O‘zbekiston respublikasi oriental universiteti himoyaga tavsiya etilsin fakultet dekani X. M. Yusupova
Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekiston Respublikasi bilan iqtisodiy
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi namuna pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Bir makon, bir yo‘l” deb nomlangan global tashabbusi
2.3. Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekiston Respublikasi bilan iqtisodiy aloqalari Tarixiy imkoniyatlar haqida so‘z borar ekan, eramizdan ikki asr muqaddam hududimizga xitoylik diplomat Chjan Szyan kelganligi va Buyuk Ipak yo‘liga asos solganligini esga olish lozim. Endilikda xitoyliklarning “Bir makon, bir yo‘l” deb nomlangan global tashabbusi orqali qit’alarni birlashtiruvchi magistral qayta tiklanmoqda . 1992-yil martda O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning Xitoyga rasmiy safari bo‘ldi. Bu safar davomida 16 ta hujjat imzolandi. Xitoy Xalq Respublikasi raisi Li Shankun Xalq majlislari uyida O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qilish marosimida: «Xitoy bilan O‘zbekiston rahbarlari ikki 24 https://zarnews.uz/uz/post/jahonning-ikkinchi-iqtisodiyotiga-aylanish-yolida-xitoyda-amalgaoshirilgan-islohotlar; 23 tomonlama munosabatlarning ko‘pgina masalalarini hal etishlari mumkin. Chunki bundan avval ham ikkala mamlakat o‘rtasida yaxshi munosabatlar o‘rnatilgan edi», - deb ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikka katta baho berdi. Tashrif davomida siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda qator bitimlar, jumladan, axborot ayirboshlash, radio-televideniye, banklar, transport, aloqa, sarmoyalarni rag‘batlantirish, hamjihatlik, tovarlar yetkazib berish va davlat krediti, sog‘liqni saqlash, ta’lim hamda sport masalalari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar va bitimlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. 1992-1993-yillarda Xitoy tomoni ajratgan kredit hisobidan respublikamizga minglab tonna guruch, 15000 tonna choy keltirdi. O‘zbekiston Xitoyga «Il-76» samolyotlarini yetkazib bermoqda. 1994-yilda O‘zbekiston hududida 78 ta o‘zbek – xitoy qo‘shma korxonasi faoliyat ko‘rsatdi. Jumladan, Urganch Ipak ishlab chiqarish birlashmasida «Suju» firmasi bilan hamkorlikda velyur, pambarxit kabi materiallar ishlab chiqaradigan korxona qurildi. Toshkentdagi 59-maktab xitoy tilini o‘rganishga ixtisoslashgan litseyga aylantirildi. 1994-yil aprelda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi rahbari Li Pen O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi va qator bitimlar imzolandi. Jizzaxda Xitoyning «Nunkel» firmasi bilan hamkorlikda yog‘och tolali plita ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. XX asr 90-yillarning oxirlari – XXI asr boshlarida O‘zbekiston Prezidenti Xitoyga bir necha bor rasmiy vizit bilan bordi, bu tashriflar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlik aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi. 2005-yil bahorida Xitoy Xalq respublikasi hukumati raisi Xu Szintao boshliq Xitoy delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi. Xavfsizlik masalasi va xalqaro terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik bo‘yicha fikr almashildi. O‘zbekiston Prezidentining 2005-yil mayidagi Xitoyga rasmiy tashrifi natijasida qator bitimlar imzolanib, Xitoy O‘zbekistonga 1,5 mlrd dollar miqdorida kredit ajratadigan bo‘ldi. Ushbu mablag‘ xalq xo‘jaligini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Demak, Xitoy bilan O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy, madaniy va ilmiytexnikaviy aloqalar tez rivojlanib bormoqda. Shunday qilib, Xitoy Xalq Respublikasi XX asrning ikkinchi yarmida murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Totalitar sotsializm yo‘li maqbul 24 emasligini, uning xalq ehtiyojlarini qondirolmasligini isbot qildi. Xitoy sotsialistik rahbarlikka o‘zgartishlar kiritib, uni bozor iqtisodiga moslashtirgan va katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan yagona davlatdir. Bunga u kommunistik mafkura yakka hokimligini tugatib, iqtisodni siyosatdan ustun qo‘yganligi tufayli erishdi. Mamlakatga chet el investitsiyasi kiritilishiga yo‘l ochilib, xususiylashtirish keng yo‘lga qo‘yildi, shu sababli xususiy xo‘jaliklar roli o‘sdi. Agar 1980-yilda davlat sektorida sanoat mahsulotlarining 80 foizi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 90-yillarda 50 foizni tashkil etdi. 1990-yillardan «Sotsialistik bozor xo‘jaligi»ga o‘tish va XXI asrda Xitoyni rivojlangan davlatga aylantirish boshlandi. 25 “Bir makon, bir yo‘l”ni qurish bo‘yicha amaliy hamkorlik yo‘nalishida muhim natijalar qo‘lga kiritildi. Xitoy – Markaziy Osiyo gaz tarmog‘i, Angren-Pop temir yo‘l tunneli, “Peng-Sheng” sanoat parki, Angren IES kabi yirik loyihalar ro‘yobga chiqarildi hamda bu har ikki mamlakat xalqi va iqtisodiyotiga sezilarli foyda keltirdi. Ayni vaqtda Angren shina zavodi, Navoiy viloyatida polivinilxlorid ishlab chiqaruvchi majmua, Sharg‘un ko‘mir koni hamda boshqa inshootlar qurilayapti. 2017-yil oxirida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston yo‘nalishida avtomobil yo‘li ochilishi tufayli yuk tashish uchun ketadigan vaqt ancha qisqardi. O‘zbekiston – qadimiy Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim bo‘g‘inlardan biri. U “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini birinchilardan bo‘lib qo‘llab-quvvatladi va ishtirok etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil may oyida Xitoyga tarixiy tashrifi doirasida Xitoy Xaql Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Davlat tashrifi yakuniga ko‘ra, mislsiz katta miqdor – 23 milliard dollarlik kelishuvlarga erishilgan edi. Xitoy va O‘zbekiston tomonlari o‘sha tashrifda imzolangan kelishuvlarni hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor beryapti. O‘zbek tomoni ularni bajarish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqdi hamda unga asosan, uzviy muloqot o‘rnatildi, tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazildi. Xitoy xalq Respublikasi o‘zbek mutaxassislarining Xitoyga ishchi safarlarini uyushtirdi va ular maxsus iqtisodiy zonalar tashkil qilish tajribasi bilan tanishdilar. Jumladan, o‘rta hamda kichik GESlar qurilishida siljishlar yuz bermoqda. Ikki davlat 25 M.Lafasov. “Jahon tarixi (1918-2008)” darslik, “Turon Iqbol” .: Toshkent – 2010-yil, 245-bet; 25 rahbarlarining o‘zaro tashriflari va uchrashuvlari an’anaga aylandi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov 1992, 1994, 1999, 2005, 2011, 2012-yillarda, Prezident Sh.Mirziyoyev 2017-yilda Xitoyga tashrif buyurdi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentlari Shanxay hamkorlik tashkiloti yig‘ilishlari va boshqa yirik xalqaro tadbirlarda ishtirok etishdi. Xitoy Xalq respublikasi raislaridan Szyan Szemin (1996-yil), Xu Szintau (2004, 2010-yillar), Si Szinpin (2013-yil, 2016-yil (ShHT Toshkent sammiti chog‘ida) O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 2016-yil 20- iyunda O‘zbekiston bilan bo‘lgan munosabatlarga to‘xtalib “Xitoy bilan O‘zbekiston manfaatlari va taqdiri mushtarak, quvonch va tashvishni birgalikda baham ko‘radigan teng huquqli hamda o‘zaro manfaatdor sheriklardir”, deb ta’kidladi. O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (2001-yil iyunda tashkil etilgan) doirasida ham muvaffaqiyat bilan samarali rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston ShHTni tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga, birinchi navbatda, xalqaro terror, diniy ekstremizm, bosqinchi ayirmachilik va narkobiznes kabi mintaqaviy va dunyoviy xavfsizlikka tahdid soladigan xavf- xatarga qarshi turishda ochiq, o‘zaro foydali sheriklik va ko‘p tomonlama hamkorlikka qaratilgan mexanizm deb biladi. ShHT barpo etilgandan buyon o‘tgan 15 yil davomida haqli ravishda nufuzli xalqaro tashkilotlar qatoridan munosib joy oldi. Barqaror taraqqiyot, tinchlikni mustahkamlash, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish, mintaqaviy va global darajada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning ta’sirchan omiliga aylandi. Ikki mamlakatning hududiy delegatsiyalar almashuvi faollashdi. 2018-yil aprel-may oylarida yuqori darajadagi delegatsiyalar tashrifi davomi sifatida O‘zbekistonning 7 ta viloyatidan vakillar Xitoyga bordi. Bugungi Xitoy – iqtisodiyoti gurkirab rivojlanayotgan davlatdir. Bugungi Xitoy yakkapartiyaviylik va totalitar tartib saqlangan holda bozor munosabatlari bosqichma-bosqich qaror toptirilayotgan davlatdir. Bugungi Xitoy – BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lgan, qudratli, yadro 26 quroliga ega davlatlardan biridir. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yil yakuni bo‘yicha mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo aylanmasi 5,0 milliard AQSh dollariga yetdi. Biz ikki tomonlama amaliy hamkorlikning ulkan salohiyati hamda keng imkoniyatiga ishonamiz. 26 26 https://el-in.ru/uz/raschety/ekonomika-kitaya-xxi-veka-prezentaciya-na-temu-kitai-konce-x--nachale-xxi-vv.html; 27 Xulosa Ushbu kurs ishimni yozib Xitoy Xalq Respublikasiningitisodiy taraqqiyoti, hozirgi jahonning eng iqtisodi kuchli davlatlardab biriga qanday qilib erishganini bilib oldim. Xususan uning tarixiy iqtisodiga qisqacha nazar tashlidigan bo`lsak, Denning ochiqlik siyosati, albatta, Xitoyning iqtisodiy o‘sishida katta rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin, ammo keyingi rahbarlar davrida ham mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish davomiyligini qanday tushunish kerak? Xitoyning bugungi kunga qadar davom etayotgan iqtisodiy taraqqiyoti zamirida kuchda qolish uchun o‘zini davomiy yangilab turuvchi yangi siyosiy-iqtisodiy tuzum yotibdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu tuzumning mantig‘i ikki muhim tamoyilga asoslangan : siyosiy kuch hamda qaror qabul qilishda demokratik element va kollektiv boshqaruv aralashmasiga asoslangan partiya avtoritarizmi, davlat aralashuvi va erkin bozor prinsiplari aralashmasidan tashkil topgan bozor avtoritarizmi. Bugungacha davom etayotgan bu tuzumning negizida Denning byurokrativ boshqaruvni hisobdorlik, raqobat va kuchga to‘siqlar o‘rnatish kabi demokratik omillar bilan boyitgani yotadi. Mazkur o‘zgarishlarning eng ahamiyatlisi, byurokratik boshqaruvda yakka hukmronlikdan voz kechilib, kollektiv boshqaruvga o‘tilishi va yuqori partiya elita qatlami uchun muddat cheklovlari hamda majburiy pensiya yoshi joriy etilishi bo‘ldi . Boshqaruvdagi bu o‘zgarishlar boshqa davlatlardagidek siyosiy ko‘rinish kasb etmasa-da, ular vaqt o‘tib, noyob gibrid siyosiy institutni hosil qildi: demokratik xususiyatlarga ega partiya avtokratiyasi. Davlat boshqaruvi tizimidagi eski qoida, yaʼni ideologiya asosidagi tayinlovlarning moddiy rag‘batlantirish tomon o‘tishi zanglab yotgan kommunistik byurokratiyani o‘ta moslashuvchan kapitalistik mashina va rivojlanish agentiga aylantirdi . Xitoyda shakllangan tuzumning ikkinchi tamoyili siyosiy kuchga bo‘ysundirilgan yangi iqtisodiy mantiq bozor avtoritarizmiga asoslanadi. Bozor avtoritarizmining asosiy xususiyatlaridan biri – bu bir tomondan kapitalistik iqtisodiyot hamda bozor erkinliklarining mavjudligi bo‘lsa, boshqa tomondan demokratik erkinlik va huquqlarning chegaralanishidir . Siyosiy kuchda qolish uchun iqtisodiy rivojlanishni asosiy maqsad qilgan bu model strategik sohalarda 28 yuqori davlat aralashuvini, davlat korxonalarini, vaqti-vaqti bilan bozor kuchlarini tiyib turish va baʼzida tadrijiy islohotlar qilib, siyosiy ahamiyatga ega bo‘lmagan sohalarda bozor erkinliklarini chegaramaslik, xususiy mulkchilik va kompaniyalarni qo‘llab- quvvatlashni o‘z ichiga oladi. Albatta, bir qarashda bunday kapitalist iqtisodda xususiy mulkka nisbatan tajovuz, korxonalarni milliylashtirish va davlat mansabidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish kabi salbiy illatlar urchishi tabiiy . Ammo, byurokratiyaning Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling