O‘zbekiston respublikasi o‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universireti fizika-texnika fakul’teti
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
Download 1.22 Mb.
|
2bmi2332332
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi olingan nazariy va tajriba natijalarining hususiy xollarda boshqa mualliflarning natijalariga va keng umumlashtirilgan maʼlumotlarga mosligi hamda qismlarga ajratilgan xolatlarda o‘tkazilgan tajribalarning o‘ta tozaligi va mumkin bo‘lgan hatoliklarning hisobga olinishi bilan isbotlanadi. Yana shu bilan aniqlanadiki, BM ishida zamonaviy o‘lchash usullari va tajribalar tahlili qo‘llanilgan. Barcha nazariy hisoblar zamonaviy kompyuterlarda mos xoldagi dasturlashlar orqali amalga oshirilgan. Kuchlanish va tok kuchining ossillogrammalari zamonaviy densitometrik o‘lchash usuli hamda qorong‘ulikdagi va yorug‘likdagi toklarning o‘rtachalashtirish zamonaviy kompyuterlarda “EMJEON PRO – vidiooka” qurilmasi orqali amalga oshirilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan yarimo‘tkazgich fotoelektrodli fotografik ionizatsion kameraning o‘ta yupqa gaz razryadi yacheykasida kechadigan fizik-fotografik jarayonlarni nazariy va eksperimental o‘rganish natijalari yarim o‘tkazgich-plazma kontakti fizikasi tasavvurlarini mutlaqo yangi maʼlumotlar bilan boyitishi va buning oqibatida yarimo‘tkazgichlar materialshunosligi hamda infraqizil spektroskopiyasining yangi imkoniyatlari ochilishi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, yaratilgan yarimo‘tkazgichli fotografik ionizatsion kamera maqsadli qo‘llashning yangi imkoniyatlarini ochib beradi, xususan yarimo‘tkazgich materiallarni buzmasdan nazorat va diagnostika qilishga xizmat qiladi; platina va oltingugurt bilan optimal legirlangan kremniy fotoqabulqilgich qayd etishning minimal nur quvvatini pasaytiradi va spektral sezgirligini IQ-sohaning katta to‘lqin uzunligi tomon 11 mkm.gacha siljitadi; yaratilgan yarim o‘tkazgich elektrodli gaz razryadi yacheykasi, tasvirni zamonaviy kompyuter orqali raqamli formatda qayd etish, uzatish va saqlash imkonini beradi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. o‘ta yupqa gaz razryadi yacheykasidagi fotoelektrik jarayonlarni tadqiq qilish natijalari asosida: Fermi sathini meʼyorlashtirish maqsadida o‘tkazilgan nazariy hisoblar bo‘yicha platina va oltingugurt kiritmalari diffuziya qilingan kremniy fotoelektrodli fotografik ionizatsion kameraning elektrofizik, fotoelektrik va fotografik xarakteristikalari o‘rganilib, ifraqizil fotoqabulqilgich olish texnologiyasi “FOTON” AJda qo‘llanilgan («Uzeltexsanoat” AK tomonidan 2021 yilning 19 oktabrda berilgan № 04-3/2182 raqamli maʼlumotnoma) hamda Si va Si yarimo‘tkazgichli fotografik ionizatsion kamerada oltingugurt kiritmasi diffuziya qilingan kremniyli fotoqabulqilgich qo‘llanilib, 8 chiziq/mm ajratish qobiliyat bilan 4.2-6.9 mkm infraqizil to‘lqin uzunliklarida obʼektlarning fazo-vaqt o‘lchamidagi tasviri “Eksperimental va nazariy fizika” kafedrasi tadqiqotchilari tomonidan tadqiq etilgan va dissertatsiya ishidagi natijalarga mos kelishi isbotlangan (Qirg‘iziston Respublikasi Osh davlat universititining 2021 yilning 22 iyulida berilgan “Qo‘llanish haqidagi dalolatnomasi”). Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling