolar  davlatdan 

muayyan  darajada  avtonomdir  (Arastu),  boshqalar  davlat  boshliqlarini  fuqaro  va  jamiyat  hayotini 

reglamentasiya  qilishga  chaqirgan  (Aflotun).  Ularning  har  biri  imkoni  boricha  ideal  davlat  qurilmasini 

ishlab chiqishga harakat qilgan. Aynan shu jihat fuqarolik jamiyati keyingi konseptual ishlanmalari turli 

talqini va yondashuvlarni keltirib chiqardi.  

O’rta asr mutafakkirlarining antik davr olimlaridan farqi, ularning ijtimoiy munosabatlarni, davlat 

va  jamiyat  munosabatlari  shu  jumladan,  teologik  xarakterga  ega,  antik  falsafa  esa  ijtimoiy 

munosabatlarni turli ranglarda ko’rib chiqadi, shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyati diniy paradigmasi 

o’rta asrlarda shakllana boshlagan deyish mumkin.  

SHarqning  fuqarolik  jamiyatini  konseptual  tushunishidagi  o’ziga  xos  jihat,  ularning  mazkur 

fenomenga  oid  talqinlari  fazilat,  ma’rifat  va  o’zaro  mas’uliyat  tushunchalari  prizmasi  orqali  amalga 

oshirilganligidadir, bunda ijtimoiy-falsafiy fikr o’z diqqatini davlat boshqaruvchilari va jamiyat a’zolari 

o’rtasidagi munosabatlarning axloqiy-estetik jihatlariga qaratgan. 

YAngi  davrda  davlat  roli  masalasi  yangicha  anglay  boshlanadi:  agar  antik  davr  va  o’rta  asrlarda 

ijtimoiy-falsafiy  fikr  davlat  ustuvorligiga  qaratilgan  bo’lsa,  bu  davrga  kelib,  mazkur  nisbatda  inson 

(fuqaro)  fenomeni,  o’z  huquqlari,  ehtiyoji  va  qiziqishlari  bilan  birgalikdaustuvor  ahamiyat  kasb  eta 

                                                           

1

 Arato A. 1981. Civil Society Against the State: Poland, 1980-81 – Telos, #47. 



 

48 


boshlaydi.  Davlat  faqat  mana  shu  qiziqishlarni  mavjud  bo’lgan  qonuniy  tizim  doirasida  amalga 

oshirilishini ta’minlovchi institut sifatida gavdalanadi. 

YAngi  davr  ijtimoiy-falsafiy  tafakkuri  fundamental  yutug’i,  davlat  va  jamiyat  tushunchalarini 

ajratganligida, bu fuqarolik jamiyatini tushunishda klassik paradigmasining shakllanishiga asos bo’lgan 

edi.  Bu  o’z  navbatida,  “davlat  –  fuqarolik  jamiyat”  dixotomiyasi  kuzatiluvchi  konsepsiyalar 

shakllanishiga  olib  keladi.  Birinchi  marotaba  YAngi  davr  mutafakkirlari  davlat  va  jamiyat 

qiziqishlarining  turlicha  bo’lishiga  o’z  diqqat  e’tiborini  qaratadi,  bunda  davlat  qonun  ustuvorligiga 

tayansa,  jamiyat  esa  xususiy  mulkka.  Fuqarolik  jamiyati  haqidagi  konseptual  diskursning  asosiy 

muammolari  sifatida,  davlatning  roli  va  davlat  va  jamiyat  o’zaro  munosabatlarining  mezonlari  qanday 

(axloqiy ideal va real siyosat nisbati mezonlari) degan masala ko’ndalang turadi. 

Fuqarolik  jamiyati  fenomenini  konseptual  qayta  tushunishda  kuzatilgan  jiddiy  rivojiga  qaramay, 

ilmiy  pozisiyalarni  o’rganish  asosida,  ularning  qarashlari  turli  g’oyaviy  asosdan  mahrum  emasligi 

aniqlandi, bu esa o’z navbatida, fuqarolik jamiyati mazmun va mohiyatini tushunishda sub’ektivizmning 

kuchayishiga olib kelgan. Va yana bir kamchiligi sifatida davlat va jamiyat o’rtasidagi chegaralar hanuz 

belgilanmaganligi masalasi bo’lib, bu mazkur yo’nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda ma’lum 

darajada to’sqinlik qiladi. 

Fuqarolik  jamiyatini  o’rganishda  zamonaviy  ijtimoiy-falsafiy  tafakurning  muhim  yutug’i  sifatida 

esa, bu sohani o’rganishing yangi ilmiy yondashuvi sifatda – tizimli paradigmaning shakllanishi bo’ldi. 

O’z  navbatida,  bu  fuqarolik  jamiyatining  normativ  idrok  etishdan  uni  transformasiyalashayotgan 

fuqarolik  jamiyatini  zamonaviy  konseptual  diskursi  turli  yo’nalishlarini  o’rganish  kontekstida,  empirik 

tahlil qilishga o’tish tendensiyalarini kuchaytirdi. 

Umuman,  hozirgi  zamon  ilg’or  demokratik  mamlakatlar  jamiyatshunos  olimlarining  fuqarolik 

jamiyati to’g’risidagi nazariy qarashlari bir tizimga keltirilsa, u holda fuqarolik jamiyati – bu: 

birinchidan,  jamiyat  hayoti  faoliyatining  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  ma’naviy  sohalarida  ihtiyoriy 

ravishda shakllangan, boshlang’ich nodavlat tizimlarini o’z ichiga qamrab olgan insoniy birlikdir; 



ikkinchidan,  jamiyatdagi  iqtisodiy,  ijtimoiy,  oilaviy,  milliy,  ma’naviy,  axloqiy,  diniy,  ishlab 

chiqarish, shaxsiy va nodavlat munosabatlar majmuasidir



uchinchidan,  erkin  individlar,  ixtiyoriy  ravishda  shakllangan  tashkilotlar  va  fuqarolarning  turli 

organlar  taziyqlari,  aralashishlari  yoki  bir  qolipga  solishlaridan  qonunlar  vositasida  himoyalangan 

jamiyati bo’lib, unda ular o’zligini namoyon qila olishlari uchun doimiy imkoniyatlarga ega bo’ladilar. 

 

 



5- MAVZU. FUQARO, FUQAROVIYLIK VA FAOL FUQAROLIK POZISIYASI 

 

Reja 

 

1.  Fuqaroviylik tushunchasi. Fuqaroviylikning asosiy belgilari va mezonlari. 

2.  Fuqaroning  o’z  haq-huquqlarini  tushuniish  va  uni  amaliyotda  qo’llash  ko’nikmasi  va  boshqa 

fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilishi.  

3.  Fuqaroning  davlat  va  jamiyat  oldida  o’z  huquqiy  va  ahloqiy  mas’uliyatini  anglashi. 

Fuqaroviylikni  faollik  nuqtai  nazaridan  shartli  ravishda  darajalarga  bo’lish  va  unga  ta’sir 

ko’rsatuvchi omillar.  

4.  Fuqarolik  ongining  jamiyat  hayotida  turli  shakllarda  namoyon  bo’lishi  va  o’ziga  xos 

xususiyatlari. Fuqaroviy ong jamiyatni birlashtiruvchi kuch sifatida. 

 

Tayanch  so’zlar:  ijtimoiy  sheriklik,  fuqarolik  jamiyati,  fuqarolik  jamiyati  institutlari,  Jamiyat, 



davlat,  fuqarolik  jamiyati,  fuqarolik  jamiyati  institutlari,  fuqaroviylik,  fuqaroviy  ong,  faollik,  ijtimoiy 

faollik,  huquqiy  davlat,  fuqaroviy  faollik,  ijtimoiy  munosabatlar,  ijtimoiy  makon,  ijtimoiy  jarayonlar, 

siyosiy jarayonlar, davlat va fuqaro munosabatlari. 

 

49 


 

Talaba nimani bilishi kerak: 

  

- Fuqaroviylik tushunchasi haqida.  



- Fuqaroviylikning asosiy belgilari va mezonlari to’g’risida..  

-  Fuqaroning  o’z  haq-huquqlarini  tushuniish  va  uni  amaliѐtda  qo’llash  ko’nikmasi  va  boshqa 

fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilishi haqida.  

- Fuqaroning o’z hatti-harakati uchun shaxsiy javobgarligi haqida.  

-  Fuqaroning  davlat  va  jamiyat  oldida  o’z  huquqiy  va  ahloqiy  mas’uliyatini  anglashi. 

Fuqaroviylikni  faollik  nuqtai  nazaridan  shartli  ravishda  darajalarga  bo’lish  va  unga  ta’sir  ko’rsatuvchi 

omillar haqida.  

-Fuqarolik ongining jamiyat hayotida turli shakllarda namoyon bo’lishi va o’ziga xos xususiyatlari 

haqida.  

4.Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari 

 

Mazkur mavzuning asosiy maqsadi fuqarolik jamiyati barpo etishda fuqarolarning faolligi qanday 

ahamiyatga ega ekanligini yoritishdan iborat. Zero fuqarolik jamiyati fuqaroviy ongi va faolligi yuksak 

bo’lgan  fuqarolar  yordamida  barpo  etilishi  mumkin.  Fuqaroviylik  mamlakatning  rivojlanish 

bosqichlarida,  boshqacha  aytganda  o’tish  davrida  yaqqol  namoyon  bo’ladi.  Bugungi  kunda  ham 

ijtimoiy-siyosiy  o’zgarishlarni  boshidan  kechirayotgan,  aniqrog’i  fuqarolik  jamiyati  barpo  etayotgan 

turli mamlakatlarda fuqaroviylik muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fuqaroviy faollikning negizini anglash 

uchun avvalo fuqaroviylikning nazariy mohiyatini tushunish talab etiladi.  

Manbalarda  qayd  etilishicha  o’z  vatani  taraqqiyoti  uchun  har  qanday  yo’l  bilan,  jismoniy  yoki 

ma’naviy  mehnat  bilan  xizmat  qilgan  kishi  haqiqiy  fuqaroga  aylanadi.  Bunday  qarash  biroz  falsafiy 

ahamiyatga  egadek  tuyulsa-da,  aslida  fuqarolik  jamiyati  barpo  etishda  aynan  fuqaroning  vatan 

taraqqiyoti yo’lidagi amaliy faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. 

Fuqaroviylik  dastlabki  qarashda  huquqshunoslikka  oid  atama  singari  tuyuladi.  Aslini  olganda  bu 

hodisani falsafiy, huquqiy, sosiologik va siyosiy mohiyati mavjud.  

Fuqaroviylik  bir  davlatga  mansublikni  anglash,  davlatga  sodiqlik  hamda  vatanparvarlik  hissi 

sifatida  talqin  etilishi  mumkin.  Bunda  davlatni,  konstitusiyani,  davlat  ramzlarini  hurmat  qilish,  davlat 

tuzumini  va  qonun  ustuvorligini  himoya  qilishga  tayyorlik  nazarda  tutiladi.  Fuqaroviylikni  insonga 

huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan layoqatli ekanligini his etishni ta’minlovchi jamlovchi 

tushuncha sifatida ham talqin etish mumkin. 

V.Dalning qayd etishiga qaraganda, “fuqaroviylik fuqarolik jamiyatini tuzish uchun jamiyatning 



ongi va bilimi darajasini ifoda etgan holatdir”

1

.  

Ko’rinib  turganidek,  fuqaroviylik  nafaqat  insonning  huquqiy  maqomi,  balki  uning  bilimi  va 



jamiyatning  holatini  anglashi,  ijtimoiy  me’yorlardan  xabardorligi  va  ularga  rioya  qilishiga  bog’liq. 

Bu  erda  fuqarolar  tomonidan  jamiyat  taraqqiyoti  yo’lida  amalga  oshiriladigan  birdamlik,  o’zaro 

hamkorlik  singari  ixtiyoriy  faoliyat  ham  nazarda  tutiladi.  Bunday  holatda  fuqaroviylikda  huquqqa 

nisbatan  ma’naviyatning  ustuvorligi  namoyon  bo’lmoqda.  Aslida  ko’pgina  an’anaviy  jamiyatlarda 

hamisha  fuqaroviylik  huquqiy  mazmunda  emas,  balki  ko’proq  ma’naviy  axloqiy  ko’rinishda  namoyon 

bo’ladi.  

Sho’ro  davrida  fuqaroviylik  albatta  vatanga  sadoqat  va  vatanparvarlik  sifatida  talqin  etilsa-da, 

ko’proq  mafkuralashgan  ko’rinishda  namoyon  bo’lgan.  Ko’pgina  hollarda  fuqaroviylik  vatanparvarlik 

bilan  aralash  ifodalangan.  Aslida  esa  vatanparvarlik  fuqaroviylikning  bir  ko’rinishi  xolos.  Fuqarolik 

jamiyati fuqarolarning oddiygina yig’indisi bo’lmagani singari fuqaroviylik ham individual ahamiyatga 

ega bo’lgan hodisa emas. Fuqaroviylik bir mamlakat hududida yashovchi fuqarolarning o’z vatanlariga 

                                                           

1

 Даль В.И. Толковый словарь живого великорусского языка (современное написание слов). Изд. “Цитадель”, г. 



Москва, 1998 г 

 

50 


sodiqligi,  qonunlarni  hurmat  qilish,  ularga  bo’ysunishi,  shuningdek  vatannni  himoya  qilish  va 

umummilliy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  masalalarda  faollikni  nazarda  tutadi.  Fuqaroviylikka  nisbatan 

berilgan fikrlarni umumlashtirgan holda un quyidagicha ta’riflash mumkin: 

Fuqaroviylik  bir  tarafdan  jamiyatda  shaxsning  oliy  darajada  mustaqilligini,  ikkinchi  tarafdan 

esa  kishilarning  jamiyat  hayotidagi  ishtirokida  namoyon  bo’ladigan  yuqori  darajadagi  birdamlikni 

nazarda tutuvchi qarashlar majmuini ifoda etadi. 

Quyidagilar fuqaroviylikni ifoda etuvchi muhim jihatlar qatoriga kiradi:  

- fuqaroning o’z haq-huquqlarini tushunishi va uni amaliyotda qo’llash ko’nikmasi;  

- boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilish;  

- fuqaroning o’z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarligi;  

- davlat va jamiyat oldida o’zining huquqiy va axloqiy mas’uliyatini anglash;  

- fuqarolarning tengligi;  

- yuksak  ma’naviy-axloqiy  mezonlarga  asoslangan  holda  ijtimoiy  voqelikka  nisbatan  obektiv  va 

tanqidiy yondashuv;  

- hokimiyat  bilan,  boshqa  fuqarolar  va  jamoat  birlashmalari  bilan  ijobiy  muloqot  yuritish 

qobiliyati;  

- bir mamlakat, jamiyat va davlatga, shuningdek unga tegishli huquqiy, madaniy va til makoniga 

mansublikda ifodalangan fuqaroviy o’zlikni anglash va hokazolar.  

Fuqaroviylikni faollik nuqtai nazaridan shartli ravishda darajalarga ham ajratish mumkin:  

- fuqaro  mas’uliyatli,  ongli  va  vijdonli  bo’lsa  u  dastlabki  pog’onada,  ya’ni  fuqaroviy 

xususiyatlarga ega bo’lgan shaxslar qatoriga kiritish mumkin;  

- agar  fuqaroda  atrofda  bo’layotgan  voqea-hodisalarga  nisbatan  ma’lum  bir  munosabati 

shakllangan bo’lsa uni fuqaroviy pozisiyasiga ega bo’lgan shaxs sifatida e’tirof etish mumkin;  

- agar  fuqaroda  o’z  haq-huquqlari  hamda  burchi  uchun  amaliy  harakatni  bajarish  ko’nikmasi 

mavjud bo’lsa uni faol fuqaro sirasiga kiritish mumkin.  

Fuqaroviylikning tugal yoki to’kis ekanligini quyidagi mezonlar vositasida talqin qilish mumkin:  

1. 


Agar  fuqaroviy  pozisiya  hali  shakllanmagan,  fuqaroviy  xususiyatlar,  o’z  haq-huquqlari 

uchunkurashish istagi to’liq namoyon bo’lmasa fuqaroviylikning eng quyi darajasi namoyon bo’ladi. 

2. 

Fuqaro  o’z  haq-huquqlari  uchun  kurashishga  moyil  bo’lsa,  u  haqda  o’z  bilim  va 



qobiliyatini namoyon qilishga tayyor bo’lsa, bunda fuqaroviylikning o’rta darajasi namoyon bo’ladi.  

3. 


Agar fuqaroda fuqaroviy xususiyatlar hamda faol fuqarolik pozisiyasi to’liq shakllangan, 

o’z haq-huquqlari uchun amaliy harakatga kirish ishtiyoqi yaqqol namoyon bo’ladigan bo’lsa uni yuqori 

darajada fuqaroviylik sifatida talqin etish mumkin.  

Fuqaroviylik jamiyat a’zolarini safarbar etish va yo’naltirishga xizmat qiladi. Fuqaroviylik tevarak 

atrofda bo’layotgan voqea-hodisalarga nisbatan faol munosabatni, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va 

rivojlantirishga  xizmat  qiladi.  Fuqaroviylik  jamiyat  oldida  ma’lum  bir  maqsadning  shakllanishiga 

xizmat qiladi. Albatta jamiyatda fuqaroviylikning rivojlanishi uchun tegishli tarbiyaviy chora-tadbirlar, 

qulay ijtimoiy muhit muhim ahamiyatga ega.  

Fuqaroviylik shaxsning siyosiy jihatdan komillikka erishishi bilan bog’liq bo’lib, bunday darajaga 

etgan  kishi  siyosiy  jarayonlar  va  hodisalarga  qiziqish  bilan  qaraydi,  ro’y  berayotgan  voqelikni  tahlil 

qilish  qobiliyatiga  ega  bo’ladi.  Aynan  ana  shunday  qobiliyatga  ega  bo’lgan  fuqaro  kezi  kelganda  o’z 

vatani taqdiri  uchun amaliy  harakat qilish uchun zarur bo’lgan  qarorga  kelish  qobiliyatiga ega  bo’ladi. 

Vatanparvarlik  ruhiga,  mas’uliyat,  siyosiy  madaniyat  va  taraqqiy  topgan  siyosiy  ongga  ega  bo’lgan 

jamiyat a’zosini fuqaroviylikka ega bo’lgan shaxs sifatida e’tirof etish mumkin. 

 


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling