O‘zbekiston respublikasi oriental universiteti himoyaga tavsiya etilsin fakultet dekani X. M. Yusupova


 Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekiston Respublikasi bilan iqtisodiy


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana22.11.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1794151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi namuna pdf

 
2.3. Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekiston Respublikasi bilan iqtisodiy 
aloqalari 
Tarixiy imkoniyatlar haqida so‘z borar ekan, eramizdan ikki asr muqaddam 
hududimizga xitoylik diplomat Chjan Szyan kelganligi va Buyuk Ipak yo‘liga asos 
solganligini esga olish lozim. Endilikda xitoyliklarning “Bir makon, bir yo‘l” deb 
nomlangan global tashabbusi orqali qit’alarni birlashtiruvchi magistral qayta 
tiklanmoqda
.
1992-yil martda O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning Xitoyga 
rasmiy safari bo‘ldi. Bu safar davomida 16 ta hujjat imzolandi.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Li Shankun Xalq majlislari uyida O‘zbekiston 
delegatsiyasini qabul qilish marosimida: «Xitoy bilan O‘zbekiston rahbarlari ikki 
24
https://zarnews.uz/uz/post/jahonning-ikkinchi-iqtisodiyotiga-aylanish-yolida-xitoyda-amalgaoshirilgan-islohotlar; 


23 
tomonlama munosabatlarning ko‘pgina masalalarini hal etishlari mumkin. Chunki 
bundan avval ham ikkala mamlakat o‘rtasida yaxshi munosabatlar o‘rnatilgan edi», 
- deb ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikka katta baho berdi. Tashrif davomida 
siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda qator bitimlar, jumladan, 
axborot ayirboshlash, radio-televideniye, banklar, transport, aloqa, sarmoyalarni 
rag‘batlantirish, hamjihatlik, tovarlar yetkazib berish va davlat krediti, sog‘liqni 
saqlash, ta’lim hamda sport masalalari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar va bitimlar 
ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. 
1992-1993-yillarda Xitoy tomoni ajratgan kredit hisobidan respublikamizga 
minglab tonna guruch, 15000 tonna choy keltirdi. O‘zbekiston Xitoyga «Il-76» 
samolyotlarini yetkazib bermoqda. 1994-yilda O‘zbekiston hududida 78 ta o‘zbek 
– xitoy qo‘shma korxonasi faoliyat ko‘rsatdi. Jumladan, Urganch Ipak ishlab 
chiqarish birlashmasida «Suju» firmasi bilan hamkorlikda velyur, pambarxit kabi 
materiallar ishlab chiqaradigan korxona qurildi. Toshkentdagi 59-maktab xitoy 
tilini o‘rganishga ixtisoslashgan litseyga aylantirildi. 1994-yil aprelda Xitoy Xalq 
Respublikasi Davlat Kengashi rahbari Li Pen O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan 
keldi va qator bitimlar imzolandi. Jizzaxda Xitoyning «Nunkel» firmasi bilan 
hamkorlikda yog‘och tolali plita ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
XX asr 90-yillarning oxirlari – XXI asr boshlarida O‘zbekiston Prezidenti 
Xitoyga bir necha bor rasmiy vizit bilan bordi, bu tashriflar ikki mamlakat 
o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlik aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi. 
2005-yil bahorida Xitoy Xalq respublikasi hukumati raisi Xu Szintao boshliq Xitoy 
delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi. Xavfsizlik masalasi va xalqaro terrorizmga 
qarshi kurashda hamkorlik bo‘yicha fikr almashildi. O‘zbekiston Prezidentining 
2005-yil mayidagi Xitoyga rasmiy tashrifi natijasida qator bitimlar imzolanib, 
Xitoy O‘zbekistonga 1,5 mlrd dollar miqdorida kredit ajratadigan bo‘ldi. Ushbu 
mablag‘ xalq xo‘jaligini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Demak, 
Xitoy bilan O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy, madaniy va ilmiytexnikaviy aloqalar 
tez rivojlanib bormoqda. Shunday qilib, Xitoy Xalq Respublikasi XX asrning 
ikkinchi yarmida murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Totalitar sotsializm yo‘li maqbul 


24 
emasligini, uning xalq ehtiyojlarini qondirolmasligini isbot qildi. Xitoy sotsialistik 
rahbarlikka o‘zgartishlar kiritib, uni bozor iqtisodiga moslashtirgan va katta 
yutuqlarni qo‘lga kiritgan yagona davlatdir. Bunga u kommunistik mafkura yakka 
hokimligini tugatib, iqtisodni siyosatdan ustun qo‘yganligi tufayli erishdi. 
Mamlakatga chet el investitsiyasi kiritilishiga yo‘l ochilib, xususiylashtirish keng 
yo‘lga qo‘yildi, shu sababli xususiy xo‘jaliklar roli o‘sdi. Agar 1980-yilda davlat 
sektorida sanoat mahsulotlarining 80 foizi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 
90-yillarda 50 foizni tashkil etdi. 1990-yillardan «Sotsialistik bozor xo‘jaligi»ga 
o‘tish va XXI asrda Xitoyni rivojlangan davlatga aylantirish boshlandi.
25
“Bir makon, bir yo‘l”ni qurish bo‘yicha amaliy hamkorlik yo‘nalishida 
muhim natijalar qo‘lga kiritildi. Xitoy – Markaziy Osiyo gaz tarmog‘i, Angren-Pop 
temir yo‘l tunneli, “Peng-Sheng” sanoat parki, Angren IES kabi yirik loyihalar 
ro‘yobga chiqarildi hamda bu har ikki mamlakat xalqi va iqtisodiyotiga sezilarli 
foyda keltirdi. Ayni vaqtda Angren shina zavodi, Navoiy viloyatida polivinilxlorid 
ishlab chiqaruvchi majmua, Sharg‘un ko‘mir koni hamda boshqa inshootlar 
qurilayapti. 
2017-yil 
oxirida 
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston 
yo‘nalishida 
avtomobil yo‘li ochilishi tufayli yuk tashish uchun ketadigan vaqt ancha qisqardi. 
O‘zbekiston – qadimiy Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim bo‘g‘inlardan biri. U “Bir 
makon, bir yo‘l” tashabbusini birinchilardan bo‘lib qo‘llab-quvvatladi va ishtirok 
etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil may oyida Xitoyga tarixiy 
tashrifi doirasida Xitoy Xaql Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashuvi bo‘lib 
o‘tdi. Davlat tashrifi yakuniga ko‘ra, mislsiz katta miqdor – 23 milliard dollarlik 
kelishuvlarga erishilgan edi. Xitoy va O‘zbekiston tomonlari o‘sha tashrifda 
imzolangan kelishuvlarni hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor beryapti. O‘zbek 
tomoni ularni bajarish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqdi hamda unga asosan, 
uzviy muloqot o‘rnatildi, tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazildi. Xitoy xalq 
Respublikasi o‘zbek mutaxassislarining Xitoyga ishchi safarlarini uyushtirdi va 
ular maxsus iqtisodiy zonalar tashkil qilish tajribasi bilan tanishdilar. Jumladan, 
o‘rta hamda kichik GESlar qurilishida siljishlar yuz bermoqda. Ikki davlat 
25
M.Lafasov. “Jahon tarixi (1918-2008)” darslik, “Turon Iqbol” .: Toshkent – 2010-yil, 245-bet; 


25 
rahbarlarining o‘zaro tashriflari va uchrashuvlari an’anaga aylandi. Jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov 1992, 1994, 1999, 
2005, 2011, 2012-yillarda, Prezident Sh.Mirziyoyev 2017-yilda Xitoyga tashrif 
buyurdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentlari Shanxay hamkorlik tashkiloti 
yig‘ilishlari va boshqa yirik xalqaro tadbirlarda ishtirok etishdi. Xitoy Xalq 
respublikasi raislaridan Szyan Szemin (1996-yil), Xu Szintau (2004, 2010-yillar), 
Si Szinpin (2013-yil, 2016-yil (ShHT Toshkent sammiti chog‘ida) O‘zbekistonga 
rasmiy tashrif buyurdi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 2016-yil 20-
iyunda O‘zbekiston bilan bo‘lgan munosabatlarga to‘xtalib “Xitoy bilan 
O‘zbekiston manfaatlari va taqdiri mushtarak, quvonch va tashvishni birgalikda 
baham ko‘radigan teng huquqli hamda o‘zaro manfaatdor sheriklardir”, deb 
ta’kidladi. 
O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (2001-yil 
iyunda tashkil etilgan) doirasida ham muvaffaqiyat bilan samarali rivojlanib 
bormoqda. O‘zbekiston ShHTni tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga, 
birinchi navbatda, xalqaro terror, diniy ekstremizm, bosqinchi ayirmachilik va 
narkobiznes kabi mintaqaviy va dunyoviy xavfsizlikka tahdid soladigan xavf-
xatarga qarshi turishda ochiq, o‘zaro foydali sheriklik va ko‘p tomonlama 
hamkorlikka qaratilgan mexanizm deb biladi. ShHT barpo etilgandan buyon o‘tgan 
15 yil davomida haqli ravishda nufuzli xalqaro tashkilotlar qatoridan munosib joy 
oldi. Barqaror taraqqiyot, tinchlikni mustahkamlash, zamonaviy tahdid va 
xatarlarga qarshi kurashish, mintaqaviy va global darajada xavfsizlik va 
barqarorlikni ta’minlashning ta’sirchan omiliga aylandi. Ikki mamlakatning 
hududiy delegatsiyalar almashuvi faollashdi. 2018-yil aprel-may oylarida yuqori 
darajadagi delegatsiyalar tashrifi davomi sifatida O‘zbekistonning 7 ta viloyatidan 
vakillar Xitoyga bordi. Bugungi Xitoy – iqtisodiyoti gurkirab rivojlanayotgan 
davlatdir. Bugungi Xitoy yakkapartiyaviylik va totalitar tartib saqlangan holda 
bozor munosabatlari bosqichma-bosqich qaror toptirilayotgan davlatdir. Bugungi 
Xitoy – BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lgan, qudratli, yadro 


26 
quroliga ega davlatlardan biridir. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yil yakuni bo‘yicha 
mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo aylanmasi 5,0 milliard AQSh dollariga yetdi. 
Biz ikki tomonlama amaliy hamkorlikning ulkan salohiyati hamda keng 
imkoniyatiga ishonamiz.
26
26
https://el-in.ru/uz/raschety/ekonomika-kitaya-xxi-veka-prezentaciya-na-temu-kitai-konce-x--nachale-xxi-vv.html; 


27 
Xulosa 
Ushbu kurs ishimni yozib Xitoy Xalq Respublikasiningitisodiy taraqqiyoti, 
hozirgi jahonning eng iqtisodi kuchli davlatlardab biriga qanday qilib erishganini 
bilib oldim. Xususan uning tarixiy iqtisodiga qisqacha nazar tashlidigan bo`lsak, 
Denning ochiqlik siyosati, albatta, Xitoyning iqtisodiy o‘sishida katta rol o‘ynagan 
bo‘lishi mumkin, ammo keyingi rahbarlar davrida ham mamlakatdagi iqtisodiy 
o‘sish davomiyligini qanday tushunish kerak? Xitoyning bugungi kunga qadar 
davom etayotgan iqtisodiy taraqqiyoti zamirida kuchda qolish uchun o‘zini 
davomiy yangilab turuvchi yangi siyosiy-iqtisodiy tuzum yotibdi, desak mubolag‘a 
bo‘lmaydi. Bu tuzumning mantig‘i ikki muhim tamoyilga 
asoslangan
: siyosiy kuch 
hamda qaror qabul qilishda demokratik element va kollektiv boshqaruv 
aralashmasiga asoslangan partiya avtoritarizmi, davlat aralashuvi va erkin bozor 
prinsiplari aralashmasidan tashkil topgan bozor avtoritarizmi. Bugungacha davom 
etayotgan bu tuzumning negizida Denning byurokrativ boshqaruvni hisobdorlik, 
raqobat va kuchga to‘siqlar o‘rnatish kabi demokratik omillar bilan boyitgani 
yotadi. Mazkur o‘zgarishlarning eng ahamiyatlisi, byurokratik boshqaruvda yakka 
hukmronlikdan voz kechilib, kollektiv boshqaruvga o‘tilishi va yuqori partiya elita 
qatlami uchun muddat cheklovlari hamda majburiy pensiya yoshi joriy 
etilishi 
bo‘ldi
. Boshqaruvdagi bu o‘zgarishlar boshqa davlatlardagidek siyosiy 
ko‘rinish kasb etmasa-da, ular vaqt o‘tib, noyob gibrid siyosiy institutni hosil qildi: 
demokratik xususiyatlarga ega partiya avtokratiyasi. Davlat boshqaruvi tizimidagi 
eski qoida, yaʼni ideologiya asosidagi tayinlovlarning moddiy rag‘batlantirish 
tomon o‘tishi zanglab yotgan kommunistik byurokratiyani o‘ta moslashuvchan 
kapitalistik mashina va rivojlanish agentiga 
aylantirdi

Xitoyda shakllangan tuzumning ikkinchi tamoyili siyosiy kuchga 
bo‘ysundirilgan yangi iqtisodiy mantiq bozor avtoritarizmiga asoslanadi. Bozor 
avtoritarizmining asosiy xususiyatlaridan biri – bu bir tomondan kapitalistik 
iqtisodiyot hamda bozor erkinliklarining mavjudligi bo‘lsa, boshqa tomondan 
demokratik erkinlik va huquqlarning 
chegaralanishidir
. Siyosiy kuchda qolish 
uchun iqtisodiy rivojlanishni asosiy maqsad qilgan bu model strategik sohalarda 


28 
yuqori davlat aralashuvini, davlat korxonalarini, vaqti-vaqti bilan bozor kuchlarini 
tiyib turish va baʼzida tadrijiy islohotlar qilib, siyosiy ahamiyatga ega bo‘lmagan 
sohalarda 
bozor 
erkinliklarini 
chegaramaslik, 
xususiy 
mulkchilik 
va 
kompaniyalarni qo‘llab- quvvatlashni o‘z ichiga oladi.
Albatta, bir qarashda bunday kapitalist iqtisodda xususiy mulkka nisbatan 
tajovuz, korxonalarni milliylashtirish va davlat mansabidan shaxsiy manfaat 
yo‘lida foydalanish kabi salbiy illatlar urchishi 
tabiiy
. Ammo, byurokratiyaning 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling