O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo’lga kiritgach, taraqqiyotimizning asosini belgilab beruvchi iqtisodiy sohadagi islohotlarga ustuvor e’tibor qaratildi. Shaxsan Prezidentimiz I


Download 256.92 Kb.
bet7/13
Sana28.02.2023
Hajmi256.92 Kb.
#1238014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
BOBOJONOV UMRBEK NEMAT O\'G\'LI

-harakatchanlik. Iqtisodiyotning barcha jabhalari singari bozor infratuzilmasi sohasida ham resurslarning sarflanishi erkinlik va raqobat kurashi ta’sirida yuqori harakatchanlik xususiyatiga ega bo'lishi lozim. Bu esa mazkur sohaga yo'naltirilgan resurslarni bir joydan ular yanada samarali foydalanishi mumkin bo'lgan boshqa joyga tashlash, safarbar etish imkoniyati orqali baholanadi;
bozorning barcha ishtirokchilari uchun foydalanish imkoniytai Bozor infratuzilmasi unsurlarining tarkib topishi tabiiy ravishda - ehtiyoj va imkoniyatlar asosida borishi bilan bir qatorda, iqtisodiyotni rivojlantirish nuqtayi nazaridan ma’lum maqsadlaming mushtarakligi tamoyiliga ham muvofiq kelishi lozim. Ya’ni, infratuzilmaning turli unsurlari mamlakatning barcha hududlarini qamrab olishi, joylashgan manzilidan qat’iу nazar, mijozlarni o'z xizmatlari bilan ta’minlashi lozim;
-moslashuvchanlik. Bozor infratuzilma bo'g'inlari iqtisodiy konyunktura, talab va taklif, raqobat darajasi va boshqa jarayonlaming holatidan kelib chiqqan holda o'zaro birlashish, ajralish, o‘ziga yangi vazifalami qabul qilish kabi xususiyatlarga ega boMishi kerak;
-ishonchlilik. Yuqorida ta’kidlanganidek, infratuzilmaga uncha ahamiyatli boMmagan, ikkinchi darajali soha sifatida qarash mumkin emas. Shu bilan birga, mazkur sohaning ahamiyatini oshirishga shartnoma va bitimlar bo'yicha qabul qilingan majburiyatlarni qat’i у belgilangan muddatlar va muayyan sifatda bajarilishini ta’minlash orqali erishish lozim;
barqarorlik. Bozor infratuzilmasi sohasining eng «nozik» tomoni - uning barqarorligining asosiy tarmoq va sohalar barqarorlik darajasiga bogMiqligidir. Shunga ko'ra, bozor infratuzilmasi nomuvofiq talab va taklif sharoitida ishlash uchun zaxiralaming mavjudligi taqozo etiladi;
har bir bo‘g ‘inning ishida ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti hisobiga erishiluvchi samaradorlik. Aynan bozor infratuzilmasi muassasalari tabiati uchun faoliyat yo'nalishlarining serqirraligi, yuqori darajadagi diversifikatsiya emas, balki ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti tavsifli hisoblanadi. Bozor infratuzilmasi asosiy soha uchun shug'ullanish noqulay yoki samarasiz bo'lgan «maydoncha»ni aniqlab, unga ixtisoslashuv orqali faoliyat ko'rsatishi asosiy qoida hisoblanadi;

Download 256.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling