O‘zbekiston respublikasi o‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universireti fizika-texnika fakul’teti
Download 1.22 Mb.
|
2bmi2332332
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ta yupqa gaz razryadi yacheykasidagi elektrofizik jarayonlar” мавзусидаги
- 2-Bob. O‘ta yupqa gaz razryadi yacheykasidagi elektrofizik jarayonlar. 2.1. Gaz razryadli yacheykada o‘tayotgan fizik jarayonlar.
- KIRISH Mavzusining dolzarbligi va zaruriyati.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSIRETI FIZIKA-TEXNIKA FAKUL’TETI Fizika ta’lim yo‘nalishi 19.12 guruh bitiruvchisi Ibrohimov Zuhriddinning “O‘ta yupqa gaz razryadi yacheykasidagi elektrofizik jarayonlar” мавзусидаги BITIRUV MALAKAVIY ISHI Bitiruv malakaviy ish rahbari dotsent Z.Xaydarov Farg‘ona 2023Bitiruv malakaviy ish kafedraning 2023 yil___ maydagi __-yig‘lishida muhokama qilingan va himoyaga tavsiya etilgan. Kafedra mudiri: K. Onarqulov Taqrizchi: Farg‘ona politexnika instituti Dotsent Z.Mirzajonov REJA
KIRISH Mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Jahonda tez o‘tuvchi fizik jarayonlarni, hususan termoyadroviy reaksiyalar va lazer nurlarini fazo-vaqt o‘lchamida tashxislash hamda infraqizil soha spektrini qorong‘uda ko‘rish asboblarida qayd etishning fotografik usuli fan va texnikaning turli sohalariga chuqur kirib bormoqda. Optik va murakkab yarimo‘tkazgichli tuzilmalar tayyorlashni yangi texnologik imkoniyatlarining jadal rivojlanishi maʼlumotlarni infraqizil sohada qayd etadigan vositalarga qo‘yiladigan talablarni keskin orttirdi va natijada ularning tadrijiy sodda usullari bu talablarga javob bermay qolmoqda. Dunyoning nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlari o‘z faoliyatlarini zamonaviy optoelektronikaning infraqizil fotografiya sohasidagi dolzarb masalalariga qaratmoqda. Ulardan prinsipial harakterdagi juda muhim ikkita muammoni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: 1 – kvant chiqishi yuqori bo‘lgan fotoqabulqilgichlar yaratish; 2 – fotografiyaning spektral sezgirligini oshirib, to‘lqin uzunlikning 3 mikrometrdan yuqori infraqizil sohaga siljitish. Fotonikaning ushbu va shunga o‘xshash muammolarini hal etishda fotoo‘tkazuvchanlikka asoslangan infraqizil nurga sezgir bo‘lgan qurilmalarning, ayniqsa, ionizatsion rusumdagi yarimo‘tkazgichli fotografik tizimning kelajagi porloq ekanligi kuzatilmoqda. Respublikamizda fundamental va amaliy tadqiqotlarning dolzarb ustuvor ilmiy yo‘nalishlariga, chunonchi infraqizil nurlanishlar fotoqabulqilgichlaridan foydalanish sohasidagi innovatsion texnologiyalar va ishlanmalarga muhim eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada yarimo‘tkazgich materiallar olish texnologiyasini takomillashtirish va ularning fizik xossalarini tadqiq etish bo‘yicha maʼlum natijalarga erishilgan. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar Strategiyasiga1 muvofiq ilmiy-innovatsion ishlanmalarni amalda qo‘llashning samarali mexanizmlarini yaratish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Shu maqsadda yarimo‘tkazgichli elektrodga ega bo‘lgan gaz razryadli yacheyka asosidagi ionizatsion rusumdagi tasvir o‘zgartirgichning fotografik sezgirligini oshirish, tezkor jarayonlar fotogafiyasi uchun infraqizil nurlar to‘lqin uzunligini yanada yuqori sohalargacha kengaytirish, shuningdek, reaktorlardagi yadroviy jarayonlarning issiqlik maydonini va lazer nurlarini fazo-vaqt o‘lchamida tashhislash, platina va oltingugurt bilan legirlangan kremniy va arsenid galliy fotoelektrodlari bo‘lgan gaz razryadi yacheykasida atroflicha tadqiqotlar olib borish dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyatini taʼminlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 maydagi PQ-4348-son «Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3855-son «Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarining tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar тўғрисида» va 2017 yil 17 fevraldagi PQ-2789-son «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari тўғрисида» qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada hizmat qiladi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling