O'zbekiston respublikasi profi universitety
Faoliyat, uning tuzilishi va irodaviy boshqarilishi
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Faoliyat, uning tuzilishi va irodaviy boshqarilishi
Faoliyat - ma'lum bir ehtiyojga mos ravishda yagona maqsadga qaratilgan xatti-harakatlar majmuidir. Har qanday faoliyat murakkab va sodda xatti-harakatlardan iborat bo'ladi. Xatti-harakat - faoliyatning oraliq vazifani bajaradigan, nisbatan tugallangan qismidir. Sodda xatti-harakatlar uchta tarkibiy elementlarga ega: 1) maqsad; 2) xatti-harakatning bajarilishi; 3) uning natijasini baholash. Bu xatti- harakatlar irodaviy zo'r berish bilan unchalik bog'liq emas. Masalan, siz qo'lingizni cho'zib ruchkani yotgan joyidan oldingiz - bu oddiy xatti-harakat. Murakkab xatti-harakatlar bir oz murakkabroq tuzilishga ega. U operatsiyalar rolini bajaradigan qator xatti-harakatlardan tashkil topadi. Operatsiyalar dastavval mustaqil xatti-harakatlar tarzida shakllanadi, lekin ko'p marta takrorlanaverishi natijasida ular ko'nikma bo'lib qoladi. Ko'nikma - bu qisman avtomatlashgan xatti-harakatlardir. Xatti- harakatlarning qisman avtomatlashuvi – ko'nikmada, faoliyatni ongli bosh- qarishning roli pasayadi. Ko'nikma darajasiga yetgan xatti-harakatlar boshqaruvchi jihatlarning qisqarishi bilan xarakterlanadi. Bunda faqat xatti-harakat vazifasini anglash va uning natijalarini baholash qoladi holos. Qaror qabul qilish va dasturni shakllantirish kabi bo'g'inlar tushirib qoldiriladi. Masalan, yozish ko'nikmasi bu xatti-harakatni qanday amalga oshirish ustida o'ylashni talab qilmaydi. Ko'nikma darajasidagi xatti-harakat tez va aniq bajariladi. Ko'nikma shakllanib borishi bilan jismoniy xatti-harakatlar ustidan (qarab, ko'rib) nazorat qilish susayadi. U muskul (kinestezik) nazorat bilan almashinadi. Masalan, kompьyuterda yozishni endigina o'rganayotgan odam klaviaturadan tegishli xarflarni doimo (ko'zi bilan) qidirib yozsa, tajribali mashinistkalar klaviaturaga qaramasdanoq yozaverishi mumkin. Ko'nikma kam kuch sarflash, ayrim xatti-harakatlarni birlashtirish, ortiqcha xatti-harakatlardan xolos bo'lish bilan xarakterlanadi. Lekin bironta ham ko'nikma to'la avtomatlashgan holda amalga oshmaydi. Xatti-harakatning odatiy vaziyati, sharoitning o'zgarishi, kutilmagan to'siqlarning yuzaga kelib qolishi, olingan natijalarning oldindan ko'zlangan maqsadga mos kelmay qolishi kabilar qisman avtomatlashgan xatti-harakatlarning ongli nazorat jihatiga o'tishiga olib keladi. Kunikmaning va xulq ko'nikmasining harakat, sensor (masalan, Morze alifbosi signallari yoki turli musiqa notalarini (tovushlari)ni farqlay olish), Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling