O‘zbekiston respublikasi o‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universireti fizika-texnika fakul’teti


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi


Download 1.22 Mb.
bet2/12
Sana06.04.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1335365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2bmi2332332

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining III. «Energiya, energiya resurslarini tejash, transport, mashinasozlik va asbobsozlik; zamonaviy elektronika, mikroelektronika, fotonika, elektron asbobsozlikni ривожлантириш» ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Birinchi bo‘lib elektron boshqariluvchi yarimo‘tkazgichli fotografik tizimni qurish g‘oyasini S.M. Rivkin 1970 yili, gaz razryadli yacheyka asosidagisini esa L.G. Paritskiy 1972 yili bergan edi. Infraqizil nurlar uchun gaz razryadli yacheyka asosidagi yarimo‘tkazgichli fotografik tizimni birinchi bo‘lib, L.G. Paritsiy shogiri SH.S. Qosimov bilan birga amaliyotga tadbiq etdilar. Ushbu va boshqa shunga o‘xshash tadqiqotlar natijasida gaz razryadli ionizatsion rusumdagi yarimo‘tkazgichli fotografik tizim yaratildi.
2005-2010 yillarda ionizatsion rusumdagi yarimo‘tkazgichli tasvir o‘zgartirgich qurilmasini mukammallashtirish maqsadida Amerikaning Laurens nomidagi Livermor milliy kollaboratoriyasi hodimlari va Sank-Peterburg A.F. Ioffe nomidagi Fizika-texnika instutining “Yarimo‘tkazgichlarda muvozanatsiz jarayonlar” laboratoriyasi hodimlari birgalikda tadqiqotlar olib bordilar.
O‘zbekiston vatanimizda SH.S. Qosimov gaz razryadli yacheykaning turli xil gazlar va fotoqabulqilgichlar uchun fotoelektrik, fotografik xarakteristikalarini 1972-1986 yillarda va infraqizil nurni ko‘rinuvchi nurga o‘zgaritish hususiyatlarini esa 2017 yilgacha bo‘lgan davrlarda tadqiqotlar olib bordi. Ushbu tadqiqotlar natijasida yarimo‘tkazgichli ionizatsion rusumli infraqizil nurlar uchun tasvir o‘zgartirgich qurilmasi yaratildi. Shu o‘rinda Tulanov V.T., Siyabekov X.B., Ortayeva K.A. kabi fiziklar ham vatanimizda gaz razryadli yacheykaning hususiyatlarini 1988-2015 yillarda tadqiq etdilar. Bular qatorida X.T. Yuldashev “Yarimo‘tkazgichli elektrodlarga ega o‘ta qisqa gaz razryadi yacheykasida fotoelektrik kuchaytirish jarayonlari” nomli falsafa doktorligi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Infraqizil nur taratayotgan obʼektlarning tasvirini qayd etishda yarimo‘tkazgichli fotografik ionizatsion tizimning keyingi ravnaqi va uni mukammallashtirish hamda amaliy qo‘llanish sohasini kengaytirishga fotografik sezgirlikni yanada oshirish va qayd etiladigan nur quvvatining inimal chegaraviy qiymatini kamaytirish orqali erishish mumkinligi aniqlandi. O‘z navbatida ushbu muammoni amaliy yechimini topishda yarimo‘tkazgichli fotografik ionizatsion tizimga konstruktiv yondoshish va ishchi tartibni aniq amaliy sharoitlarda qo‘llash zaruriyati tug‘ildi.
Ammo, yarimo‘tkazgichli fotoelektrodga ega gaz razryadli yacheykaning noyob hususiyatlarini amaliyotga keng qo‘llash uchun shu vaqtgacha quyidagi prinsipial va muhim muammolar hal etilmadi:

  1. Yarimo‘tkazgichli fotografik ionizatsion kameraning gaz ryazryadli yachekasida qo‘llash uchun kremniyni kichik energetik sathlar beradigan kiritmalar bilan optimal legirlashni nazariy tadqiq etish;

  2. Gaz razryadli yacheyka uchun samarali va optimal sezgir fotoqabulqilgich ishlanmasini yaratish;

  3. Yupqa (10 mikrometrdan 100 mikrometrgacha) gaz razryadli yacheykada ro‘y beradigan fizik jarayonlarning mexanizmlarini aniqlash;

  4. Turg‘un gaz razryadiga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichli ionizatsion kameraning mukammal konstruksiyasini ishlab chiqish.

  5. Gaz razryadli yacheykaning yarimo‘tkazgich plastinkasi sirtida avtoelektron emissiya va plazma kontaktining rolini aniqlash.


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling