O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-iyun,
PQ-4366-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4151-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartishlar
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan 146 nafar, jumladan markaziy apparati — 86 nafar va hududiy bo‘linmalarda — 60 nafar miqdorida belgilansin”;
2. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 6 ta, shu jumladan 4 ta shaxsiy biriktirilgan va 2 ta navbatchi xizmat yengil avtomobillari sotib olish va saqlash uchun limit belgilansin”;
3. 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining
TUZILMASI
Ommaviy axborot vositalari deganda gazetalar, jurnallar, teleko‘rsatuv va radioeshittirish programmalari, hujjatli kino, ommaviy axborot tarqatishning boshqa davriy nashrlari tushuniladi.
Matbuot, televideniye va radio, boshqa ommaviy axborot vositalarining tahririyatlari muayyan ommaviy axborot vositasining vakili hisoblanadilar. Tahririyat o‘z Ustavi asosida ish olib boradigan yuridik shaxsdir. Tahririyat iqtisodiy mustaqillik asosida xo‘jalik faoliyatini yuritishi mumkin.
2-modda. So‘z erkinligi va ommaviy axborot vositasi
O‘zbekiston Respublikasida barcha ommaviy axborot vositalari erkindir.
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida har bir fuqaroning so‘z erkinligiga, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‘z fikri va e’tiqodini oshkora bayon etish huquqiga kafolat beradi.
Ommaviy axborot vositalari axborotni izlash, tanlash, qabul qilish va ommalashtirishda qonunga muvofiq ish olib boradilar.
Ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |