O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarining faoliyati (o’zgarish va muammolar) haqida referat tayyorlash


-modda. Ommaviy axborot vositalarining tili


Download 35.49 Kb.
bet4/13
Sana01.04.2023
Hajmi35.49 Kb.
#1315817
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3-modda. Ommaviy axborot vositalarining tili
Ommaviy axborot vositalari o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida olib boradilar. Jumhuriyat fuqarolarining o‘z ona tillarida axborot olish va axborot berish huquqlariga kafolat beriladi.
4-modda. So‘z erkinligini suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmasligi
Ommaviy axborot vositalaridan davlat sirini yoki qonun bilan maxsus saqlanadigan o‘zga sirni ochish, mavjud davlat tuzumi va ijtimoiy tuzumni zo‘rlik bilan ag‘darib tashlashga yoki o‘zgartirishga da’vat qilish, urushni, zo‘ravonlik, shafqatsizlikni, irqiy, milliy, diniy ustunlikni targ‘ib etish, sharmsiz suratlar tarqatish uchun, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa xatti-harakatlarni qilish maqsadida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqarolarning shaxsiy hayotiga o‘zlarining ruxsatisiz aralashish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanish taqiqlanadi hamda qonunga muvofiq jazolanadi.
Prokuror yoki tergovchining yozma ruxsatisiz dastlabki tergov materiallarini e’lon etish, nomini ko‘rsatmaslik sharti bilan ma’lumot bergan shaxsni aytish (sud oshkor etishni talab qiladigan hollar bundan mustasnodir), balog‘atga yetmagan qonunbuzarning shaxsini uning roziligisiz yoki uning qonuniy vakili roziligisiz oshkor qilish, muayyan ish bo‘yicha sud qarori chiqmasdan turib shu ishni sudda ko‘rib chiqish natijalarini oldindan aytish yoki o‘zgacha yo‘l bilan sudga uning qarori yo hukmi qonuniy kuchga kirmay turib ta’sir ko‘rsatish man etiladi.
II bob. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI TAShKIL ETISh
5-modda. Ommaviy axborot vositasini ta’sis etish huquqi
Xalq deputatlari Sovetlari va boshqa davlat idoralari, ro‘yxatga olingan siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, ommaviy harakatlar, ijodiy uyushmalar fuqarolarning qonunga muvofiq tuzilgan kooperativ, diniy, o‘zga birlashmalari, mehnat jamoalari ommaviy axborot vositalari ta’sis etish huquqiga egadirlar.
Ommaviy axborot vositalarining biror turiga yakka hokimlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 35.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling