O‘zbekiston respublikasi o‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universireti fizika-texnika fakul’teti
Download 1.22 Mb.
|
2bmi2332332
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning vazifalari
- Tadqiqotning obʼekti.
- Tadqiqotning usullari.
Tadqiqotning maqsadi. O‘ta yupqa gaz razryadli yacheyka uchun yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan yarimo‘tkazgich fotoelektrodlar olish va uning fizik-fotografik xossalarini o‘rganish orqali infraqizil fotoqabulqilgich sifatida mukammal yarimo‘tkazgichli fotografik ionizatsion kamerani yaratish hamda uning yangi imkoniyatlarini tadqiq etish.
Tadqiqotning vazifalari: - gaz razryadli yacheyka uchun spektrning infraqizil sohasida samarali fotosezgir yarimo‘tkazgichli elektrodning ishlanmasini yaratish; - gaz razryadli yacheykada muvozanatsiz o‘tish jarayonlarining fizik mexanizmlarini tadqiq etish; - gaz razryadli yacheykada mustaqil razryadning barqarorlik shartlarini nazariy tadqiq etish; - yarimo‘tkazgichli elektrodga ega bo‘lgan yupqa gaz razryadli yacheykada elektr o‘tkazuvchanlik mexanizmining hususiyatlarini nazariy tadqiq etish. - platina yoki oltingugurt bilan legirlangan kremniy va arsenid galliy asosidagi infraqizil tasvir o‘zgartirgich ishchi parametrlarini asoslash; - termoelektrik sovutgich va suyuq geliy haroratlari intervalida ishlaydigan yarimo‘tkazgichli fotografik ionizatsion kamerani yaratish va uning yangi imkoniyatlarini tadqiq etish. Tadqiqotning obʼekti. Platina va oltingugurt bilan legirlangan Si hamda GaAs yarimo‘tkazgichli fotoelektrodlarga ega bo‘lgan ionizatsion gaz razryadli yacheyka. Tadqiqotning predmeti bo‘lib, arsenid galliy, platina yoki oltingugur diffuziya qilingan kremniy yarimo‘tkazgichli ionizatsion kameraning yorug‘likning har xil intensivliklari uchun olingan volt-amper, fotografik va fotoelektrik xarakteristikalari, gaz razryadli yacheykadagi qorong‘ulik va yorug‘likdagi toklar noturg‘unligining turli ishchi parametrlarga bog‘lanishi, gaz razryadi plazmasining arsenid galliy va kremniy fotoqabulqilgichlar sirtiga taʼsirini tadqiq etish hisoblanadi. Tadqiqotning usullari. BM ishida yarimo‘tkazgichlar fizikasi va elektronikasining zamonaviy tadqiqot usullaridan foydalanildi: sof va legirlangan yarimo‘tkazgichda fotoo‘tkazuvchanlik, kompyuterda dasturlash orqali taʼminlanadigan densitometriya va ellipsometriya, kremniyga platina va oltingugurt aralashmalarini kiritishda harorati 0,50S aniqlik bilan avtomatik boshqariladigan diffuziya, gaz razryadli yacheyka chiqishidagi tasvirni “EMJEON PRO UZB” (Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan) qurilma orqali kompyuterga uzatish, yarimo‘tkazgichli fotografik ionizatsion kamerada tok qiymatini statistik o‘rtachalashtirish va shu kabilar. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling