O'zbekiston respublikasi profi universitety
Intellektual hislar. Bilish quvonchi
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hissiyot va hislarning qonuniyatlari
Intellektual hislar. Bilish quvonchi - bu shunday kuchli hiski, uni his qilish
uchun odamlar koinotga intiladilar, ummon tubiga tushadilar, hayotini garovga qo'yib, tavakkal qiladilar va ko'plab hayotiy ehtiyojlarining qondirilishidan ham voz kechadilar. Bilish ehtiyojlarining yuzaga kelishi va qondirilishi maxsus (alohida) psixik holat, intellektual hislar: sinchkovlik va qiziquvchanlik bilan bog'liq. Sinchkovlik - (bilishga intilish) - ongning u yoki bu muammoli vaziyatlardagi noaniqlikni bartaraf etishga yo'naltirilganligidir. Masalan, ko'chada ro'y bergan biron-bir hodisa (yo'l harakati hodisasi) olamonni o'ziga jalb qiladi, xonaga kirib kelgan g'ayriodatiy odamlar, o'tirganlar e'tiborini o'ziga qaratadi - bu holatlarning barchasida sinchkovlik holati asosida yotuvchi, “bu nima” refleksi (oriyentirlovchi refleks) o'z ta'sirini ko'rsatadi. Sinchkovlik holati u qondirilganidan so'ngroq tezda g'oyib bo'ladi, u narsa- hodisalarni keyinchalik yanada chuqurroq bilib olish uchun asos bo'lib xizmat qilmaydi. Odamning madaniy darajasi, psixik rivojlanganlik darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, u shunchalik qiziquvchan bo'ladi. Qiziquvchanlik - shaxsni bilish yo'nalganligining turg'un holatidir. 199 Odamning eng (qadrli) qimmatli intellektual hislaridan biri, erishgan bilimlaridan, ulardan his qilgan bilish lazzatidan qoniqmaslikdir. Odamning barcha his va hissiyotlari o'zaro bog'liq - ular shaxsning emotsional jihatini tashkil qiladi. Hissiyot va hislarning qonuniyatlari Hissiyot va hislarning yuzaga kelishi yoki yo'qolishi shartli refleksning shakllanishi hamda amal qilishining barcha qonuniyatlariga bo'ysungan bo'ladi. Bir ob'ektga nisbatan shakllangan his, ma'lum darajada shu toifa, shu hildagi ob'ektlarning barchasiga ko'chib o'tadi. Shunday qilib, hislarning qonuniyatlaridan biri, bu ularning umumlashganligi va boshqa ob'ektga ko'chishi mumkinligidir. Hissiyotning boshqa qonuniyati - uzoq muddat ta'sir etayotgan qo'zg'atuvchi ta'siri ostida hislarning o'tmaslashuvi. Har qanday qo'shiq ham, agar uni har qayerda tinglanaversa tinglovchilarni joniga tegadi. Tez-tez takrorlanaveradigan hazil ham keyinchalik kulgili bo'lmay qoladi. Yangi hislarni yuzaga keltiruvchi ta'sirlar, odatda oldingi, jonga tekkan ta'sirlardan afzalroq bo'ladi. Ijobiy hislar ham, salbiy hislar ham o'tmaslashadi. Odam ma'lum darajada hamma narsaga, jumladan salbiy ta'sirlarga ham (yoqimsiz hidga, xunuk tasvir, rasmlarga, noqulay sharoitlarga va sh.k.) ko'nikib ketadi. Salbiy hislarning o'tmaslashuvi xavflidir, chunki ular noqulay, nomaqul vaziyatlar haqida ogohlantirib, ularni o'zgartirishga undab turadi. Har xil qo'zg'atuvchilar ta'siri ostida yuzaga keladigan turli xil hislar, bir- birlari bilan taqqoslanadi va ular bir-biriga ta'sir qiladi, o'zaro aloqada, bog'liqlikda, ta'sirda bo'ladi. Masalan, bir shaxsning nojo'ya xatti-harakati tufayli yuzaga kelgan alam, o'kinch, hissi, agar u ayni vaziyatda boshqa bir odamning olijanob xatti-harakatiga qarama-qarshi qo'yilsa, u xaddan tashqari kuchayadi. Ehtiyoj so'ndirilganidan (qondirilmaganidan) so'ng, u qondirilsa yanada kuchliroq his etiladi. Roman qahramonlarining taqdiri qanchalik og'ir, ayanchli bo'lsa, uni muvaffaqiyatli yakuni, shunchalik quvonchli idrok qilinadi. Bu hislarning Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling