O‘zbekiston respublikasi o‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universireti fizika-texnika fakul’teti


Download 1.22 Mb.
bet4/12
Sana06.04.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1335365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2bmi2332332

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- ilk bor yarimo‘tkazgichli fotografik ionizatsion kamerada doimiy tokda barqaror gaz razryadi yonishi uchun dempfir yacheykasi qo‘llandi, bu infraqizil fotografiyani 30 mkmgacha uzoq uzun to‘lqinli spektral sohaga kirib borishini taʼminladi;
- ilk marta ionizatsion kameraning gaz razryadli yacheykasi uchun platina va oltingugurt bilan legirlangan kremniy fotoqabulqilgichlar olindi, bu tadqiqot obʼektlarining issiqlik maydonini 2.4 - 6.9 mkm to‘lqin uzunlik oralig‘ida qayd etishga imkon berdi;
- ilk bor platina va oltingugurt bilan legirlangan kremniy fotoelektrodli gaz razryadi yacheykasining elektrofizik, fotoelektrik va fotografik xarakteristikalarini o‘rganish orqali uning optimal ishchi parametrlari tanlab olindi;
- ilk bor platina yoki oltingugurt bilan legirlangan kremniy fotoelektrod gaz razryadi yacheykasida fotoelektrik gisterezis hodisasi kuzatildi va shu asosida 10-7 J/sm2 fotografik sezgirlikka, 10-15 chiziq/mm ajratish qobiliyatiga erishildi;

  • birinchi bor yarimo‘tkazgich fotoelektrodli yupqa (10-100 mkm) gaz razryadi yacheykasida muvozanatsiz o‘tish jarayonlarining fizik mexanizmlari asosan birlamchi avtoelektron emissiya va uning taʼsirida yuzaga keladigan ikkilamchi zarbiy ionlashish bilan aniqlanishi nazariy va eksperimental asoslandi;

- termoelektrik sovutgich va suyuq geliy haroratlari oralig‘ida to‘lqin uzunligi 0.8-6.9 mkm bo‘lgan infraqizil nurlar yordamida obʼektlar tasvirini qayd qiladigan yarimo‘tkazgichli fotoionizatsion ionizatsion kamera ishlab chiqildi;
- nuqsonlar va bir jinsli bo‘lmagan yarimo‘tkazgichlar hamda dielektriklar tasviri bo‘yicha maʼlumotlarni kompyuterda qayta ishlash uchun elektron-optik o‘zgartirgich qo‘llanilgan gaz razryadli yacheyka va AMJEON PRO UZB rusumli “Videooka” asosida qurilma yaratildi.
Tadqiqotning amaliy natijalari:

  1. Yarimo‘tkazgichli fotografik ionizatsion kamera uchun platina va oltingugurt bilan legirlangan kremniyli fotoqabulqilgichlarni hosil qilish texnologiyasi ishlab chiqildi;

  2. 0.8 mikrometrdan 30 mikrometr va undan yuqori infraqizil nurlarda tasvir olish uchun mukammallashtirilgan yarimo‘tkazgichli fotografik ionizatsion kamera yaratildi;

  3. Optik sohadan radioto‘lqin uzunligigacha bo‘lgan diapazonda taʼsvir olishni taminlab beradigan fotoelektrik gisterezis hodisasi tufayli kelib chiqadigan yangi ijobiy fotografik effekt topildi;

  4. Gaz razryadli yacheykada 6.9 mikrometrdan uzun bo‘lgan infraqizil soha uchun razryadni barqarorlashtirilish taʼminlandi.


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling