190
4 §. Nizoli emotsional holatlar
(stress, affekt, frustratsiya)
Stress (lot.
strees -zo'riqish) - o'ta kuchli qo'zg'atuvchi ta'sirida
yuzaga
kelgan, nerv-psixik ortiqcha zo'riqish. Stress - juda qiyin, xavfli holatlardan chiqish
yo'lini topish, o'ta murakkab sharoitlarga moslashish uchun organizm
kuchlarini
ommaviy safarbar qilishdir.
O'ta kuchli qo'zg'atuvchilar - stressorlar vegetativ o'zgarishlarni yuzaga
keltiradi (tomir
urishi tezlashadi, qonda qand miqdori ortadi va sh.k.) - organizm
jadal xatti-harakatlarga tayyorlanadi. O'ta og'ir sharoitlarga
javoban odam himoya
reaktsiyalari kompleksi bilan javob beradi.
Individ hayoti uchun xavfli bo'lgan barcha holatlarda so'zsiz stress yuzaga
keladi. Surunkali stress holati, hayot uchun xavfli vaziyatlarda uzoq muddat qolib
ketish orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Stress sindromi ko'pincha odam istiqboli
uchun xavfli vaziyatlarda ham yuzaga kelishi mumkin. Bu holatlarda u qo'rqoqlik,
kasbiy nomutanosiblik va shu kabilar bilan o'zini sharmanda bo'lishidan qo'rqadi.
Stress holatiga o'xshash
holatlar, muntazam hayotiy muvaffaqiyatsizliklar tufayli
ham yuzaga kelishi mumkin.
Stress tushunchasi kanadalik olim Gans Selьe (1907-1982) tomonidan ilmiy
muomalaga kiritilgan. U,
stressga organizmning jismoniy va psixik shikast
yetkazishi mumkin bo'lgan ta'sirlarga nisbatan bildiradigan adaptatsion -
himoya munosabatlari majmui, deb ta'rif beradi.
Stressli holatlarning rivojlanishida G.Selьe uch bosqichni farq-laydi:
1) xavotirlanish (hayajon); 2) qarshilik ko'rsatish; 3) tugash (tamom bo'lish).
Xavotirlanish munosabati shok bosqichi (fazasi) (markaziy nerv sistemasi
depressiyasi) va shokka qarshi bosqichdan (buzilgan
psixik funktsiyalar qayta
tiklanishi fazasidan) tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: