118
xarakterlanadi (organik motivlardan
moddiy motivlar tomonga, moddiydan
ijtimoiyga, ijtimoiydan ijodiyga, ijodiydan ma'naviyga).
Odamning har qanday faoliyati ichki va tashqi komponentlarga ega.
Ichki
komponentlarga, faoliyatni markaziy nerv sistemasi
tomonidan boshqarilishida
ishtirok etadigan anatomo-fiziologik tuzilishlar va jarayonlar,
shuningdek,
faoliyatni boshqarishda ishtirok etadigan psixologik jarayonlar va holatlar kiradi.
Tashqi komponentlarga faoliyatni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan
turli xil
harakatlarni kiritish mumkin.
Faoliyatning ichki va tashqi komponentlarining nisbati doimiy emas.
Faoliyatning rivojlanishi va o'zgarib borishi bilan tashqi komponentlarning ichki
komponentlarga
sistemali
o'tib
borishi
amalga
oshadi.
U
ularning
interiorizatsiyasi
va
avtomatizatsiyasi
bilan
kuzatib
boriladi.
Ichki
komponentlarning buzilishi bilan bog'liq
ravishda, faoliyatda qandaydir
qiyinchilikning
yuzaga kelishida, uning qayta tiklanishida, teskari (qayta) o'tish -
eksteriorizatsiya
amalga
oshadi.
Eksteriorizatsiyada
-
faoliyatning
avtomatlashtirilgan, qisqartirilgan
komponentlari orqaga qaytadi, tashqi ifodalana
boshlaydi, ichki komponentlar yana tashqi, ongli boshqariladigan bo'lib qoladi.
Shunday
qilib,
faoliyat
odamni
olam
bilan
bo'ladigan
o'zaro
munosabatlarining ko'plab tomonlarini o'z
ichiga olgan, murakkab va ko'p qirrali
mezondir. U ichki (psixik) va
tashqi shart-sharoitlar bilan belgilanadi,
turli
Do'stlaringiz bilan baham: