O‘zbеkistоn rеspublikаsi oriental univеrsitеti “iqtisоdiyot” kаfеdrаsi “MIKRОiqtisоdiyot” fanidan mustaqil ish


Download 23.67 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi23.67 Kb.
#1192467
Bog'liq
Esse Mikroiqtisodiyot Xudayberdiyev Bunyod




O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI
ORIENTAL UNIVЕRSITЕTI

IQTISОDIYOT” KАFЕDRАSI


MIKRОIQTISОDIYOT” fanidan
MUSTAQIL ISH

Agrar siyosat va qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirish”


mavzusida

ESSE

Bajardi: 2-8 Gurux talabasi B.X.Xudayberdiyev
Qabul qildi: PhD, dotsent M.S.Yusupov

Reja:
1. Qishloq xo'jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati.


2. Qishloq xo‘jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati.
3. Respublikamiz qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish va raqobatbardosh qilish yo‘llari.

1. O’zbekiston Markaziy Osiyoning qulay xududida joylashgan. Uning hududida azaldan insoniyat uchun nihoyatda kerakli hisoblangan turli xildagi qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarildi. Chunki bu hududda tabiiy-iqlim sharoitlar yetarlidir. Jumladan, Respublikada yillik samarali temperatura 26-30° ni tashkil etib, quyoshli soat 3600 dan ortiq bo’lib, bir yilda birnecha marta hosil olish imkonini beradi. O’zbekistonning jami yer maydoni 44.4 mln. gektar (2004 y.) bo’lib, shundan 50,8 foizini turli xildagi qishloq xo’jalik korxonalari, tashkilotlari hamda dehqon xo’jaliklari foydalanadilar: ularning yig’indisi mamlakat qishloq xo’jaligini tashkil etadi. Uning asosiy maqsadi tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan mamlakat aholisining iste’mol tovarlariga, qayta ishlash sanoatini esa xomashyoga bo’lgan talablarini qondirishdir. Buning uchun:aholi birdaniga iste’mol qiladigan sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlarini barcha talablarni qondiradigan darajada ishlab chiqarish;-qayta ishlash sanoati korxonalarining qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirishi lozim.


Hozirgi davrda, bu tarmoqda aholi iste’mol qilayotgan tovarlarning 95 foizidan ko’prog’i ishlab chiqarilmoqda. Ular o’simlikchilik hamda chorvachilik mahsulotlaridan iboratdir. 2004 yilda O’zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining 26,8 foizi qishloq xo’jaligida yaratilgan. Shu yilda barcha sanoat tarmoqlarida mamlakat yalpi ichki mahsulotining 17,1 foizi, qurilishda esa 4,5 foizi yaratilgan. Raqamlar qishloq xo’jalik tarmog’ining mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni ulkan ekanligidan dalolat bermoqda. Shu yilda qishloq xo’jaligida faoliyat ko’rsatayotgan barcha turdagi tadbirkorlar tomonidan 4732,0 mlrd so’mlik yalpi mahsulot yaratilgan. U asosan 3535,4 ming tonna paxta, 6017,1 ming tonna don, 3315,9 ming tonna sabzavot, 846,3 ming tonna meva, 996,3 ming tonna go’sht, 4280 ming tonna sut, 674,8 ming dona qorako’l teri, 1860,3 mlrd. dona tuxum va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlaridan tashkil topgan.
Barcha turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarni ishlab chiqarishda respublika iqtisodiyotida band bo’lgan mehnat resurslarining 31 foizga yaqini qatnashgan.Lekin Respublika qishloqlarida jami aholining uchdan ikki qismi yashaydi. Ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar 26 mln. gektarga yaqin qishloq xo’jalik yerlaridan olingan, shundan 3695,7 ming gektari ekinzor.
Mamlakat dehqonchiligi sug’orishga asoslanganligi uchun katta miqdordagi suv resurslarini talab yetadi. Lekin bu talab ichki suv resurslari bilan atigi 40 foizgagina qondirilmoqda. Bunday hol Amudaryo hamda Sirdaryo xavzalaridan katta miqdordagi suv resurslarini jalb etishni talab yetadi. Hozirgi davrda qishloq xo’jaligida 42-46 mlrd m suv resurslaridan foydalanilmoqda. Tabiatda yer va suv resurslari cheklangan, ular takror ishlab chiqarilmaydigan resurslar hisoblanadi. Shuning uchun ularning har bir gektaridan, m dan tadbirkorlik bilan fan-texnika yutuqlarini joriy etib, yil davomida to’liq va samarali foydalanish lozim.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirishda sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan ko’plab qishloq xo’jalik texnikalari, kimyoviy vositalar, yoqilg’i, yonilg’i, yog’lovchi materiallar va boshqa vositalardan foydalanilmoqda. Masalan, tarmoqda 2004 yilda 78,9 mingga yaqin turli xildagi traktorlar, 22,7 mingtadan ko’proq yuk tashish mashinalari, 4,4 mingtaga yaqin g’alla yig’ishtiradigan, bir mingtaga yaqin paxta teradigan kambayinlar, ko’plab boshqa texnikalardan foydalanilgan. Tarmoq miqyosida yerlarning unumdorligini, ekinlarning esa hosildorligini oshirish maqsadida 332,7 ming tonna mineral o’g’itlardan foydalanilgan. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqilayotgan mahsulotlarni jahon bozoriga chiqarilishi natijasida O’zbekistonning mavqyei oshib bormoqda. Hozirgi davrda A va Ye tipdagi paxta tolasini ishlab chiqarish bo’yicha jahonda Xitoy, AQSh, Hindiston va Pokiston davlatlaridan so’ng beshinchi o’rinni, ularni yeksport qilish bo’yicha esa 2-o’rinni egallab kelmoqda. Shuning bilan birgalikda O’zbekiston jahon bozoriga nihoyatda sifatli bo’lgan qorako’l terisini, pillasini, sabzavot, poliz va bog’dorchilik mahsulotlarini olib chiqib sotmoqda. Lekin Respublikaning bu boradagi salohiyatidan to’liq foydalanilayotgani yo’q.
2. Qishloq xo‘jaligining samarali va barqaror rivojlanishining zаrur shаrti ularni yеtаrlichа investitsiyalаshdir. Agrar siyosаtning muhim vazifasi qishloq xo‘jaliklarini investitsiyalаsh darajasini oshirish uchun qulаy shаrоit yaratishdan iborat.
Investitsiya – daromad (foyda) olish maqsadida pul mаblаg‘lari (kapital)ni iqtisodiyot tarmoqlariga uzоq muddatga qo‘yishdir. Ular o‘zlarida asosiy vositalarni yaratish, kengaytirish rеkоnstruktsiyalаsh va tехnik jihatdan qayta jihоzlаshni, shuningdek bular bilan bog‘liq aylanma fondlar o‘zgarishini аks ettirаdi. Bundan tashqari, investitsiyalar – bu qimmаtli qоg‘оzlarga pаtеntli intеlluktuаl huquqlarga ega bo‘lish va boshqalar. Investitsiyalar daromad (foyda) shakllаntiruvchi yoki mа’lum ijtimoiy sаmаrаga erishuvchi tadbirkorlik faoliyati оb’еktlariga qo‘yilаdi.
Investitsiyalar iqtisodiy kategoriyalar uchun quyidagi xarаkterli tuzilishlarga ega: u qishloq xo‘jaligida va tarmoqlarning iqtisodiy rivojlanishiga bog‘liq bo‘lаdi; resurslarni sаrflаsh va sаmаrа olishni ko‘zda tutаdi; investitsiya qo‘yilmalaridan kеlishi mumkin bo‘lgan sаmаrа ehtimоli, tаvakkаlchilik xarаkteriga ega; resurslarni sаrflаsh va sаmаrа olish оrаsida mа’lum (qоidaga ko‘rа, uzоq muddatli) vaqtinchаlik (o‘lchоv birligi) mavjud bo‘lаdi.
Invеstitsiоn faoliyat o‘zida yuridik shахs, fuqаrо va davlatning investitsiyalarni rеаlizаtsiya qilish bo‘yicha amaliy harakatlari yig‘indisini ifоdalаydi. Invеstitsiоn faoliyat оb’еktlari quyidagilar:

  • yangitdan tashkil etilgan va rеkоnstruktsiya qilingan asosiy vositalar, shuningdek, xalq xo‘jaligining hammа tarmoqlaridagi aylanma mаblаg‘lar;

  • qimmаtli qоg‘оzlar (аktsiyalar, оbligatsiyalar va boshqa);

  • maqsadli pul qo‘yilmalari;

  • ilmiy-texnika mahsulotlari va хususiy mulkning boshqa оb’еktlari;
    mulkiy huquq va intеllеktuаl mulk huquqi.

3. O‘zbekiston YAIMning 32 foizini tashkil qilib, mehnatga layoqatli aholining 27 foizini ish bilan ta’minlovchi qishloq xo‘jaligi samarali davlat siyosati sharoitida mamlakat iqtisodiy o‘sishining asosiy omillaridan biri bo‘lishi mumkin. Mazkur siyosatning samarali amalga oshirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmi hamda fermerlar va agrotashkilotlar daromadlari oshadi, qishloq joylarda minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Bu yerlarda yashash darajasi ko‘tariladi, bir qator oziq-ovqat mahsulotlari aholi uchun arzonroq bo‘ladi va mamlakat ishonchli oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlay oladi.
Biroq qishloq xo‘jaligini raqobatbardosh, shuningdek xususiy sektor, aholi va davlat manfaatlari uchun xizmat qiladigan sohaga aylantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf qilish kerak. Jahon banki tahlillari hozirgi kunda mazkur maqsadga erishishning besh asosiy muammosi mavjud ekanligini ko‘rsatadi.
Bular:

1. Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni muvozanatlash

2. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hosildorligini oshirish

3. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun eksport imkoniyatlaridan maksimal foydalanish



4. Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish uchun byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish

5. Fermer xo‘jaliklarining yerga egalik qilish huquqlarini himoya qilish.

Download 23.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling