O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Praksik hislar (grek. praxis - tajriba, amaliyot) - amaliy faoliyatda yuzaga 
keladigan hislar. Faoliyat turlari qancha bo'lsa, praksik hislar turlari ham shuncha 
bo'ladi. 
Har qanday faoliyat, uning maqsadi va unga erishish vositalariga nisbatan 
bo'lgan ma'lum bir munosabat bilan bog'liq bo'ladi. Antropogenez jarayonida, 
odamda, mehnatga ehtiyoj, nafaqat mehnat natijalariga, balki mehnat jarayoniga 


196 
nisbatan ham emotsional munosabat shakllanadi. Bu jarayonda, to'siqlarni yengib 
o'tar ekan odam o'zini tasdiqlaydi, o'zining psixik va jismoniy imkoniyatlarini 
takomillashtiradi. 
Mehnatning ijod, yangilikni qidirish bilan bog'liq bo'lgan turlari ayniqsa 
emotsional bo'ladi. Mehnat jarayonidagi aqliy va jismoniy zo'riqishlar emotsional 
kechiniladi. Mehnatda - odam o'z ehtiyojlarini qondiradi. Uning maqsadga erishish 
bilan bog'liq bo'lgan, quvonch hissi - mehnatda shakllanadi. 
Axloqiy hislar - shaxsning o'z xulqi va boshqa odamlar xulqiga nisbatan 
(ularning ijtimoiy me'yorlarga mos kelishi yoki mos kelmasligiga bog'liq ravishda) 
bo'ladigan emotsional munosabatidir. Axloqiy hislar mazkur jamiyat tomonidan 
ezgulik va yovuzlik, burch va sadoqat, haqqoniylik va nohaqlik kabilarni qanday 
tushunilishiga asoslanadi. Mazkur jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan qoidalar va 
xulq me'yorlarining majmui axloq deyiladi. Bu qoida va me'yorlar nazariyasi - 
etika deb, ularning amalga oshirish esa axloqiylik deb ataladi.
Axloqiy hislar insonni o'zini-o'zi boshqarishining oliy mexanizmini 
(“ichimizdagi axloqiy qonun”), shaxs xulqining ixtiyorsiz motivatsion jihatlarini 
tashkil qiladi. Odamning xulqi, uning ustivor axloqiy hislari, uning oliy ongi - 
super 
yegosining 
shakllanishi 
orqali 
rivojlanadi 
va 
moslashtiriladi 
(modifikatsiyalanadi). 
Axloqiy hislarning boshqaruvchilik roli birlamchidir. Ular o'z ostiga aql, 
idrok asoslarini ham olishi mumkin. Shaxslararo munosabatlarda ular hal qiluvchi 
rolь o'ynaydi. Odam hissiyot ta'siri ostida u yoki bu qilmishni amalga oshirar ekan, 
shubhasiz, oqibatda, u bundan pushaymon bo'lishi va afsuslanishi mumkin. 
Ko'pincha u emotsional zararlanish (zaharlanishi) va ta'sirga berilish (vnusheniye) 
qurboni bo'lib qoladi. 
Muhitning o'zi ko'plab qarama-qarshi jihatlarga ega bo'ladi, odamlar esa bu 
jihatlarni turlicha boholaydi. Ba'zi bir odamlar uchun ma'qul bo'lgan narsalar, 
boshqalar tomonidan qoralanadi. Haqiqiy qadriyatlarni o'tkinchilaridan farqlay 
oladigan, ijtimoiy hodisalar rivojlanishini to'g'ri kuzatib bora oladigan, 
vaqtinchalik qadriyatlarga berilmaydigan, o'tkinchi huzur halovatlarga mahliyo 
bo'lmaydigan odamlar ko'proq moslashuvchan bo'ladilar. Bunday odamlarning 
hisslari chuqurligi va qat'iyligi bilan farqlanadi.
Odamning xulqi, uning xohish-istaklari, intilishlari va ehtiyojlarini ro'yobga 
chiqarish tajribasi bilan belgilanadi. Individning ko'plab xohishistaklari va 
ishtiyoqi, hamisha ham voqelikda ro'yobga chiqavermaydi. Psixoanalitik ta'limotga 
ko'ra, ular ong ostiga kiritilib yuboriladi va u yerdan odamning xulqiga (spontan) 
ta'sir qiladi. Real voqelik bilan murosaga (kompromissga) kelolmagan, ong ostiga 
kiritib yuborilgan xohish va istaklar, odam psixikasida o'zini-o'zi ro'yobga 
chiqarishga talpinayotgan, tashqi olamga begona va hatto dushman bo'lgan parallel 
olamni paydo qiladi. 
Parallel olamlardagi bunday qarama-qarshiliklar (kolliziyasi)ning keskin 
namoyon bo'lishi, shaxsning komplekslashganligini, uni voqelikning ayrim 
jihatlariga ko'tarinki affektiv reaktivlikda bo'lishini ta'minlaydi. Bunday holatlarda 
hissiyot aqldan ustunlik qiladi. Bundan tashqari, aqlning o'zi ham ko'rsatilgan 
(tegishli) komplekslashganlikka xizmat qilishga moslashib oladi.


197 
Individual o'zini-o'zi boshqarish mexanizmlarining sezilarli qismi, nafaqat 
tashqi kuzatuvdan, balki sub'ektning o'zidan ham yashirin bo'ladi. Bunday 
holatlarda har bir shaxs o'zining birlamchi (avvalgi) tajribalaridan kelib chiqqan 
holda, o'zini o'rab turgan real muhit bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlarida 
doimiy emotsional zo'riqishni his qiladi. Uning quvvatli psixofiziologik zaxiralari, 
lozim bo'lgan yechimini (chiqish yo'lini) topa olmay individni ichki zo'riqqanligini 
yuzaga keltiradi. Individ yetarlicha ijtimoiylashmagan holatlarda oldindan 
tormozlanib kelingan hislarga erk berar ekan, u turli mayda guruhlarga, submada-
niyatlarga, oqimlar va o'ta asotsial (margenal) tomonlarga intiladi.
Individning xulqi va ongi o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlik yo'q. 
Axloqlilikka o'rgatib bo'lmaydi - ma'naviy qoidalar faqat “Hislar daraxti”gagina 
singdirilishi mumkin. Axloqiy odam - yomon qiliqni qilishdan qo'rqadigan odam 
emas balki, yaxshi qiliqlarni qilishdan katta zavq-shavq, qoniqish oladigan 
kishidir.
Axloqiylikni ruhning ichki nazoratchisi (mirshabi)dek talqin qilish shart 
emas. Axloqiylik bu o'z mohiyatiga ko'ra erkindir. Hammani yagona xulq axloq 
kodeksiga bo'ysindirishga intiluvchi totalitarizm o'zidan keyin faqat ommaviy 
asotsial og'ishlarni qoldiradi xolos.
Odam, o'zining insoniy majburiyatlarini o'z zimmasiga ixtiyoriy va quvonch 
bilan olishi kerak. Axloqiy xulq faqat tashqi taqiblar, chegaralashlar tizimigagina 
asoslanishi kerak emas, ular shaxsning qator axloqiy ustanovkalari ostida 
yaratiladi. Odam faqat erkin parvoz qilgandagina farishtaga, zo'rlash, majburlash 
sharoitida esa u ajdarhoga aylanishi mumkin. 
Do'q-po'pisalar axloqiy odamni shakllantirmaydi: ular ijtimoiy hayotning 
insoniy talablarida, atrofdagi odamlarning ijtimoiy mas'uliyatlilik (javobgarlik) 
darajasi yuqori bo'lgan, o'zlarining ijtimoiy burchlarini so'zsiz bajaradigan odamlar 
muhitida axloqiy shakllanishi mumkin. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling