O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo’lga kiritgach, taraqqiyotimizning asosini belgilab beruvchi iqtisodiy sohadagi islohotlarga ustuvor e’tibor qaratildi. Shaxsan Prezidentimiz I


Download 256.92 Kb.
bet4/13
Sana28.02.2023
Hajmi256.92 Kb.
#1238014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
BOBOJONOV UMRBEK NEMAT O\'G\'LI

Telekommunikatsion infratuzilma - kompaniyaning telekommunikatsion infratuzilmasi - bu turli axborotlami: avtomatlashgan boshqaruv tizimlari ma’lumotlari, elektron xabarlar, intemet-grafika, turli fayllar hamda «ovoz» va video ko'rinishidagi axborotlami uzatish vazifasini hal qiluvchi o'zaro aloqador tizimchalar majmuasidir.
Infratuzilma majmuasi ijtimoiy ishlab chiqarishning tarkibiy qismi bo'lib, bevosita o'zining umumiqtisodiy vazifasi miqyosida ishlab chiqarishga xizmat qiladi va uning umumiy sharti tarzida namoyon bo'ladi. Pirovard natijada esa, ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol jarayonida sodir bo'ladigan iqtisodiy munosabatlaming amalgaoshishidaishlab chiqarish samaradorligini oshirish, muomala jarayonini tezlashtirish, yengillashtirish va bevosita iste’molni qondirish va nihoyat, takror ishlab chiqarish bosqichlarining uzluksizligini ta’minlaydi.
Tovarlar, ishchi kuchi, moliyaviy vositalaming milliy chegaralar orqali to'xtovsiz o'sib boruvchi harakati butun jahon infratuzilmasining rivojlanishi va takomillashuvini tezlashtiradi. Juda muhim transport tizimi (dengiz, daryo, havo, temir yo'l transporti) bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotining rivojlanishida axborot kommunikatsiyalari tarmog' i tobora ко 'proq ahamiyat kasb etib boradi. Munosib umumjahon infratuzilmasi bo'lmasa, hozirgi ishlab chiqaruvchi kuchlaming baynalmilallashuvini rivojlantirib bo'lmaydi. Bunday infratuzilmaning ayrim tarkibiy qismlari jahon savdosi vujudga kelayotgan, jahon bozori tashkil topayotgan vaqtda paydo bo'lgan

2-BOB. HOZIRGI ZAMON BOZOR INFRATUZILMASINING TURLARI VA TARKIBIY QISMLARI
2.1. Bozor infratuzilmasining turlari va tarkibiy qismlari
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish bozorning ko'p bo'g'inli infratuzilmasini yaratishni talab qiladi. Bozor infratuzilmasi turli xil vazifalami bajaruvchi tarkibiy qismlar, unsurlardan iborat tizimni namoyon etadi. Bozor mexanizmlarining to'liq, samarali amal qilishi infratuzilma tarkibiy qismlarining turlitumanligi va yetarli darajada rivojlanganligiga bog'liq bo'ladi.
Shunga ko'ra, bozor infratuzilmasining tarkibiy qismlarini belgilab olish, ulaming har birining ahamiyatini o'rganish, iqtisodiy tabiatini ochib berish muhim hisoblanadi. Zero, hozirgi kunda bozor infratuzilmasi tarkibini belgilash, mazkur tizimga kiruvchi unsurlami ko'rsatib berishda ma’lum nomuvofiqliklar mavjud. Jumladan, A.O'lmasov va M.Sharifxo'jaevlar bozor infratuzilmasiga bozor aloqalarini o'rnatishgavasamarali yuritishga xizmat qiluvchi korxona, tashkilot va muassasalar majmuyi sifatida qarab, uni besh bo'g'inga ajratadilar:
1) ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi infratuzilma (transport, aloqa, ombor xo'jaligi, yo'l xo'jaligi, suv va energetika ta’minoti kabilar);
2) tovarlar va xizmatlar muomalasiga, ya’ni savdo-sotiq ishlariga xizmat qiluvchi infratuzilma (birjalar, savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari va agentliklari, davlatning savdo-sotiq va ularni nazorat etuvchi muassasalari);
3) moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma (tijorat banklari, o'z-o'zini kreditlash idoralari, sug'urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish mahkamalari, har xil pul fondlari);
4) aholiga xizmat qiluvchi yoki sotsial infrastuktura (uyjoy, kommunal va transport xizmati, maorif, madaniyat hamda sogiiqni saqlash muassasalari, aholini ishga joylashtirish firmalari va idoralari);
5) axborot xizmati (iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan har xil axborotlar—ma’lumotlar va xabarlami to'plash, umumlashtirish va sotish bilan shug'ullanuvchi turli kompaniyalar, firmalar, maslahat idoralari, davlat muassasalari)
Ko'rinib turibdiki, olimlarimiz bu o'rinda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani ham bozor infratuzilmasi tarkibiga kiritib, moliya-kredit hamda axborot xizmati infratuzilmasi kabi yo'nalishlami mustaqil soha sifatida ko'rsatib, masalani munozarali tomon yo'naltiradilar.
Hozirda iqtisodiy adabiyot va qo'llanmalarda bozor infratuzilmasining asosiy unsurlari sifatida odatda quyidagi obyektlami ko'rsatib o'tiladi:
-biijalar (tovar, xomashyo, fond, valyuta), ulaming tashkiliy rasmiy lashtiri lan vositachiligi;
-auksionlar, yarmarkalar va tashkiliy biijadan tashqari vositachilikning boshqa shakllari;
-kredit tizimi va tijorat banklari;
-emissiya tizimi va emissiya banklari;
-aholi bandligini tartibga solish tizimi hamda bandlikka davlat va nodavlat yo'li bilan ko'maklashish markazlari (mehnat birjalari);
-axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vositalari;
-soliq idoralari tizimi va soliq inspektsiyasi;
-tijorat xo'jalik xavf-xatarini sug'urtalash tizimi va sug'urta kompaniyalari;
-maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari;
-savdo palatalari, ishbilarmon doiralaming boshqa jamoat, ixtiyoriy va davlat birlashmalari (uyushmalari);
-bojxona tizimi;
-yollanib ishlovchilaming kasaba uyushmalari;
-tijorat-ko‘rgazma komplekslari;
-oliy va o‘rta iqtisodiy ta’lim tizimi; -auditorlik kompaniyalari;
-maslahat beruvchi (konsalting) kompaniyalari;
- ishbilarmonlik faolligini rag'batlantirish uchun moMjallangan ijtimoiy va davlat fondlari;
-erkin tadbirkorlikning maxsus hududlari.
Iqtisodiyotda moliya bozorlarining o‘mi ham kattadir. Moliya bozorining asosiy maqsadi iqtisodiyotda kapitalning erkin oqimi hamda samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi uchun yetarli va zarur sharoitlar yaratishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi sharoitlar yaratil ishi lozim:
- bozor iqtisodiyoti qonunlarining toMiq amal qilishi mexanizmini ta’minlash;
- xususiy mulkchilik samarali tizimining mavjudligi;
- monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy instrumentlar (jumladan, qimmatli qog‘ozlar) sifatining yuqori ko‘rsatkichlarini (likvidlilik jalbdorliligi va h.k.) ta’minlanganliligi. Bu ko‘rsatkichlar raqobatni rivojlantirish va narxlar bo‘yicha katta bo’lmagan kurs tafovuti hisobiga erishiladi;
- moliyaviy instrumentlarning erkin savdosini ta’minlovchi rivojlangan savdo tizimlarining mavjudligi;
- investorlaming haq-huquqlari himoyasini yuqori darajada ta’minlovchi bozorning samarali tartiblashtiruvchi (muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi) tizimining mavjudligi;
- moliya bozori qatnashchilari tomonidan ta’minlanadigan bozorning informatsion shaffofligi (transparentligi).
Ushbu sharoitlarda moliya bozori iqtisodiyotning samarali faoliyatini ta’minlaydi, investitsiyalarga muhtoj boMgan iqtisodiyot subyektlariga investorlaming moliyaviy resurslarini jamlab, biznes maqsadiga ishlatishga, investorlarga mablag‘larini orttirishga, davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashadi. Umuman olganda, moliya bozori investitsiyalarga muhtoj va resurslarga ega bo ‘ lgan qatnashchilami bir-birlari bilan uchrashtirish asosida moliyaviy aktivlar almashinuviga ko‘maklashadigan mexanizm sifatida namoyon bo‘luvchi tizimdir.
Moliya bozori bir qator funksiyalami bajaradi. Ulami to‘rt guruhga: makroiqtisodiy, umumbozor, maxsus (ixtisoslashgan) va globallashtirish (meta, ya’ni xalqaro darajada moliyaviy globallashtirish) funksiyalariga ajratish mumkin.

Download 256.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling