O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rtamaxsus ta’lim vazirligi
davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari”
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
fuqarolik jamiyat 1 kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘tish davrining: “klassik”, “inqilobiy”, “evolYutsion”(gradualizm) yo‘llari.
- Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri bosqichlari va olamshumul natijalar.
- O’zbekiston respublikasi oliy majlisi va qonunchilik palatasi qo’shma majlisi (2010 yil 12 noyabr)
- I. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish
- “Rivojlanish” “strategiya” “konsepsiya” va “innovatsion rivojlanish” tushunchalarining mazmuni hamda turli xil yondashuvlar.
davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilni amalda to’liq tatbiq etishning aniq va ravshan qirralarini belgilab berdi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, “Faqatgina biz tanlagai bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo’li xalqimiz ko’zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo’lgan, qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar” 1 .
mumkin: - fuqarolik jamiyatining shakillanishi uzoq davom etib kelayotgan murakkab tarixiy jarayondir.Fuqarolik jamiyatining ba’zi bir unsurlari qadimgi Yunoniston va Rimda namoyon bo’lgan vaqtdanboshlab Yangi davrda shakllanish elementlari va xozirgi kunda bir butun tizim sifatida paydo bo’lishi. - fuqarolik jamiyati g’oyasi insoniyatning antik davrdan beri davom etib kelayotgan tafakkuri maxsulidir. Avesto manbalarida, Qadimgi yunon faylasuflari fikrlarida, O’rta asr mutafakkirlarining qarashlarida, Uyg’onish va Reformasiya davri g’oyalari va bugun XXI asr jahon xamjamiyati tomonidan umuminsoniy ijtimoiy madaniy qadriyatlar sifatida e’tirof etilishi. Har qanday fan, o’z mohiyatiga ko’ra umumbashariydir. Dunyoning barcha xalqlari katta-kichikligidan qat’iy nazar uning rivojiga turli xil darajada hissalarni qo’shgan.Shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatining shakillanishi va rivojlanishi to’g’risidagi g’oyalar qarashlarni bir yoqlama bo’rttirish yoki kamsitish xato yondashuvdir. - fuqarolik jamiyatining xususiyatlari, belgilari,tamoyillari har qanday ijtimoiy tizimda mavjud, biroq ularning rivojlanish darajasi turli xil bo’lishi mumkin. - fuqarolik jamiyatining shakllanish jarayonlari xolati ijtimoiy hayotning va davlat hokimiyati boshqaruvining demokratlashib borishi bilan birgalikda kechadi. - fuqarolik jamiyatining shakillanishi huquqiy davlatchilikning shakillanish jarayoni bilan takomillashib boradi. - har bir davlatda fuqarolik jamiyatining rivojlanishi va shakillanishi o’ziga xos mental xususiyatlarga bog’liq holda tadrijiy rivojlanish modellari asosida amalga oshiriladi. - hozirgi dunyoda biron bir mamlakat fuqarolik jamiyat qurishning etuklik bosqichiga erishmagan va bu uzuluksiz davom etadigan jarayondir.
Demokratik taraqqiyot yo‘lidan borayogan har bir mamlakatda demokratiyaning reallikka aylanishi uchun mahlum vaqt zarur bo‘ladi. Ana shu oraliq vaqt “o‘tish davri” deb ataladi. Ammo u mustaqil mavzu sifatida kam o‘rganilgan. Qolaversa, mazkur mavzuning mohiyatini ochib berishda turli ziddiyatli fikrlar ham mavjud. Demokratik taraqqiyot yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston uchun ham o‘tish davri mavzusini o‘rganish bugungi kunda zaruriyatga aylanmoqda. O‘tish davri barcha mustaqillikka erishgan davlatlarning Yuksak taraqqiyotiga erishish jarayonidagi o`ziga xos oraliq muhlat hisoblanadi. U har qanday davlat uchun umumiy qonuniyatdir. Chunki, davlatlar vujudga kelishi bilanoq, birdaniga Yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi, balki har bir davlat, eng avvalo shakllanadi va mahlum tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘z boshidan o‘tkazadi. Ana Shubosqichma-bosqich o‘tish jarayoni juda
1 Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш — энг олий саодатдир. -Т.: Ўзбекистон. 2015. -Б.126. 16
murakkab jarayon bo‘lib, bu bosqichlarni har bir mamlakat o`ziga xos tarzda bosib o‘tadi. “O‘tish davri iqtisodiyotini amal qilish jarayoni ikkita qonuniyatga bog‘liq: 1) takror ishlab chiqarish o‘zgarishlarga moyilligining kamligi (enersiyaviyligi); 2)yangi shakllar va munosabatlarning ko‘proq intensiv rivojlanishi” 1
mamlakatlarda demokratik taraqqiyot jarayonlari turlicha bo‘lib, bu jarayonlar har bir mamlakat uchun o`ziga xos xususiyatga ega. O‘tish davri mamlakatlar taraqqiyotining bir ijtimoiy iqtisodiy bosqichdan ikkinchisiga o‘tish umumiy qonuniyati bo‘lishi bilan birga anaShubosqichlarga o‘tish jarayoni xam turlicha namoyon bo‘ladi. Ulardagi asosiy umumiylik eskining taraqqiyot extityojlariga javob berolmaganligi oqibatida, yangi bosqichga o‘tish zaruriyatini keltirib chiqarish bilan bog‘liq. Shumahnoda o‘tish davridagi bosh yo‘nalish «orqaga qaytish» emas, balki «oldinga» Yurish, pastdan Yuqoriga ko‘tarilish yoki oldingi darajaga qaraganda taraqkiy qilish tomon ko‘tarilish hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari umumiylik va o`ziga xoslik. O‘tish davri uchun barcha mamlakatlarga xos umumiy qonuniyatlar ham mavjud. Ular: 1. Siyosiy hokimiyatni o‘zgartirish; 2. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish; 3. Yangi tafakkur va turmush tarzini shakllantirish. Shuningdek, o‘tish davrining boshlanishiga asosiy turtki yoki manba bo‘lib xizmat qiladigan omillar ham mavjud. Ular: birinchidan, jamiyat miqyosida demokratik o‘zgarishlar uchun tahsirli xohish va irodaning mavjud bo‘lishi; ikkinchidan, jamiyat ahzolari asosiy ko‘pchiligining o‘zgarish-lar jarayoniga tayyorgarligi; uchinchidan, jamiyat ahzolarining demokratik o‘zgarishlar zarurligi masalasida yakdilligi, yahni demokratik konsolidatsiya darajasining ko‘tarilib borishi hamda demokratiyaga o‘tish davri vazifalari va muammolarini hal qilishga layoqatlilikning kuchayib borishi. Uning har bir davlat uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarining mavjudligi. Demokratik tamoyillar asosiga qurilgan jamiyatga o‘tish bir qator o`ziga xos xususiyatlar bilan farqlanadi. Birinchidan, ayrim mamlakatlarda demokratik jarayonlar kapitalizm tuzumining ichida shakllanadi va bu uning xalq uchun faravon hayotni tahminlash yo‘lidagi faoliyatida namoyon bo‘ldi. To‘g‘ri bu jarayon xam silliq amalga oshmaydi, o‘ta murakkab kechdi, juda katta talofatlarni o‘z boshidan kechirdi. Xuddi anaShumurakkab muammolarni hal qilishda to‘g‘ri yo‘lni tanlashdagi ya`ni jamiyat taraqqiyotini xalq manfaatlariga qaratilganligi kapitalizmni «xalq kapitalizmi»gacha, uning faravonligi to‘la ma’nodagi huquqlari va erkinliklarini ta’minlovchi jamiyatga aylanishiga olib keldi. Ikkinchidan, ayrim mamlakatlarda hali kapitalizm to‘la ma’nodagi jamiyat sifatida o‘z imkoniyatlarini Yuzaga chiqarib ulgurmasdan kuch ishlatish yo‘li bilan g‘ayri ilmiy, soxta «xalq farovonligini ta’minlovchi» kommunistik jamiyatga o‘tish yo‘lidan borildi.
demokratik tamoyillar asosida rivojlanayotgan mamlakatlarning unga o‘tish tajribalariga asoslanib, o‘tishning asosiy uchta yo‘li, yoki «modeli» shakllanganligini ta’kidlash mumkin.
amalga oshadi va o‘tish davrida siyosiy sohada qancha bo‘xronlar sodir bo‘lishiga qaramasdan asosiy o‘tishning islohotlari iqtisodiy sohada amalga oshirila boshlanadi, bu sohadagi asosiy tadbir xususiy
1 Ўзбекистонда демократик жамият қуриш назарияси ва амалиёти. Қирғизбоев таҳрири остида.Ўқув қўлланма. Т.Наврўз нашриёти.2014 йил. –Б.82.
17
mulkchilikni qaror toptirish hisoblanadi. Xuddi anaShutadbirning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mamlakat hayotining barcha sohalarini, xususan ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-madaniy sohalarida xam islohotlarning amalga oshirilishiga imkon yaratadi. O‘tish davrining klassik yo‘lidagi bunday jarayonning harakterli tomoni shundaki, iqtisodiy sohada xususiy mulkchilikning rivojlanishidan aholining aksariyat ko‘pchilik qismi rozi bo‘lmaydi. Chunki asosiy moddiy boylik bir qism odamlar qo‘lida to‘planadi, boshqalar esa ularga qaram bo‘lib qoladilar, oqibatda mamlakatda katta bo‘xronlar, xatto fuqarolar urushlari sodir bo‘lishi mumkin. Bu jarayon mulk egalarining aholi faravonligini tahminlash tomon qiladigan Harakatlari o‘zining samarasini beraboshlaganicha davom etadi. O‘tish davrining klassik yo‘lning boshlanishi kapitalistik munosabatlarning Yuqori bosqichi uning iqtisodiyotda islohotlar o‘tkazmasdan taraqqiy qilishga imkoniyat etmay qolish oqibatida Yuzaga keladi.
Bu yo‘lning klassik (an’anaviy) yo‘l deyilishiga sabab shuki mamlakatlarning demokratik jamiyatga o‘tishi dastlab xuddi ana Shuko‘rinishda namoyon bo‘ladi va butun Yuksak taraqqiyotga erishgan mamlakatlarning aksariyati ana Shuyo‘ldan bordilar. Klassik yo‘l muammolarining ko‘pligi, ularni hal qilishning murakkabligi aholining bu jaaryonga «ko‘nikib» borishi kabi masalalar bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun xam Evropa mamlakatlarida 2-2,5 asrgacha davom etdi. Ana Shumuxlat ichida mamlakatlarda iqtisodiy sohadagi Yutuqlarning zaminida demokratik qadriyatlar xam shakllanadi va ularda bugungi kunda fuqarolik jamiyatini takomillashtirish jarayonlari davom etmoqda. - Demokratik jamiyatga o‘tishning ikkinchisi inqilobiy yo‘l hisoblanadi. Uning harakterli xususiyati shundaki, davlatlarda vujudga keltirilgan katta iqtisodiy saloxiyat aksariyat ko‘pchilik aholining turmush tarzi nisbatan Yuqori bo‘lganligiga asoslanib dastlab mamlakat siyosiy hayotida keskin o‘zgarishlar amalga oshiriladi. YAoni amaldagi hokimiyat shakli barbod bo‘ladi va uning o`rniga yangi, demokratik jarayonlarni rivojlantirishga moyil bo‘lgan hokimiyat shakli va uning infrastrukturasi vujudga keladi. Ular o‘z navbatida iqtisodiy hayotda keskin islohotlar o‘tkazadilar, xususan amaldagi milliy valuta bekor qilinadi (sindiriladi). Aholining qo‘lidagi pul mablag‘lar xam o‘z qiymatini yo‘qotadi va mamlakat siyosiy hayotida bo‘lgani kabi iqtisodiy hayotda xam demokratik jarayonlarning rivojlanishi sodir bo‘ladi. Inqilobiy yo‘l uchun zarur bo‘lgan asosiy omillar qatorida:
saloxiyatning etarli bo‘lishi; g) aholining mahlum bir qismi ana Shudemokratik jarayonga xech bo‘lmaganda «moyilligi» bo‘lishi kabilar hal qiluvchi axamiyatga egadir. Ularning har biri inqilobiy yo‘l uchun aloxida axamiyat kasb etadi. Agar ana Shuomillar etarli bo‘lsa, inqilobiy yo‘l xam o‘zining samarasini berishi mumkin. Bu yo‘ldan YEvropaning sobiq sotsializm tuzumida yashagan Polsha, Vengriya, GDR, Bolgariya, Rossiya kabi mamlakatlar bormoqdalar. Bu yo‘l qanchalik murakkab, mamlakat hayotida juda katta bo‘xronlarga olib kelishini hisobga oladigan bo‘lsak, uni har mamlakat o‘z xususiyatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holdagina amalga oshirish mumkin. Ammo, shuni xam hisobga olish zarurki, Yuqoridagi omillarning mavjudligining o‘zi xam mamlakatlarning demokratik jamiyatga inqilobiy yo‘l bilan o‘tishiga «majbur» etadi. Chunki ana Shuomillar jarayoni tezlashtiruvchi asosiy qudrat hisoblanadi. - Demokratik jamiyatga o‘tishning uchinchisi - evolYusion yoki bosqichma-bosqich yo‘l hisoblanadi. Harakterli xususiyati - amaldagi siyosiy hokimiyat tugatilib uning o`rniga yangi hokimiyat vujudga kelishi bilan keskin, bir «zarb» bilan tugatilmasdan bosqichma-bosqich, vazminlik bilan tugatilib boriladi. 18
Siyosiy va iqtisodiy hayotda o‘tkazilayotgan islohotlar bilan xamoxang ravishda mahnaviy- mahrifiy sohalarni xam yangi ehtiyojlar asosida rivojlantirib boriladi.
Respublikada sifat jihatidan yangi mavqega o’tishning puxta o’ylangan dasturi ishlab chiqildi. Tanlab olingan taraqqiyot yo’li Konstitusiyaga asoslangan bo’lib, bu o’zgarmas yo’ldir, chunki tanlangan yo’lning to’g’riligini hayotninig o’zi tasdiqlamoqda. Bu O’zbekistonni milliy-davlatchilik, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy jihatdan kamolotga muqarrar olib boradigan yo’ldir. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishining o`ziga xos yo‘li Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan olg‘a surilgan quyidagi besh tamoyilda ifodalab berildi: Beshta asosiy qoida O’zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o’zagidir. Ularning mohiyati quyidagicha:
belgilab berishi, o’zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o’tkazishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va koservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart;
vazifa bo’lib keldi va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi; beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish obektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, o’tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya’ni evolyusion yo’l bilan, puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. Bu qoidalar o’z istiqlol, rivojlanish va taraqqiyot yo’limizga aos qilib olingan bo’lib, o’tish davri dasturining negizini tashkil etadi. Hozir bu qoidalarning amalga oshirilishi respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini joriy etish yo’lidan izchil harakat qilishni ta’minlaydi. Xalqimizda "yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang - boshpanasiz qolasiz", degan naql bor. Unda respublika aholisining ruhiyati to’la aks etgan. Shuni hisobga olib, O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish andozasiga bosqichma-bosqich, evolyusion yo’l bilan o’tish asos qilib olingan. Bozor iqtisodiyoti tomon sakrashlarsiz, inqilobiy o’zgartirishlar yo’li bilan emas, balki izchillik bilan bosqichma-bosqich borish kerak. O’zbekistonning bozorga o’tish yo’lining o’ziga xos xususiyati ham shunda. Bir bosqichni tugallab, zarur shart-sharoitni yaratib, shundan keyingina yangi bosqichga o’tiladi. Bozor munosabatlari - o’zini o’zi boshqaradigan tizimdir. U qaytma aloqaga asoslangan hamda boshboshdoqlikka va haddan oshishlarga, bozor g’oyasining o’zini obro’sizlantirishga yo’l qo’ymaydigan muayyan qoidalarga bo’ysunadi. Bozor qoidalari ming yillar mobaynida yaratilgandir. Ular taraqqiy etgan barcha mamlakatlarning fuqarolik qonunchiligiga va sud amaliyotiga asos bo’lgan. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri bosqichlari va olamshumul natijalar. O‘zbekiston mustaqillik yillarida demokratik jamiyatga o‘tishning quyidagi bosqichlarini bosib o‘tdi. Ularning har biri Birinchi Prezident Islom Karimov ma’ruzalarida ko‘rsatib berildi. Birinchi bosqich. 1996 yil 29 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi chaqiriq oltinchi sessiyasida. “Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari” deb nomlangan ma’ruzasida demokratik jamiyat qurish borasidagi vazifalarni “chuqurlashtirish” vazifalari; Ikkinchi bosqich. 1999 yil 14 aprel. Oliy Majlisning birinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasida.
19
“O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” deb nomlangan ma’ruzasida davlat va jamiyat qurilishi sohasini “erkinlashtirish” borasidagi vazifalar; Uchinchi bosqich. 2002 yil 29 avgust. Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasida “O‘zbekistonda demokratik o‘zga-rishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari” deb nomlangan ma’ruzasida demokratik o‘zgarishlar orqali fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish; To‘rtinchi bosqich. 2005 yil 28 yanvar. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” deb nomlangan ma’ruzasida mamlakatni modernizatsiyalash orqali jamiyatni demokratlashtirish; Beshinchi bosqich. 2010 yil 12 noyabr .Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” deb nomlangan ma’ruzasida demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish vazifalarini belgilab berilgan edi. Oltinchi bosqich. 2017-yil 7-fevral. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demakratik islohotlarni yanada tezlashtirdi. Albatta, bu bosqichlardagi belgilangan vazifalar biri ikkinchisidan keskin farq qilmasa-da, ularning negizidagi asosiy g‘oya demokratiyaga asoslangan fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgan. Avvalo, ana Shujarayonlar izchillik bilan tahlil etilishi undagi muammolar aniqlanishi va istiqboldagi vazifalar belgilab olinishi lozim. Zero, Yuqorida ta’kidlaganimizdek, demokratiyaga asoslangan fuqarolik jamiyati barpo etish uzluksiz davom etadigan jarayondir.
YANGI BOSQICHINING ASOSI Reja
“strategiya” “konsepsiya” va “innovatsion rivojlanish” tushunchalarining mazmuni hamda turli xil yondashuvlar. 2. Mustaqil O‘zbekiston milliy taraq-qiyot modelining ishlab chiqilishi. 3. Harakatlar strategiyasi- O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichi
“Rivojlanish” “strategiya” “konsepsiya” va “innovatsion rivojlanish” tushunchalarining mazmuni hamda turli xil yondashuvlar. Rivоjlаnish – оlаmdаgi оb’еktlаrdаgi yangi shаkllаrni vujudgа kеlishini, ilgаrilаnmа hаrаkаtni, оddiydаn murаkkаblikkа o’tishni ifоdаlоvchi fаlsаfiy kаtеgоriya. Rivоjlаnish tushunchаsi tаbiаtshunоslik fаnlаrining, хususаn, biоlоgiya, gеоlоgiyaning, kеyinrоq, kоsmоlоgiyaning vujudgа kеlishi munоsаbаti bilаn shаkllаndi vа fаlsаfiy tаfаkkurgа kirib kеldi. Rivojlanish eng avvalo o’zgarish bilan bog’liq, biroq har qanday o’zgarishni ham Rivojlanish deb bo’lmaydi, faqat eskidan keyin yangi
20
sifatning yuzaga kelishi bilan bog’liq o’zgarishgina rivojlanish bo’lishi mumkin. Rivojlanish olamning umumiy tavsifi emas, balki olamdagi moddiy va ma’naviy sistemalarning xususiyatidir. Chunki rivojlani.ning muhim tomoni shundaki, u zamon b-n bog’liq. Zero, har qanday rivojlanish ma’lum vaqt davomida sodir bo’ladi. Rivojlanish bir xillikdan ko’p xillikka, oddiydan murakkabga qarab boruvchi jarayondir. rivojlanishning uch asosiy xususiyati mavjud: 1) rivojlanish orqaga qaytmaydi; 2) rivojlanish faqat kelajakka yo’nalgandir; 3) rivojlanish zaruriylik bilan bog’liq. Ushbu uch xususiyat mavjud bo’lganidagina o’zgarish rivojlanish darajasiga ko’tariladi. Rivоjlаnish jаrаyonidа sistеmаdаgi o’zgаrishlаrning bundаy хususiyatlаrdаn kеlib chiqib rivоjlаnishgа quyidаgichа tа’rif bеrish mumkin: Rivоjlаnish sistеmаning shundаy yaхlit, kоmplеks, yo’nаlishgа egа bo’lgаn, оrqаgа qаytmаydigаn fаzо-vаqt strukturаsi o’zgаrishiki, uning nаtijаsidа sistеmа bir miqdоriy vа sifаtiy hоlаtdаn bоshqа miqdоriy vа sifаtiy hоlаtgа o’tаdi.
bo’lib, bu bir-birigа bоg’liq sоhаlаr tizimini ichki o’zаrо аlоqаsini vа tаshkilоtning аtrоf-muhit bilаn uyg’unligini tа’minlоvchi mаqsаdlаrdir.
Umumхаlq muhоkаmаsidаn so’ng bеsh yilgа mo’ljаllаngаn O’zbеkistоnni rivоjlаntirish strаtеgiyasi qаbul qilindi. Bu strаtеgiyani ishlаb chiqishdа biz o’zimizgа chеtdаn nаzаr tаshlаb, sаlоhiyat vа imkоniyatimizni хоlis bаhоlаsh bilаn birgа, хаtо vа kаmchiliklаrimizni hаm аtrоflichа tаnqidiy tаhlil qildik. - Strategiya yunon tilidan olingan bo’lib qo’mondonlik sa’nati deb tarjima qilinadi. U dastlab harbiy tushuncha sifatida ishlatilgan, keyinchalik boshqa sohalarni ham boshqarishda uzoq muddatga mo’ljallangan
ko’zlab rejalar tuzuvchi va uni mohirona amalga oshiruvchi siyosatchilar strateg deb ataladi. Strаtеgiya – bu yangilаnish jаrаyonlаrining hаqiqiy hаrаkаtlаr dаsturidir. Bu hujjаt hоzirgi vаqtdа hаyotgа izchil jоriy etilmоqdа. Strаtеgiya (yunоn. Strategia tilidа tаrjimаsi «gеnеrаllik sаn’аti» vа «hаrbiylаrni jаnggа оlib kirish sаn’аti yoki shu to’g’risidа fаn». Vujudgа kеlgаn strаtеgiyalаrni turlаri vа ulаrgа yondаshuvlаr quyidаgilаrdir. А. Chаndlеr, 1962 g. Strаtеgiya tаshkilоtni uzоq muddаtgа mo’ljаlаngаn mаqsаdlаri, hаrkаt rеjаlаri vа muhim rusurslаrni jоylаshtirishdir. Gаrvаrdskаya biznеs mаktаbi, 1965 g. Strаtеgiya tаshkilоtning mаvjud rаqоbаtbаrdоshlilik mаqsаdlаri sifаtidа. M. Pоrtеr, 1980-1985 gg. Strаtеgiya tаshqi tаhdiddаn himоyalаnish vа imkоniyatlаrni qo’lgа kirish, ichki bаrqаrоrlik vа bеqаrоrlilikning mo’ljаli sifаtidа I.Аnsоff, 1965g.;
D.Stеynеr, 1977
g. P.Lоrаnj, 1977 g. Strаtеgiya kоrpоrаtiv, ishbilаrаmоnlik vа funksiоnаl mаqsаdlаr uchun o’rnаtilgаn usullаr yig’indisi. А.Tоmpsоn, 1995 g. Strаtеgiya hаrkаtni turlаri, mаqsаdlаrgа itilishlаr, yondаshuvlаr vа hаrkаt ko’rsаtgichlаri Strаtеgiyani аmаl qilish sоhаlаrigа, аmаl qilishigа ko’rа bir qаtоr turlаrini ko’rsаtish mumkin. Tаshkilоtning uzоq muddаtli hаrаkаtini mоdеli, qo’yilgаn mаqsаdlаrgа еtishish usuli
Bоshqаrish sаn’аti vа ish jаrаyonini umumiy rеjаsi Prоvаrd mаqsаdning mоhiyati
Jаmiyat sоhаlаrini bir butunligi tа’minlаydigаn usul Uzоq muddаtli rеjаlаr yig’indisi Аsоsаn rаqоbаtdоshlikni оshirishning kоnsеpsiyasi Hаyot sur’аtlаrini o’sishi Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi bo’yichа tаniqli tаdqiqоtchi G.Minsbеrg strаtеgiyani bеshtа tushunchаdа izоhlаydi RЕJА. Kеlаjаkdаgi bunyodkоrlik rеjаlаri, оldindаn аniqlаngаn hаrаkаtlаr EPCHIL HАRKАT. Аyyyorlik, hiylаkоrlik, rаqоbаtchilik kurаshidа shеrigini yonlg’оn bilаn 21
chuv tushirish PАTTЕRN (хulq tаmоyili, hаrkаtni bаrqаrоr tuzilishi) оldindаn ko’rа оlish qоbiliyati, qiyinchilkkа chidаmli irоdа, хulqiy izchillik PОZISIYA. Tаshkilоtni tаshqi muhit bilаn o’zаrо аlоqаsi. Kuchni ifоdаlаnishi yoki tаshkilо vа tаshqi muhit o’rtаsidа vоsitаchi ISTIQBОL, KЕLАJАK. Strаtеgiya bu аbstrаksiya, qiziqishlаr bildirgаn tоmоnlаrning аqliy birligi.
Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling