O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
faoliyat predmetini tashkil qiladi. Masalan, turli ma'lumotlar bilish faoliyatining
predmeti bo'lib hisoblansa, o'quv faoliyati predmeti bo'lib - bilim, malaka, ko'nikmalar, mehnat faoliyatining pred-meti bo'lib esa - u tufayli yaratiladigan moddiy mahsulotlar hisoblanadi. Har qanday faoliyat ma'lum bir tuzilishga ega. Unda faoliyatning asosiy tashkiliy qismlari bo'lmish xatti-harakat va operatsiya farqlanadi. Xatti-harakat (deystviya) faoliyatning shunday qismiki, u to'la mustaqillikka ega bo'lgan, odam tomonidan anglangan maqsaddir. Masalan, kitob harid qilishni (kitobni olishni), uni o'qishni bilish faoliyati tuzilishiga (tarkibiga) kirgan xatti-harakat deb aytish mumkin; mehnat faoliyati tarkibiga kiruvchi xatti-harakatlar deb topshiriq bilan tanishish, zarur asboblar va materiallarni qidirish, mahsulotni tayyorlash loyihasini, texnologiyasini ishlab chiqish va sh.k.larni hisoblash mumkin. Shu xatti-harakatlarni amalga oshirish usullari operatsiya deyiladi. Xatti- harakatni amalga oshirishning qanchalik xilma-xil usullari bo'lsa, shu operatsiyalarning ham shuncha turini farqlash mumkin. Operatsiyaning xarakteri xatti-harakatni bajarilish shart-sharoitlariga, odamdagi mavjud malaka va ko'nikmalarga, xatti-harakatni amalga oshirish vositalari va asboblarining mavjudligiga bog'liq. Masalan turli odamlar ma'lumotlarni turlicha esda saqlab qoladi va turlicha yozadi. Bu ularning matnni yozish yoki materialni esda saqlab qolish borasidagi xatti-harakatlarni, ular turli operatsiyalar yordamida amalga oshirishligini bildiradi. Odamning u yoki bu operatsiyani ma'qul ko'rishi, uni faoliyatining individual usulini (stilini) xarakterlaydi. Odamni u yoki bu xatti-harakat va operatsiyani amalga oshirish uchun foydalanadigan asboblari faoliyatni amalga oshirish vositalari hisoblanadi. 117 Faoliyat vositalarining rivojlanishi uni takomillashuviga olib keladi. Uning natijasida faoliyat yanada mahsuldor va sifatli bo'lib boradi. Shu o'rinda, faoliyat tuzilishi haqida to'xtalib o'tsak. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, har qanday faoliyatning amalga oshishi ma'lum bir tizimdan, tuzilishdan iborat bo'ladi. Uni taxminan quyidagi sxema ko'rinishida ifoda etish mumkin (20-rasm). 20-rasm.Faoliyatning tuzilishi Demak, biron bir faoliyat amalga oshishi uchun, shu tizimning barcha bo'g'inlari ishtirok etishi shart. Agarda tizim tarkibidagi bo'g'inlardan birortasi ishlamasa faoliyat amalga oshmaydi. Masalan, o'qituvchi o'zining pedagogik faoliyatini amalga oshirishi uchun, avvalo unda shu faoliyat maqsadi shakllanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun tegishli xatti-harakatlar, operatsiyalar amalga oshiriladi. Buning uchun esa zarur shart-sharoitlar va vositalar bo'lishi lozim. Bularning barchasi mujassam bo'lgan holatdagina kutilgan natijaga erishish mumkin bo'ladi. Ularning pedagogik (ta'lim- tarbiya berish) maqsadi bo'lsa, buning uchun tegishli xatti-harakatlar, operatsiyalarni amalga oshirsa-yu, lekin zarur shart-sharoitlar yoki kerakli vositalarga ega bo'lmasa, unda kutilgan natijaga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun ham, faoliyati bevosita ta'lim-tarbiya ishlari samaradorligini ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan ta'lim-tarbiya muassalari faoliyati mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun sxemadagi barcha tarkibiy qismlar ishtirok etishi kerak. Rasmda keltirilgan tarkibiy qismlardan birortasi “ishlamasa”, faoliyat amalga oshmaydi. Faoliyatning rivojlanib borishida uning motivatsiyasi ham o'zgarmay qolmaydi. Masalan, mehnat yoki ijod faoliyatida vaqt o'tishi bilan yangi motivlar paydo bo'lishi mumkin, oldingilari esa ikkinchi rejaga o'tadi. Ba'zan, oldin faoliyat tarkibiga kirgan xatti-harakat undan ajralib chiqishi va mustaqil mavqega ega bo'lishi, o'z motiviga ega bo'lgan faoliyatga aylanishi mumkin. Bu holatda biz yangi faoliyatni dunyoga kelish faktini qayd etamiz. Yosh o'sib borishi, odamning rivojlanishi bilan uni faoliyatining motivatsiyasi ham o'zgarib boradi. Agar odam shaxs sifatida o'zgarsa, unda uni faoliyatining motivi ham o'zgaradi. Odamning jadal (progressiv) rivojlanishi motivlarning yanada ulug'lik tomon harakatlanishi, rivojlanishi bilan Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling