O'zbekiston respublikasi profi universitety


usullar ko'rinishida (usullar va operatsiyalar tizimida), ma'lum bir vositalar


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

usullar ko'rinishida (usullar va operatsiyalar tizimida), ma'lum bir vositalar 
yordamida amalga oshadi.
Boshqacha qilib aytganda, faoliyat - odamning ichki (psixik) va tashqi 
(jismoniy) faolligining majmuidir. Ichki (psixik) faolliklarga odamning 
ehtiyojlari, maqsadlari, motivlari kiradi. Tashqi faollikka esa odamning shu 
ehtiyojlarni qondirish, maqsadga erishish uchun amalga oshiradigan xatti-
harakatlari, operatsiyalari, foydalanadigan usul vositalari, shart-sharoitlar kiradi. 
Masalan, odam o'zining ichki faolligi, yuzaga kelgan organik ehtiyojini qondirish 
uchun (qorni ochgan bo'lsa uni to'yg'izish uchun), ma'lum bir xatti-harakatlar 
tizimini amalga oshiradi va turli vositalardan foydalanadi (oshxonaga kirib ovqat 
tayyorlaydi yoki oshxonaga borib ovqatlarni olib, ularni qoshiq, sanchqi, 
pichoqlardan foydalangan holda iste'mol qiladi).
Odamning ontogenetik rivojlanishida, odatda faoliyatning uchta yetakchi 
turi: o'yin, o'qish, mehnat faoliyatlari farqlanadi. Bular albatta faoliyat turlarining 
eng umumiy klassifikatsiyasidir. Undan odam hayoti, uni turmush tarzining muhim 
shakli, odamni ijtimoiy aloqalar tizimiga kirishidagi asosiy faoliyati, ijtimoiy 
moslashgan xulqi shakllanadi.
Odamning ijtimoiy ahamiyatli xatti-harakatlari tizimi xulq deb ataladi. 
Ayrim xulqiy xatti-harakatlar, agar ular umumqabul qilingan xulq me'yorlariga 
mos kelsa ish, harakat, muomala, qiliq (postupki) deyiladi, agar bu me'yorlarga 
mos kelmasa xato, ayb, nojo'ya ish, noo'rin xatti-harakat (prostupki) deyiladi. 
Odamning ongi va irodasi nazorati ostida sodir etilgan, ijtimoiy xavfli, qonuniy 
jazolanuvchi, aybli xulq jinoyat deb ataladi
Jinoiy xulqning asosiy yuzaga keltiruvchi asos bo'lib, shaxsning salbiy 
sifatlari: xudbinlik, individualizm, boshqa fuqarolarning huquqlari va manfaatini 


119 
mensimaslik, mansabparastlik, tamagirlik, qasoskorlik, shavqatsizlik, mazkur 
odam uchun referent bo'lgan guruhda ajralib turishga intilish va sh.k.lar 
hisoblanadi. Bu sifatlar tug'ma hisoblanmaydi, ular odamning psixik rivojlanishi 
sharoitlari bilan bog'liq ravishda shakllanadi. Shaxsning shakllanishi - bu uning 
ehtiyojlari va ularni qondirilish usullarining shakllanishidir. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling