O'zbekiston respublikasi profi universitety


Faoliyat va murakkab xatti-harakatlarning tuzilishi va irodaviy


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Faoliyat va murakkab xatti-harakatlarning tuzilishi va irodaviy 
boshqarilishi. Murakkab irodaviy xatti-harakatlar qator oraliq funktsional 
vazifalarni yechish ketma-ketligidan tashkil topadi. Har qanday faoliyat turi uchun 
xarakterli bo'lgan bu funktsional vazifalarning umumiy tizimi faoliyatning 
tuzilishini tashkil qiladi. 
Faoliyatni amalga oshirar ekan, odam dastavval uni u yoki bu ehtiyojni 
qondirish uchun qay darajada zarur ekanligini anglaydi. Ehtiyojlar turli predmetlar, 
ob'ektlar, sharoitlar bilan qondirilishi mumkin. Bu predmetlarga ega bo'lish yoki 
zarur sharoitlarga erishish turli usullar bilan amalga oshiriladi. 
Xatti-harakatning o'zi motivatsiya asosida yuzaga keladi va amalga 
oshiriladi. Ko'pincha odamda, qator qarama-qarshi, lekin turli xatti-harakatlarni 
amalga oshirish uchun bir xil kuchga ega bo'lgan motivlar yuzaga kelib qoladi. 
Bunday vaziyatlarda irodaviy zo'r berish bilan kuzatiladigan - motivlar kurashi 


122 
yuzaga keladi (lekin motivlarning qarama-qarshiligi, kurashi irodaviy xatti-
harakatlarning majburiy belgisi hisoblanmaydi). 
Odam xatti-harakat maqsadini belgilab, qaror qabul qilib olar ekan, uni 
mavjud sharoit bilan taqqoslaydi, ya'ni xatti-harakat vazifasini anglaydi va uni 
yechish usullarini belgilab oladi. Keyinchalik tegishli bilimlarini ishga solgan 
holda xatti-harakatning aqliy obrazini - uning taxminiy asosini yaratadi. Bu o'rinda 
ham irodaviy zo'r berish namoyon bo'ladi, chunki bunda ham mazkur xatti-
harakatning mumkin bo'lgan bir nechta sxemalaridan faqat bittasini tanlab olishga 
to'g'ri keladi. Faqat shundan so'nggina odam qator ichki va tashqi qiyinchilik 
to'siqlarni yengib o'tib shu ishni bajarishga kirishadi. Ma'lum bir natijalarga 
erishganidan so'ng odam ularni ehtiyojlariga mos kelishi (yoki mos kelmasligi)ni 
anglaydi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling