O'zbekiston respublikasi profi universitety


Tezda qaror qabul qila olmaslik (psixik holati) qat'iyatsizlik holati


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Tezda qaror qabul qila olmaslik (psixik holati) qat'iyatsizlik holati 
bo'lib hisoblanadi. Bu holat shaxsning umumiy psixologik passivligi, nerv 
jarayonlarining kuchsizligi, ularni harakatchanligining yetarli emasligi kabilarda 
namoyon bo'lishi mumkin. Qat'iyatsizlik biron bir temperament tipining xususiyati 
hisoblanmaydi. Biroq temperament qat'iyatsizlikning namoyon bo'lish shakliga 
ta'sir qiladi. Masalan, melanxolikning (o'ta) ehtiyotkorligi, flegmatikning 
sustkashligi, sangvinikning xovliqmaligi, xolerikning impulьsivligi kabilar qat'iyat-
sizlikning temperament xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan ayrim xususiyatlari 
bo'lishi mumkin. 
Qat'iyatsizlik ko'pincha yetarlicha ma'lumotga ega bo'lmaslik, tegishli 
malaka va ko'nikmalarning yetishmasligi bilan ham bog'liq. Qat'iyatsizlikning 
asosiy sababi ayni vaqtda bir xil qimmat, ahamiyatga ega bo'lgan qarama-qarshi 
motivlarning mavjudligi hisoblanadi. Bunday vaziyatlarda ayrim odamlar turli 
qarorlarni ketma-ket qabul qilishga, ularni almashtirishga, juda uzoq ikkilanishga 
va hech nima ustida to'xtamaslikka yoki bir vaqtning o'zida turli yo'nalishdagi 
qarorlarni qabul qilishga moyil bo'ladilar (“Boshga tushganini ko'z ko'rar”, “Bo'lsa 
besh, bo'lmasa o'n besh” tarzida). 


182 
Odamlarning o'z qat'iyatsizligiga munosabatlari turlicha. Ba'zi odamlar buni 
juda og'ir qabul qiladilar, boshqalari esa barcha holatlarda unga “bahona” (sabab, 
ro'kach, oqlovchi) topadilar, uchinchi toifalar esa bunday kamchilikka unchalik 
ahamiyat bermaydi. Shunga qaramay, qat'iyatsizlik barcha choralarni ishga solgan 
holda yengib o'tilishi lozim bo'lgan salbiy sifat hisoblanadi. U axloqiy salbiy va 
qonunga zid oqibatlar (qo'rqoqlik, jinoiy xatti-harakatsizlik va sh.k.)ga olib kelishi 
mumkin. 
Maqsadga 
intiluvchanlik 
psixik 
holat 
sifatida 
ongning 
asosiy, 
ahamiyatliroq maqsadlarga mujassamlashganligi bilan xarakterlanadi. Bu holat 
fiziologik nuqtai nazardan odamning barcha xatti-harakatlarini ko'zlangan 
maqadga erishishga bo'ysidiruvchi, dominantlarning yuzaga kelishi bilan 
xarakterlanadi. 
Dadillik (ishonchlilik) irodaviy psixik holat sifatida, faoliyatning dastlabki 
shart-sharoitlarni hisobga olgan holda rejalashtirilgan natijalari ehtimolini yuqori 
darajada kutishdir. Bu faoliyatning mahsuldorligini sezilarli darajada belgilab 
beruvchi holatdir. U faoliyatning borishiga ta'sir qiluvchi shart-sharoitlarni ob'ektiv 
baholash holati bo'lib, dastlabki ma'lumotlarni yakuniy maqsad bilan aloqasini aniq 
anglash, unga erishsa bo'lishligini (ba'zan intuitiv), uning realligini anglashdir. Bu 
bilan bog'liq ravishda, mazkur maqsadga erishish bo'yicha barcha faoliyatlarga 
ijobiy-hissiy munosabat yuzaga keladi, odamning ham jismoniy, ham psixik 
faolligi ortadi. Xushchaqchaqlik va tetiklik dadillikning hamrohlaridir. Dadillik 
holati maqsadga erishish uchun zarur bo'lgan vositalar (faoliyat predmeti va quroli, 
bilim, malaka, ko'nikma va jismoniy imkoniyatlar)ga egalikka bog'liq bo'ladi. 
Mavjud imkoniyatlar (zaxiralar, resurslar)ni bilish faoliyatni qiyinchiliklar 
yuzaga kelib qolgan sharoitlarda ham davom ettirishga hissa qo'shadi. Faoliyatni 
muvaffaqiyatli yakunlash ishonchsizlikni ham, o'ziga ortiqcha ishonib yuborishni 
ham yengib o'tishni talab qiladi. Manmanlik holatida odam o'z iimkoniyatlarini 
orttirib baholaydi va ob'ektiv qiyinchiliklarni yetarlicha baholamaydi (kamsitib 
baholaydi), o'zining qo'lidan kelmaydigan ishlarga aralashadi. Manmanlik holati 
vaqtinchalik (epizodik, vaqtinchalik erishilgan muvaffaqiyatlar natijasida yuzaga 
keluvchi) bo'lishi mumkin. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling