O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo’lga kiritgach, taraqqiyotimizning asosini belgilab beruvchi iqtisodiy sohadagi islohotlarga ustuvor e’tibor qaratildi. Shaxsan Prezidentimiz I


Download 256.92 Kb.
bet5/13
Sana28.02.2023
Hajmi256.92 Kb.
#1238014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
BOBOJONOV UMRBEK NEMAT O\'G\'LI

Makroiqtisodiy funksiya jam g‘armalami investitsiyalarga samarali transformatsiyasini ta’minlab berishdan iborat.
Umumbozor funksiyasi, odatda, har bir milliy bozorga mansub. Maxsus funksiya esa uni boshqa turdagi bozorlardan farqlaydi.

Umumbozor funksiyasiga quyidagilar kiradi:


- tijoratni rivojlantirish funksiyasi (bu funksiya bozor qatnashchilarining o‘zaro raqobat asosida daromad olishini ta’minlovchi funksiya);
- narx-navoni belgilash funksiyasi, ya’ni bozorda moliyaviy instrumentlaming bozor narxlari (kurslari) shakllanishi va ta’siri jarayonini, ulami bozor konyunkturasiga bog‘liq tarzda uzluksiz harakatini (o‘zgarishini) ta’minlaydi (bozor kurslari qanchalik tez shakllanib barqarorlashsa, moliya bozorida bu instrumentlar shunchalik samara bilan joy lashtiriladi va likvidliligi ta’minlanadi)
; - axborot bilan ta’minlash funksiyasi, ya’ni bozor savdo obyektlari va savdo ishtirokchilari to‘g‘risidagi axborotni shakllantiradi va o‘z qatnashchilariga havola qiladi;
- tartiblashtiruvchi (muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi) funksiya, ya’ni bozor o‘zidagi savdo va unda ishtirok etish, qatnashchilar o‘rtasidagi munosabatlar me’yorlarini va nizolami hal qilish tartiblarini joriy qiladi, ustuvor yo‘nalishlami aniqlaydi, 40 nazorat organlarini va tartiblarini belgilaydi, bozor qatnashchilari tomonidan bu me’yor va tartib-qoidalarga rioya qilinishini nazorat qiladi va h.k
Moliya bozorining maxsus funksiyalariga quyidagilami kiritish mumkin:
- moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash funksiyasi. Uni o‘z navbatida to‘rt kichik funksiyaga ajratish mumkin:
1) moliyaviy resurslarni tarmoqlar va bozor faoliyati sohalari o‘rtasida taqsimlash vaqayta taqsimlash;
2)jamg‘armalami, ayniqsa aholi jamg‘armalarini, noishlab chiqarish shaklidan ishlab chiqarish shakliga o‘tkazish (transformatsiyalash);
3) noinflyatsion asosda, ya’ni muomalaga qo‘shimcha pul chiqarmasdan davlat budjetini moliyalashtirish;
4) pul massasini boshqarish;
- narx va moliyaviy risklaming oldini olish funksiyasi, yoki hosilaviy qimmatli qog‘ozlar (fyucherslar, optsionlar, svop, forvard va h.k.)ning hosil bo‘lishi evaziga xedjirlash.
Moliyaviy globallashtirishfunksiyasi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
— moliyaviy resurslarni umumjahon miqyosida globallashgan iqtisodiyot doirasida samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi;
— milliy moliya bozorlarini о‘zaro integratsiyalashuvi (uyg‘unlashuvi);
— moliya bozorlarining intematsionallashuvi;
- jahon globallashuvi jarayonlari (barcha yo‘nalishlarda) rivoj ining katalizatori va h.k

Download 256.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling