O‘zbekiston respublikasi o‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universireti fizika-texnika fakul’teti
Download 1.22 Mb.
|
2bmi2332332
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning amaliy natijalari
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- ilk bor yarimo‘tkazgichli fotografik ionizatsion kamerada doimiy tokda barqaror gaz razryadi yonishi uchun dempfir yacheykasi qo‘llandi, bu infraqizil fotografiyani 30 mkmgacha uzoq uzun to‘lqinli spektral sohaga kirib borishini taʼminladi; - ilk marta ionizatsion kameraning gaz razryadli yacheykasi uchun platina va oltingugurt bilan legirlangan kremniy fotoqabulqilgichlar olindi, bu tadqiqot obʼektlarining issiqlik maydonini 2.4 - 6.9 mkm to‘lqin uzunlik oralig‘ida qayd etishga imkon berdi; - ilk bor platina va oltingugurt bilan legirlangan kremniy fotoelektrodli gaz razryadi yacheykasining elektrofizik, fotoelektrik va fotografik xarakteristikalarini o‘rganish orqali uning optimal ishchi parametrlari tanlab olindi; - ilk bor platina yoki oltingugurt bilan legirlangan kremniy fotoelektrod gaz razryadi yacheykasida fotoelektrik gisterezis hodisasi kuzatildi va shu asosida 10-7 J/sm2 fotografik sezgirlikka, 10-15 chiziq/mm ajratish qobiliyatiga erishildi; birinchi bor yarimo‘tkazgich fotoelektrodli yupqa (10-100 mkm) gaz razryadi yacheykasida muvozanatsiz o‘tish jarayonlarining fizik mexanizmlari asosan birlamchi avtoelektron emissiya va uning taʼsirida yuzaga keladigan ikkilamchi zarbiy ionlashish bilan aniqlanishi nazariy va eksperimental asoslandi; - termoelektrik sovutgich va suyuq geliy haroratlari oralig‘ida to‘lqin uzunligi 0.8-6.9 mkm bo‘lgan infraqizil nurlar yordamida obʼektlar tasvirini qayd qiladigan yarimo‘tkazgichli fotoionizatsion ionizatsion kamera ishlab chiqildi; - nuqsonlar va bir jinsli bo‘lmagan yarimo‘tkazgichlar hamda dielektriklar tasviri bo‘yicha maʼlumotlarni kompyuterda qayta ishlash uchun elektron-optik o‘zgartirgich qo‘llanilgan gaz razryadli yacheyka va AMJEON PRO UZB rusumli “Videooka” asosida qurilma yaratildi. Tadqiqotning amaliy natijalari: Yarimo‘tkazgichli fotografik ionizatsion kamera uchun platina va oltingugurt bilan legirlangan kremniyli fotoqabulqilgichlarni hosil qilish texnologiyasi ishlab chiqildi; 0.8 mikrometrdan 30 mikrometr va undan yuqori infraqizil nurlarda tasvir olish uchun mukammallashtirilgan yarimo‘tkazgichli fotografik ionizatsion kamera yaratildi; Optik sohadan radioto‘lqin uzunligigacha bo‘lgan diapazonda taʼsvir olishni taminlab beradigan fotoelektrik gisterezis hodisasi tufayli kelib chiqadigan yangi ijobiy fotografik effekt topildi; Gaz razryadli yacheykada 6.9 mikrometrdan uzun bo‘lgan infraqizil soha uchun razryadni barqarorlashtirilish taʼminlandi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling