O'zbekiston respublikasi profi universitety
internallar - faqat o'ziga ishonuvchi (tayanuvchi)lar, va eksternallar
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
internallar - faqat o'ziga ishonuvchi (tayanuvchi)lar, va eksternallar - aksariyat
hollarda boshqalarning yordamiga tayanuvchilardir. Stress hayot uchun xavfli, lekin uning uchun zarur ham: avstress (“yaxshi stress”) holatida individning adaptatsion mexanizmlari ishlab chiqiladi. Agar stressli vaziyatlar, odamlar guruhiga, muvaffaqiyatiga xavf solgudek bo'lsa, unda birikkanlik darajasi past (kam) bo'lgan guruhlarda guruhli dezintegratsiya ro'y beradi. Ularda rahbar rolini faol (oshkora) tan olmaslik, sheriklari shaxsiga betoqatsizlik yuzaga keladi. Shuning uchun ham, fosh qilinish xavfi tug'ilganda jinoiy guruh a'zolari o'rtasidagi bog'liqlik (aloqa) buziladi, guruh ichida bir-birini “g'ajish” yuzaga keladi. Guruh a'zolari yuzaga kelgan nizoli vaziyatdan chiqishning individual yo'llarini qidirishga tushib qoladi. Stressli vaziyatlardan noadaptiv “chiqish” ham mumkin, bunda individ o'z faolligini ikkinchi darajali muammolarni hal qilishga yo'naltiradi, “hayot tashvishlari”dan o'z ishtiyoqlari (qiziqishlari) olamiga yoki hatto xayolot va ro'yobga chiqmaydigan orzular olamiga kirib ketadi. Shunday qilib, stress - ham inson imkoniyatlarini safarbarlashtiruvchi (avstress), ham ruhiy siqilish, ezilish holatini yuzaga keltiruvchi (distress - ingl. distress - g'am, qayg'u, toqatning toq bo'lishi) ta'sir ko'rsatishi mumkin. Odamda adaptiv xulqni shakllantirish uchun, unda uning og'ir vaziyatlarda bo'lish tajribasini (yig'ish) orttirish, ulardan chiqa olish usullarini o'zlashtirish zarur. Avstress individning hayotiy qiyinchiliklarni yengib o'tishga hayotiy kuchlarini safarbar qilinishini ta'minlaydi. Biroq, organizmning strategik psixofiziologik himoya zaxiralaridan faqat xal qiluvchi hayotiy vaziyatlarda foydalanish kerak: hayot yo'lida duch kelinadigan qiyinchiliklarni adekvat baholash va bosh (haqiqiy) hayotiy “jang” uchun vaqt va joyni to'g'ri belgilay olish zarur. Salbiy - stressli hodisalar, individ yoki ijtimoiy jamoaning uzoq vaqt me'yoriy noma'lumlik, cho'zilgan qadriyatli qarama-qarshilik, ijtimoiy ahamiyatli maqsadlarning, qiziqishlar va intilishlarning turli xil yo'nalganligi, me'yorlar nizoliligi sharoitida qolganligi tufayli yuzaga keladi. Ijtimoiy guruhning uzoq vaqt izolyatsiyada qolishi ham stressogen xarakter kashf etishi mumkin. Bunda guruh ichida hamkorlik darajasi pasayadi, shaxslararo tarqoqlik, ayrim individlarning egotsentrik chetlashishi (o'zi bilan o'zi ovora bo'lish) yuzaga keladi. Vaziyat “portlash” holatiga tushib qoladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling