O'zbekiston respublikasi profi universitety
faoliyatga ta'sirining davomiyligiga
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sezgilarning hissiy toni
faoliyatga ta'sirining davomiyligiga bog'liq ravishda farqlanadi.
Hissiyot va hislarning sifatiy o'ziga xosligi odam tegishli hodisaga qanday munosabatda bo'lishiga ko'ra namoyon bo'ladi. Hissiyot va hislarda aks ettirilayotgan voqelik, qanchalik ahamiyatligiga bog'liq ravishda chuqur va sayoz hissiyotlar va hislar farqlanadi. Faoliyat faolligiga ta'sir ko'rsatishiga bog'liq ravishda hissiyot va hislar stenik (grek. sthenos - kuch) va astenik turlarga farqlanadi. Stenik hislar faol faoliyatga undaydi. Astenik hislar esa odamni holsizlantiradi, uning kuchini bo'g'ib qo'yadi. Faoliyat tuzilishida asosiy hissiyotlarni faoliyat maqsadini, uning strategik yo'nalganligini va ulardan kelib chiqadigan operatsional (amaliy) hissiyotlarni farqlash mumkin. Asosiy hissiyotlar individ turmush tarzining yo'nalganligini belgilaydi. Operatsional hissiyotlar esa – uni, faoliyatning turli shartlariga, erishish mumkin bo'lgan natajalarga munosabatini belgilaydi. Maqsadga erishishga yordam beradigan nimaiki bo'lsa ijobiy hissiyotni yuzaga keltiradi, unga halaqit qiluvchilar esa salbiy hissiyotni yuzaga keltiradi. Asosiy hissiyotlarning klassifikatsiyasi individning asosiy ehtiyojlari klassifikatsiyasi bilan mos keladi. Hosila hissiyotlar esa klassifikatsiya qilinmaydi 188 - ular odamlar hayotiy faoliyati qanchalik xilma-xil bo'lsa, shunchalik xilma-xildir. Hosila hissiyotlar ko'zlangan maqsadga erishishning eng samarali yo'nalishlarini belgilab beradi, buning uchun eng ahamiyatli bo'lgan vosita va sharoitlarni aniqlaydi. Yetakchi emotsional - boshqaruv mexanizmi, bu muvaffaqiyatga erishish - muvaffaqiyatsizlik hissiyotidir. Muvaffaqiyat hissiyoti maqsadga erishishning boshlang'ich qo'zg'atuvchilarini kuchaytiradi, muvaffaqiyatsizlik hissiyoti esa tormozlaydi, gohida hatto faoliyatni ham izdan chiqarishi mumkin. Quvonch, hayrat, qoniqishning mumkin bo'lgan barcha ko'rinishlari bir tomondan, muvaffiqiyat - muvaffaqiyatsizlikning asosiy hissiyotlarini o'zida namoyon qiladi. Odam o'zi duch kelishi mumkin bo'lgan muvaffaqiyati va muvaf- faqiyatsizligi, quvonch va tashvishlari tajribalarini umumlashtiradi. U hamisha “ovvora bo'lishga arziydimi yoki yo'qmi”ligini ma'lum darajada aniq belgilab olishga qodir. Favqulotda vaziyatlarda muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik hissiyotlari hayratlanish, qo'rquv yoki g'azab affektlariga o'zgaradi. Shunday qilib, barcha hissiyotlar mazkur odam uchun turli hodisalarning biologik yoki ijtimoiy asoslangan ahamiyatliligi vektori (yo'nalishi) bo'yicha tuzilgan bo'ladi. Hissiyotlar mazmuniy o'ziga xosligiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: 1) sezgilarning hissiy plani; 2) hissiy javob (xayrixohlik hissi); 3) kayfiyat; 4) nizoli emotsional holatlar: stress, affekt, frustatsiya; 5) oliy hislar - his. Turli sezgilar (hid, rang, tovush va sh.k.) biz uchun yoqimli, neytral yoki yoqimsiz hisoblanadi. Sezgilarning hissiy toni - bu bizning sezgilar sifatiga munosabatimiz, ob'ektning ehtiyojli xususiyatlarini psixik aks ettirishdir. Bizga gullarning hidi, sharsharaning shovqini, ufqdagi osmon rangi va shu kabilar yoqadi, lekin aynigan hid, tormozlarning g'ijirlashi yoqmaydi. Ayrim qo'zg'atuvchilar ta'siriga hatto organik og'riqli jirkanish - idiosinkraziya 1 yuzaga keladi. Hayotiy ahamiyatga ega bo'lgan qo'zg'atuvchilarga hissiy munosabatda bo'lish nasldan-naslga beriladi. Bu organizmning zararli (zaharli) ob'ektlarga ilk bor duch kelgan vaqtdayoq unga tegishli munosabatda bo'lishni ta'minlaydi. Turli ta'sirlarning emotsional (hissiy) toni, xotirada mustahkamlanadi, keyinchalik esa turli idrok va tassavvurlarda ishtirok etadi. Emotsional (hissiy) xotira, odamning hissiy tajribasi, tushunarli ma'lumotlar taqchilligi sharoitlarida ish tutish zarur bo'lib qolgan holatlarda muhim rolь o'ynaydi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling