O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rtamaxsus ta’lim vazirligi


davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari”


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana11.09.2020
Hajmi1.02 Mb.
#129224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
fuqarolik jamiyat 1 kurs


davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilni amalda to’liq tatbiq etishning aniq va ravshan 

qirralarini belgilab berdi. 

Birinchi  Prezidentimiz  I.Karimov  ta’kidlaganidek,  “Faqatgina  biz  tanlagai  bosqichma-bosqich, 

tadrijiy  rivojlanish  yo’li  xalqimiz  ko’zlagan  ezgu  niyatlarga  erishishga,  zamonaviy  demokratik 

talablarga  javob  beradigan  davlat,  inson  manfaatlari,  huquq  va  erkinliklari  eng  oliy  qadriyat  bo’lgan, 

qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar”

1



Fuqarolik  jamiyatining  shakllanishi  va  rivojlanishi  bo’yicha  qo’yidagi  xulosalar  chiqarish 



mumkin: 

-  fuqarolik  jamiyatining  shakillanishi  uzoq  davom  etib  kelayotgan  murakkab  tarixiy 

jarayondir.Fuqarolik  jamiyatining  ba’zi  bir  unsurlari  qadimgi  Yunoniston  va  Rimda  namoyon  bo’lgan 

vaqtdanboshlab  Yangi  davrda  shakllanish  elementlari  va  xozirgi  kunda  bir  butun  tizim  sifatida  paydo 

bo’lishi. 

 -  fuqarolik  jamiyati  g’oyasi  insoniyatning  antik  davrdan  beri  davom  etib  kelayotgan  tafakkuri 

maxsulidir.  Avesto  manbalarida,  Qadimgi  yunon  faylasuflari  fikrlarida,  O’rta  asr  mutafakkirlarining 

qarashlarida, Uyg’onish va Reformasiya davri g’oyalari va bugun XXI asr jahon xamjamiyati tomonidan 

umuminsoniy ijtimoiy madaniy qadriyatlar sifatida e’tirof etilishi. Har qanday fan, o’z mohiyatiga ko’ra 

umumbashariydir.  Dunyoning  barcha  xalqlari  katta-kichikligidan  qat’iy  nazar  uning  rivojiga  turli  xil 

darajada  hissalarni  qo’shgan.Shu  nuqtai  nazardan  fuqarolik  jamiyatining  shakillanishi  va  rivojlanishi 

to’g’risidagi g’oyalar qarashlarni bir yoqlama bo’rttirish yoki kamsitish xato yondashuvdir. 

 -  fuqarolik  jamiyatining  xususiyatlari,  belgilari,tamoyillari  har  qanday  ijtimoiy  tizimda  mavjud, 

biroq ularning rivojlanish darajasi turli xil bo’lishi mumkin. 

 -  fuqarolik  jamiyatining  shakllanish  jarayonlari  xolati  ijtimoiy  hayotning  va  davlat  hokimiyati 

boshqaruvining demokratlashib borishi bilan birgalikda kechadi.  

 -  fuqarolik  jamiyatining  shakillanishi  huquqiy  davlatchilikning  shakillanish  jarayoni  bilan 

takomillashib boradi. 

 -  har  bir  davlatda  fuqarolik  jamiyatining  rivojlanishi  va  shakillanishi  o’ziga  xos  mental 

xususiyatlarga bog’liq holda tadrijiy rivojlanish modellari asosida amalga oshiriladi. 

- hozirgi dunyoda biron bir mamlakat fuqarolik jamiyat qurishning etuklik bosqichiga erishmagan va 

bu uzuluksiz davom etadigan jarayondir. 

 

Demokratik  taraqqiyot  yo‘lidan  borayogan  har  bir  mamlakatda  demokratiyaning  reallikka 



aylanishi  uchun  mahlum  vaqt  zarur  bo‘ladi.  Ana  shu  oraliq  vaqt  “o‘tish  davri”  deb  ataladi.  Ammo  u 

mustaqil mavzu sifatida kam o‘rganilgan. Qolaversa, mazkur mavzuning mohiyatini ochib berishda turli 

ziddiyatli fikrlar ham mavjud. Demokratik taraqqiyot yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston uchun ham o‘tish 

davri  mavzusini  o‘rganish  bugungi  kunda  zaruriyatga  aylanmoqda.  O‘tish  davri  barcha  mustaqillikka 

erishgan davlatlarning Yuksak taraqqiyotiga erishish jarayonidagi o`ziga xos oraliq muhlat hisoblanadi. 

U har qanday davlat uchun umumiy qonuniyatdir. Chunki, davlatlar vujudga kelishi bilanoq, birdaniga 

Yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi, balki har bir davlat, eng avvalo shakllanadi va mahlum 

tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘z boshidan o‘tkazadi. Ana Shubosqichma-bosqich o‘tish jarayoni juda 

                                                           

1

  Каримов  И.А.  Она  юртимиз  бахту  иқболи  ва  буюк  келажаги  йўлида  хизмат  қилиш  —  энг  олий  саодатдир.  -Т.: 



Ўзбекистон. 2015. -Б.126. 

 

16 


murakkab jarayon bo‘lib, bu bosqichlarni har bir mamlakat o`ziga xos tarzda bosib o‘tadi. “O‘tish davri 

iqtisodiyotini amal qilish jarayoni ikkita qonuniyatga bog‘liq: 1) takror ishlab chiqarish o‘zgarishlarga 

moyilligining  kamligi  (enersiyaviyligi);  2)yangi  shakllar  va  munosabatlarning  ko‘proq  intensiv 

rivojlanishi”

1

 

Hozirgi  kunda  160  dan  ortiq  mamlakat  demokratik  taraqqiyot  yo‘lidan  bormoqda.  Ammo  bu 



mamlakatlarda demokratik taraqqiyot jarayonlari turlicha bo‘lib, bu jarayonlar har bir mamlakat uchun 

o`ziga xos xususiyatga ega.  

O‘tish  davri  mamlakatlar  taraqqiyotining  bir  ijtimoiy  iqtisodiy  bosqichdan  ikkinchisiga  o‘tish 

umumiy  qonuniyati  bo‘lishi  bilan  birga  anaShubosqichlarga  o‘tish  jarayoni  xam  turlicha  namoyon 

bo‘ladi.  Ulardagi  asosiy  umumiylik  eskining  taraqqiyot  extityojlariga  javob  berolmaganligi  oqibatida, 

yangi  bosqichga o‘tish  zaruriyatini  keltirib chiqarish bilan bog‘liq. Shumahnoda o‘tish  davridagi  bosh 

yo‘nalish    «orqaga  qaytish»  emas,  balki  «oldinga»  Yurish,  pastdan  Yuqoriga  ko‘tarilish  yoki  oldingi 

darajaga qaraganda taraqkiy qilish tomon ko‘tarilish hisoblanadi. 

Bozor  iqtisodiyotiga  o`tish  yo`llari  umumiylik  va  o`ziga  xoslik.  O‘tish  davri  uchun  barcha 

mamlakatlarga xos umumiy qonuniyatlar ham mavjud. Ular: 

1. 

Siyosiy hokimiyatni o‘zgartirish; 



2. 

Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish; 

3. 

Yangi tafakkur va turmush tarzini shakllantirish. 



Shuningdek,  o‘tish  davrining  boshlanishiga  asosiy  turtki  yoki  manba  bo‘lib  xizmat  qiladigan 

omillar ham mavjud. Ular: 

birinchidan, jamiyat miqyosida demokratik o‘zgarishlar uchun tahsirli xohish va irodaning mavjud 

bo‘lishi; 

ikkinchidan, jamiyat ahzolari asosiy ko‘pchiligining o‘zgarish-lar jarayoniga tayyorgarligi

uchinchidan,  jamiyat  ahzolarining  demokratik  o‘zgarishlar  zarurligi  masalasida  yakdilligi,  yahni 

demokratik konsolidatsiya darajasining ko‘tarilib borishi hamda demokratiyaga o‘tish davri vazifalari va 

muammolarini hal qilishga layoqatlilikning kuchayib borishi. 

Uning har bir davlat uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarining mavjudligi. Demokratik tamoyillar 

asosiga qurilgan jamiyatga o‘tish bir qator o`ziga xos xususiyatlar bilan farqlanadi. Birinchidan, ayrim 

mamlakatlarda demokratik jarayonlar kapitalizm tuzumining ichida shakllanadi va bu uning xalq uchun 

faravon hayotni tahminlash yo‘lidagi faoliyatida namoyon bo‘ldi. To‘g‘ri bu jarayon xam silliq amalga 

oshmaydi, o‘ta murakkab kechdi, juda katta talofatlarni o‘z boshidan kechirdi. Xuddi anaShumurakkab 

muammolarni  hal  qilishda  to‘g‘ri  yo‘lni  tanlashdagi  ya`ni  jamiyat  taraqqiyotini  xalq  manfaatlariga 

qaratilganligi  kapitalizmni  «xalq  kapitalizmi»gacha,  uning  faravonligi  to‘la  ma’nodagi  huquqlari  va 

erkinliklarini  ta’minlovchi  jamiyatga  aylanishiga  olib  keldi.  Ikkinchidan,  ayrim  mamlakatlarda  hali 

kapitalizm  to‘la  ma’nodagi  jamiyat  sifatida  o‘z  imkoniyatlarini  Yuzaga  chiqarib  ulgurmasdan  kuch 

ishlatish yo‘li bilan g‘ayri ilmiy, soxta «xalq  farovonligini ta’minlovchi» kommunistik jamiyatga o‘tish 

yo‘lidan borildi. 

O‘tish  davrining:  “klassik”,  “inqilobiy”,  “evolYutsion”(gradualizm)  yo‘llari.  Bugungacha 

demokratik  tamoyillar  asosida  rivojlanayotgan  mamlakatlarning  unga  o‘tish  tajribalariga  asoslanib, 

o‘tishning asosiy uchta yo‘li, yoki «modeli» shakllanganligini ta’kidlash mumkin. 

birinchisi klassik  yo‘l  hisoblanadi. Uning asosiy  xususiyati shundaki,  u uzoq  tarixiy bosqichda 

amalga oshadi va o‘tish davrida siyosiy sohada qancha bo‘xronlar sodir bo‘lishiga qaramasdan asosiy 

o‘tishning  islohotlari  iqtisodiy  sohada  amalga  oshirila  boshlanadi,  bu  sohadagi  asosiy  tadbir  xususiy 

                                                           

1

 Ўзбекистонда демократик жамият қуриш назарияси ва амалиёти. Қирғизбоев таҳрири остида.Ўқув қўлланма. 



Т.Наврўз нашриёти.2014 йил. –Б.82. 

 

 



 

17 


mulkchilikni  qaror  toptirish  hisoblanadi.  Xuddi  anaShutadbirning  muvaffaqiyatli  amalga  oshirilishi 

mamlakat hayotining barcha sohalarini, xususan ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-madaniy sohalarida  xam 

islohotlarning amalga oshirilishiga imkon yaratadi. 

O‘tish  davrining  klassik  yo‘lidagi  bunday  jarayonning  harakterli  tomoni  shundaki,  iqtisodiy 

sohada  xususiy  mulkchilikning  rivojlanishidan  aholining  aksariyat  ko‘pchilik  qismi  rozi  bo‘lmaydi. 

Chunki  asosiy moddiy boylik bir qism odamlar  qo‘lida to‘planadi,  boshqalar esa ularga qaram  bo‘lib 

qoladilar,  oqibatda  mamlakatda  katta  bo‘xronlar,  xatto  fuqarolar  urushlari  sodir  bo‘lishi  mumkin.  Bu 

jarayon  mulk  egalarining  aholi  faravonligini  tahminlash  tomon  qiladigan  Harakatlari  o‘zining 

samarasini beraboshlaganicha davom etadi. 

O‘tish  davrining  klassik  yo‘lning  boshlanishi  kapitalistik  munosabatlarning  Yuqori  bosqichi 

uning iqtisodiyotda islohotlar o‘tkazmasdan taraqqiy qilishga imkoniyat etmay qolish oqibatida Yuzaga 

keladi. 


Bu  yo‘lning  klassik  (an’anaviy)  yo‘l  deyilishiga  sabab  shuki  mamlakatlarning  demokratik 

jamiyatga  o‘tishi  dastlab  xuddi  ana  Shuko‘rinishda  namoyon  bo‘ladi  va  butun  Yuksak  taraqqiyotga 

erishgan mamlakatlarning aksariyati ana Shuyo‘ldan bordilar. 

Klassik yo‘l muammolarining ko‘pligi, ularni hal qilishning murakkabligi aholining bu jaaryonga 

«ko‘nikib»  borishi  kabi  masalalar  bilan  bog‘liq  bo‘lganligi  uchun  xam  Evropa  mamlakatlarida  2-2,5 

asrgacha davom etdi. Ana Shumuxlat ichida mamlakatlarda iqtisodiy sohadagi Yutuqlarning zaminida 

demokratik qadriyatlar xam shakllanadi va ularda bugungi kunda fuqarolik jamiyatini takomillashtirish 

jarayonlari davom etmoqda. 



Demokratik  jamiyatga  o‘tishning  ikkinchisi  inqilobiy  yo‘l  hisoblanadi.  Uning  harakterli 

xususiyati  shundaki,  davlatlarda  vujudga  keltirilgan  katta  iqtisodiy  saloxiyat  aksariyat  ko‘pchilik 

aholining  turmush  tarzi  nisbatan  Yuqori  bo‘lganligiga  asoslanib  dastlab  mamlakat  siyosiy  hayotida 

keskin  o‘zgarishlar  amalga  oshiriladi.  YAoni  amaldagi  hokimiyat  shakli  barbod  bo‘ladi  va  uning 

o`rniga  yangi,  demokratik  jarayonlarni  rivojlantirishga  moyil  bo‘lgan  hokimiyat  shakli  va  uning 

infrastrukturasi  vujudga  keladi.  Ular  o‘z  navbatida  iqtisodiy  hayotda  keskin  islohotlar  o‘tkazadilar, 

xususan amaldagi milliy valuta bekor qilinadi (sindiriladi). Aholining qo‘lidagi pul mablag‘lar xam o‘z 

qiymatini  yo‘qotadi  va  mamlakat  siyosiy  hayotida  bo‘lgani  kabi  iqtisodiy  hayotda  xam  demokratik 

jarayonlarning rivojlanishi sodir bo‘ladi. Inqilobiy yo‘l uchun zarur bo‘lgan asosiy omillar qatorida: 

a) Sobiq tuzum sharoitida xususiylik ko`rtaklarining saqlanib qolganligi; 

b) Demokratik qadriyatlar ko`rtaklarining mavjudligi; 

v)  mamlakat  hayotini  demokratik  tamoyillar  asosida  qayta  qurishga  qodir  bo‘lgan  intellektual 

saloxiyatning etarli bo‘lishi; 



g)  aholining  mahlum  bir  qismi  ana  Shudemokratik  jarayonga  xech  bo‘lmaganda  «moyilligi» 

bo‘lishi kabilar hal qiluvchi axamiyatga egadir. Ularning har biri inqilobiy yo‘l uchun aloxida axamiyat 

kasb etadi. 

Agar  ana  Shuomillar  etarli  bo‘lsa,  inqilobiy  yo‘l  xam  o‘zining  samarasini  berishi  mumkin.  Bu 

yo‘ldan YEvropaning sobiq sotsializm tuzumida yashagan Polsha, Vengriya, GDR, Bolgariya, Rossiya 

kabi mamlakatlar bormoqdalar. 

Bu  yo‘l  qanchalik  murakkab,  mamlakat  hayotida  juda  katta  bo‘xronlarga  olib  kelishini  hisobga 

oladigan  bo‘lsak,  uni  har  mamlakat  o‘z  xususiyatlari  va  imkoniyatlaridan  kelib  chiqqan  holdagina 

amalga oshirish mumkin. 

Ammo,  shuni  xam  hisobga  olish  zarurki,  Yuqoridagi  omillarning  mavjudligining  o‘zi  xam 

mamlakatlarning  demokratik  jamiyatga  inqilobiy  yo‘l  bilan  o‘tishiga  «majbur»  etadi.  Chunki  ana 

Shuomillar jarayoni tezlashtiruvchi asosiy qudrat hisoblanadi. 



Demokratik  jamiyatga  o‘tishning  uchinchisi  -  evolYusion  yoki  bosqichma-bosqich  yo‘l 

hisoblanadi.  Harakterli xususiyati - amaldagi siyosiy hokimiyat tugatilib uning o`rniga yangi hokimiyat 

vujudga  kelishi  bilan  keskin,  bir  «zarb»  bilan  tugatilmasdan  bosqichma-bosqich,  vazminlik  bilan 

tugatilib boriladi. 



 

18 


Siyosiy  va  iqtisodiy  hayotda  o‘tkazilayotgan  islohotlar  bilan  xamoxang  ravishda  mahnaviy-

mahrifiy sohalarni xam yangi ehtiyojlar asosida rivojlantirib boriladi. 

 

Respublikada  sifat  jihatidan  yangi  mavqega  o’tishning  puxta  o’ylangan  dasturi  ishlab  chiqildi. 



Tanlab  olingan  taraqqiyot  yo’li  Konstitusiyaga  asoslangan  bo’lib,  bu  o’zgarmas  yo’ldir,  chunki 

tanlangan  yo’lning  to’g’riligini  hayotninig  o’zi  tasdiqlamoqda.  Bu  O’zbekistonni  milliy-davlatchilik, 

ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy jihatdan kamolotga muqarrar olib boradigan yo’ldir. 

O‘zbekistonning  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishining  o`ziga  xos  yo‘li  Respublikamiz  Birinchi 

Prezidenti I.A. Karimov tomonidan olg‘a surilgan quyidagi besh tamoyilda ifodalab berildi:  

Beshta  asosiy  qoida  O’zbekiston  davlat  qurilishi  va  iqtisodiyotini  isloh  qilish  dasturining 

o’zagidir. Ularning mohiyati quyidagicha: 

birinchidan,  iqtisodiy  islohotlar  hech  qachon  siyosat  ortida  qolmasligi  kerak,  u  biror 

mafkuraga  bo’ysundirilishi  mumkin  emas.  Buning  ma’nosi  shuki,  iqtisodiyot  siyosatdan  ustun 

turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish zarur; 

ikkinchidan,  davlat  bosh  islohotchi  bo’lishi  lozim.    U  islohotlarning  ustuvor  yo’nalishlarini 

belgilab berishi, o’zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o’tkazishi, jaholatparastlar 

(retrogradlar) va koservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart; 

uchinchidan,  qonun,  qonunlarga  rioya  etish  ustuvor  bo’lishi  lozim.  Buning  ma’nosi  shuki, 

demokratik  yo’l  bilan  qabul  qilingan  yangi  Konstitusiya  va  qonunlarni  hech  istisnosiz  hamma 

hurmat qilishi  va ularga og’ishmay rioya etishi lozim; 

to’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy  siyosatni 

o’tkazish.  Bozor  munosabatlarini  joriy  etish  bilan  bir  vaqtda  aholini  ijtimoiy  himoyalash 

yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko’rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo’lidagi eng dolzarb 

vazifa bo’lib keldi va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi; 



beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish obektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga 

olgan  holda,  o’tmishdagi  “inqilobiy  sakrashlar”siz,  ya’ni  evolyusion  yo’l  bilan,  puxta  o’ylab, 

bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. 

Bu qoidalar o’z istiqlol, rivojlanish va taraqqiyot yo’limizga aos qilib olingan bo’lib, o’tish davri 

dasturining  negizini tashkil etadi. Hozir bu qoidalarning amalga oshirilishi respublikada ijtimoiy-siyosiy 

barqarorlikni,  eng  muhimi,  bozor  munosabatlarini  joriy  etish  yo’lidan  izchil  harakat    qilishni 

ta’minlaydi. 

Xalqimizda  "yangi  uy  qurmay  turib,  eskisini  buzmang  -  boshpanasiz  qolasiz",  degan  naql  bor. 

Unda  respublika  aholisining  ruhiyati  to’la  aks  etgan.  Shuni  hisobga  olib,  O’zbekistonning  bozor 

iqtisodiyotiga  o’tish  andozasiga  bosqichma-bosqich,  evolyusion  yo’l  bilan  o’tish  asos  qilib  olingan. 

Bozor  iqtisodiyoti  tomon  sakrashlarsiz,  inqilobiy  o’zgartirishlar  yo’li  bilan  emas,  balki  izchillik  bilan 

bosqichma-bosqich  borish  kerak.  O’zbekistonning  bozorga  o’tish  yo’lining  o’ziga  xos  xususiyati  ham 

shunda.  Bir  bosqichni  tugallab,  zarur  shart-sharoitni  yaratib,  shundan  keyingina  yangi  bosqichga 

o’tiladi. 

Bozor  munosabatlari  -  o’zini  o’zi  boshqaradigan  tizimdir.  U  qaytma  aloqaga  asoslangan  hamda 

boshboshdoqlikka  va  haddan  oshishlarga,  bozor  g’oyasining  o’zini  obro’sizlantirishga  yo’l 

qo’ymaydigan  muayyan  qoidalarga  bo’ysunadi.  Bozor  qoidalari  ming  yillar  mobaynida  yaratilgandir. 

Ular taraqqiy etgan barcha mamlakatlarning fuqarolik qonunchiligiga va sud amaliyotiga asos bo’lgan. 



Bozor iqtisodiyotiga o`tish  davri bosqichlari va olamshumul natijalar.  O‘zbekiston mustaqillik 

yillarida demokratik jamiyatga o‘tishning quyidagi bosqichlarini bosib o‘tdi. Ularning har biri Birinchi 

Prezident Islom Karimov ma’ruzalarida ko‘rsatib berildi. 

Birinchi bosqich. 1996 yil 29 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi chaqiriq oltinchi 

sessiyasida.  “Hozirgi  bosqichda  demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirishning  muhim  vazifalari”  deb 

nomlangan ma’ruzasida demokratik jamiyat qurish borasidagi vazifalarni “chuqurlashtirish” vazifalari

Ikkinchi  bosqich.  1999  yil  14  aprel.  Oliy  Majlisning  birinchi  chaqiriq  o‘n  to‘rtinchi  sessiyasida. 


 

19 


“O‘zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda”  deb  nomlangan  ma’ruzasida  davlat  va  jamiyat  qurilishi  sohasini 

“erkinlashtirish” borasidagi vazifalar; 

Uchinchi  bosqich.  2002  yil  29  avgust.  Oliy  Majlisning  ikkinchi  chaqiriq  to‘qqizinchi  sessiyasida 

“O‘zbekistonda  demokratik  o‘zga-rishlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyati  asoslarini 

shakllantirishning  asosiy  yo‘nalishlari”  deb  nomlangan  ma’ruzasida  demokratik  o‘zgarishlar  orqali 

fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish; 

To‘rtinchi bosqich. 2005 yil 28 yanvar. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma 

majlisidagi  “Bizning  bosh  maqsadimiz  –  jamiyatni  demokratlashtirish  va  yangilash,  mamlakatni 

modernizatsiya  va  isloh  etishdir”  deb  nomlangan  ma’ruzasida  mamlakatni  modernizatsiyalash  orqali 

jamiyatni demokratlashtirish; 

Beshinchi  bosqich.  2010  yil  12  noyabr  .Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo‘shma 

majlisida  “Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish    va  fuqarolik  jamiyatini 

rivojlantirish konsepsiyasi” deb nomlangan ma’ruzasida demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish  

va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish vazifalarini belgilab berilgan edi. 

Oltinchi  bosqich.  2017-yil  7-fevral.  Muhtaram  Prezidentimiz  Sh.Mirziyoev  tashabbusi  bilan  qabul 

qilingan  2017-2021  yillarda  O`zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo`nalishi 

bo`yicha  Harakatlar  strategiyasini  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  demakratik  islohotlarni 

yanada tezlashtirdi.  

Albatta,  bu  bosqichlardagi  belgilangan  vazifalar  biri  ikkinchisidan  keskin  farq  qilmasa-da,  ularning 

negizidagi  asosiy  g‘oya  demokratiyaga  asoslangan  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etishga  qaratilgan. 

Avvalo,  ana  Shujarayonlar  izchillik  bilan  tahlil  etilishi  undagi  muammolar  aniqlanishi  va  istiqboldagi 

vazifalar  belgilab  olinishi  lozim.  Zero,  Yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  demokratiyaga  asoslangan 

fuqarolik jamiyati barpo etish uzluksiz davom etadigan jarayondir. 

O’zbekiston respublikasi oliy majlisi va qonunchilik palatasi qo’shma majlisi (2010 yil 12 noyabr) 

Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini 

rivojlantirish konsepsiyasi: 

I. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish 

 

 



 

 

2-MA’RUZA: HARAKATLAR STRATEGIYASI – O’ZBEKISTON MILLIY TARAQQIYOTI 



YANGI BOSQICHINING ASOSI 

 

Reja 

 

1.  “Rivojlanish” 



“strategiya” 

“konsepsiya” 

va 

“innovatsion 

rivojlanish” 

tushunchalarining mazmuni hamda turli xil yondashuvlar.    

2.  Mustaqil O‘zbekiston milliy taraq-qiyot modelining ishlab chiqilishi. 

3.  Harakatlar strategiyasi- O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichi 

 

 



“Rivojlanish”  “strategiya”  “konsepsiya”  va  “innovatsion  rivojlanish”  tushunchalarining 

mazmuni hamda turli xil yondashuvlar.    

 

Rivоjlаnish – оlаmdаgi оb’еktlаrdаgi yangi shаkllаrni vujudgа kеlishini, ilgаrilаnmа hаrаkаtni, 

оddiydаn  murаkkаblikkа  o’tishni  ifоdаlоvchi  fаlsаfiy  kаtеgоriya.    Rivоjlаnish  tushunchаsi 

tаbiаtshunоslik  fаnlаrining,  хususаn,  biоlоgiya,  gеоlоgiyaning,  kеyinrоq,  kоsmоlоgiyaning  vujudgа 

kеlishi munоsаbаti bilаn shаkllаndi vа fаlsаfiy tаfаkkurgа kirib kеldi. Rivojlanish eng avvalo o’zgarish 

bilan bog’liq, biroq har qanday o’zgarishni ham Rivojlanish deb bo’lmaydi, faqat eskidan keyin  yangi 


 

20 


sifatning  yuzaga kelishi  bilan bog’liq  o’zgarishgina rivojlanish  bo’lishi mumkin.  Rivojlanish  olamning 

umumiy  tavsifi  emas,  balki  olamdagi  moddiy  va  ma’naviy  sistemalarning  xususiyatidir.  Chunki 

rivojlani.ning muhim tomoni shundaki, u zamon b-n bog’liq. Zero, har qanday rivojlanish ma’lum vaqt 

davomida  sodir  bo’ladi.  Rivojlanish  bir  xillikdan  ko’p  xillikka,  oddiydan  murakkabga  qarab  boruvchi 

jarayondir.    rivojlanishning  uch  asosiy  xususiyati  mavjud:  1)  rivojlanish  orqaga  qaytmaydi;  2) 

rivojlanish  faqat  kelajakka  yo’nalgandir;  3)  rivojlanish  zaruriylik  bilan  bog’liq.  Ushbu  uch  xususiyat 

mavjud bo’lganidagina o’zgarish rivojlanish darajasiga ko’tariladi. 

Rivоjlаnish  jаrаyonidа  sistеmаdаgi  o’zgаrishlаrning  bundаy  хususiyatlаrdаn  kеlib  chiqib 

rivоjlаnishgа  quyidаgichа  tа’rif  bеrish  mumkin:  Rivоjlаnish  sistеmаning  shundаy  yaхlit,  kоmplеks, 

yo’nаlishgа  egа  bo’lgаn,  оrqаgа  qаytmаydigаn  fаzо-vаqt  strukturаsi  o’zgаrishiki,  uning  nаtijаsidа 

sistеmа bir miqdоriy vа sifаtiy hоlаtdаn bоshqа miqdоriy vа sifаtiy hоlаtgа o’tаdi. 

 

Strаtеgiya bu – birоr tаshkilоtning sifаt jihаtdаn yangi yo’nаlishdаgi hаrаkаtlаri dаsturi 

bo’lib,  bu  bir-birigа  bоg’liq  sоhаlаr  tizimini  ichki  o’zаrо  аlоqаsini  vа  tаshkilоtning  аtrоf-muhit  bilаn 

uyg’unligini tа’minlоvchi mаqsаdlаrdir.  

 

Umumхаlq  muhоkаmаsidаn  so’ng  bеsh  yilgа  mo’ljаllаngаn  O’zbеkistоnni  rivоjlаntirish 



strаtеgiyasi qаbul qilindi. Bu strаtеgiyani ishlаb chiqishdа biz o’zimizgа chеtdаn nаzаr tаshlаb, sаlоhiyat 

vа imkоniyatimizni хоlis bаhоlаsh bilаn birgа, хаtо vа kаmchiliklаrimizni hаm аtrоflichа tаnqidiy tаhlil 

qildik.  

- Strategiya yunon tilidan olingan bo’lib qo’mondonlik sa’nati deb tarjima qilinadi. U dastlab  harbiy 

tushuncha sifatida ishlatilgan, keyinchalik boshqa sohalarni ham boshqarishda uzoq muddatga mo’ljallangan 

reja, asosiy maqsad va unga olib  boradigan dastur  ma’nolarida ishlatilib kelingan. Shuning uchun uzoqni 

ko’zlab  rejalar  tuzuvchi  va  uni  mohirona  amalga  oshiruvchi  siyosatchilar  strateg  deb  ataladi. 

Strаtеgiya  –  bu  yangilаnish  jаrаyonlаrining  hаqiqiy  hаrаkаtlаr  dаsturidir.  Bu  hujjаt  hоzirgi  vаqtdа 

hаyotgа izchil jоriy etilmоqdа. Strаtеgiya (yunоn. Strategia  hаrbiy + ago bоshqаrmаn) o’zbеk 

tilidа tаrjimаsi «gеnеrаllik sаn’аti» vа «hаrbiylаrni jаnggа оlib kirish sаn’аti yoki shu to’g’risidа fаn». 

Vujudgа kеlgаn strаtеgiyalаrni turlаri vа ulаrgа yondаshuvlаr quyidаgilаrdir. 

А.  Chаndlеr,  1962  g.  Strаtеgiya  tаshkilоtni  uzоq  muddаtgа  mo’ljаlаngаn  mаqsаdlаri,  hаrkаt 

rеjаlаri vа muhim rusurslаrni jоylаshtirishdir.  

Gаrvаrdskаya  biznеs  mаktаbi,  1965  g.  Strаtеgiya  tаshkilоtning  mаvjud  rаqоbаtbаrdоshlilik 

mаqsаdlаri sifаtidа. 

M.  Pоrtеr,  1980-1985  gg.  Strаtеgiya  tаshqi  tаhdiddаn  himоyalаnish  vа  imkоniyatlаrni  qo’lgа 

kirish, ichki bаrqаrоrlik vа bеqаrоrlilikning mo’ljаli sifаtidа 

I.Аnsоff, 

1965g.; 


D.Stеynеr, 

1977 


g. 

P.Lоrаnj,  1977  g.    Strаtеgiya  kоrpоrаtiv,  ishbilаrаmоnlik  vа  funksiоnаl  mаqsаdlаr  uchun  o’rnаtilgаn 

usullаr yig’indisi. 

А.Tоmpsоn, 1995 g. Strаtеgiya hаrkаtni turlаri, mаqsаdlаrgа itilishlаr, yondаshuvlаr vа hаrkаt 

ko’rsаtgichlаri 

 Strаtеgiyani аmаl qilish sоhаlаrigа, аmаl qilishigа ko’rа bir qаtоr turlаrini ko’rsаtish mumkin. 

Tаshkilоtning uzоq muddаtli hаrаkаtini mоdеli, qo’yilgаn mаqsаdlаrgа еtishish usuli 

 

Bоshqаrish sаn’аti vа ish jаrаyonini umumiy rеjаsi 



 

Prоvаrd mаqsаdning mоhiyati 

 

Jаmiyat sоhаlаrini bir butunligi tа’minlаydigаn usul 



 

Uzоq muddаtli rеjаlаr yig’indisi 

Аsоsаn rаqоbаtdоshlikni оshirishning kоnsеpsiyasi 

Hаyot sur’аtlаrini o’sishi 

Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi bo’yichа tаniqli tаdqiqоtchi G.Minsbеrg strаtеgiyani bеshtа tushunchаdа 

izоhlаydi  

RЕJА. Kеlаjаkdаgi bunyodkоrlik rеjаlаri, оldindаn аniqlаngаn hаrаkаtlаr  

EPCHIL  HАRKАT.  Аyyyorlik,  hiylаkоrlik,  rаqоbаtchilik  kurаshidа  shеrigini  yonlg’оn  bilаn 



 

21 


chuv tushirish  

PАTTЕRN  (хulq  tаmоyili,  hаrkаtni  bаrqаrоr  tuzilishi)  оldindаn  ko’rа  оlish  qоbiliyati, 

qiyinchilkkа chidаmli irоdа, хulqiy izchillik 

PОZISIYA. Tаshkilоtni tаshqi muhit bilаn o’zаrо аlоqаsi. Kuchni ifоdаlаnishi yoki tаshkilо vа 

tаshqi muhit o’rtаsidа vоsitаchi  

ISTIQBОL,  KЕLАJАK.  Strаtеgiya  bu  аbstrаksiya,  qiziqishlаr  bildirgаn  tоmоnlаrning  аqliy 

birligi. 

 


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling