O'zbekiston respublikasi profi universitety


 §. Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning turlari, xususiyatlari


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

2 §. Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning turlari, xususiyatlari 
Psixikaning asosiy xususiyatlaridan biri, uning tanlovchan yo'nalishga ega 
ekanligidir. Ongning tanlovchan yo'nalganlikka egaligi tufayli, boshqa barcha 
da'vogar jarayonlar tormozlanib bajarilayotgan faoliyatning samaradorligining 
oshirilishi ta'minlanadi. Odam faoliyati uchun ko'proq ahamiyatga ega bo'lgan 
narsalarning ongda markazlashuvi, ongning ahamiyatli ob'ektlar ustida to'planishi 
va unga yo'nalganligida - ongning tashkiliyligini namoyon qiladi. 
Ongning yo'nalganligi - ayni vaqtda muhim bo'lgan ta'sirlarni tanlab 
olishdir, uning jamlanishi esa - bu ongning (diqqatning) boshqa qo'shimcha 
(chalg'ituvchi) qo'zg'atuvchilardan chalg'ishi, ularga e'tibor bermaslikdir. 
Diqqat - barcha psixik faoliyatning faoliyat ob'ektiga yo'nalishi va 
jamlanishidir. Ya'ni, diqqat ongning ma'lum bir narsa, hodisa, predmetga 
yo'naltirilganligi va uning ustida jamlanishidir. 
Diqqat, mazkur faoliyat uchun ahamiyatli bo'lgan ob'ektlarni ajratib 
berilishini ta'minlash bilan birga, o'zida psixikaning operativ oriyentirlovchi 
funktsiyasini namoyon qiladi.
Ahamiyatli ob'ektlarni ajratib berish tashqi muhitda ham - tashqariga 
yo'naltirilgan diqqat, psixikani o'zining fondida ham - ichkariga yo'naltirilgan 
diqqat amalga oshiriladi. 
Diqqatning neyrofiziologik asoslari. Diqqatning asosiy fiziologik 
mexanizmi bo'lib optimal qo'zg'alish o'choqlarining ishlashi, yoki atoqli fiziolog 
olim A.A.Uxtomskiy aytganidek, dominanta hisoblanadi. Bosh miya qobig'ining 
ma'lum bir qismida yuzaga kelgan optimal qo'zg'alishlar evaziga, ayni vaqtda nima 
eng muhim, ahamiyatli ekanligini aniq va to'liq aks etish va mazkur faoliyat uchun 
unchalik ahamiyatli bo'lmagan narsalarni to'sib turish uchun sharoit yaratiladi.
Shuningdek, tug'ma oriyentirlovchi refleks ham diqqatning fiziologik 
mexanizmi bo'lib xizmat qiladi. Miya tashqi muhitdan har bir yangi, noodatiy 
qo'zg'atuvchini ajratib oladi. Oriyentirlovchi refleksning ishlashi, analizatorlarning 
maxsus moslashuvi, ularni sezgirligining ortishi va shuningdek, miya faoliyatining 
umumiy faollashuvi bilan kuzatilib boriladi. 


123 
Neyropsixologlar tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar orqali, yo'naltirilgan, 
dasturlashtirilgan ta'sirlarning saqlanib qolishi va boshqa barcha qo'shimcha 
ta'sirlarning tormozlanishi bosh miya qobig'ining peshona qismida amalga 
oshishligi aniqlangan. Bosh miya qobig'ining peshona qismi barcha ixtiyoriy ongli 
faoliyat bilan, nutqning amalga oshishi bilan bog'langan. Bu diqqatning butun 
ongni ishlash usuli mohiyati ekanligi haqida guvohlik beradi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling