O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Estetik hislar
- Fojea hissi
Burch hissi - odam tomonidan ijtimoiy majburiyatlarni anglash va qabul
qilishdir. Burch hissi vijdon va shon-sharaf hislari bilan munosib keladi. Vijdon - shaxsning o'zini-o'zi axloqiy nazorat qila olishga qodirligi, o'zini- o'zi axloqiy anglash mezonidir. Shon-sharaf (izzat-hurmat) hissi – xulqning, mazkur jamiyat uchun va shaxsning o'zi uchun ham ahamiyatli bo'lgan jihatlariga nisbatan o'ta emotsional sezgirlik. Burch hissi, ijtimoiy javobgarlik, mas'uliyatlilik, vijdon va shon-sharaf hissi, ijtimoiy adaptatsiyalashgan xulqning asosini tashkil qiladi. Bu axloqiy hislarning barchasi shaxsning ko'tarinki o'zini-o'zi nazorat qilishi, uning ma'naviy o'zini-o'zi tuzishi (qurishi)dir. Murakkab (og'ir) vaziyatlarda axloqiy qarorlarni qabul qilish - bu individni o'zining insoniy mohiyatini tasdiqlashidir. Estetik hislar (grek. aisthetiros - sezuvchi, his qiluvchi) - atrofdagi o'rab turgan narsalar olami va ijtimoiy muhitdagi go'zallikni his qilish, idrok qilish, go'zallikka qadriyatli ahamiyat berish. 198 Go'zallikni, narsalar va hodisalarning nafisligini, san'at asarlarining badiiy qimmatini idrok qilish va baholay olish - individni psixik rivojlanganligining asosiy ko'rsatkichlaridan biridir. Estetik hislar ko'p jihatdan san'at vositalari orqali shakllantiriladi. San'at - voqelikning muhim jihatlarini obrazli aks ettirilishi bo'lib - odamning ideallashtirilgan voqelikni aks ettirilishini simvolli tushuna olish qobiliyatiga mo'ljallangan. Odamning hayoliga tayanar ekan, san'at bevosita tajriba doirasini kengaytiradi, odamning ideal intilishlarini shakllantirish vositasi bo'lib xizmat qiladi. San'at odamning ma'naviy olamini boyitadi, uni kundalik hayotdan (hayot tashvishlaridan) yuqori qo'yadi va o'zining eng yuqori ko'rinishlarida katarsis (grek. katharsis - tozalanish)ni, emotsional to'lqinlanish orqali ruhan (ma'naviy) qayta tug'ilishni amalga oshiradi. Haqiqiy san'at asarlari axloqiy imkoniyatlarni (potentsiallarni) tashuvchisi bo'lmish, tegishli (munosib) xulqiy ustanovkalarni shakllantiradi. Estetik hislar nafaqat go'zallik va xunuklikni his qilishdagina emas, balki komik va tragik (quvnoq va fojiali) kechinmalarni his qilishda ham namoyon bo'ladi. Kulgili, komik holatlar odatda qandaydir kutilmagan nomutanosib vaziyatlarda yuzaga keladi. Yumorda jiddiy narsalar kulgili niqoblar ostida ifoda etiladi. Komik hodisalarni idrok etish, ekspressiv hissiyot - psixik yengillashishning ixtiyorsiz reaktsiyasi, kulgi bilan kuzatiladi. Lekin, hamma narsaning ustidan kulib bo'lmaydi. Odamlarning qayg'u- alami, tashvishi, azoblanishi va ijtimoiy qadriyatlarning buzilishi ustidan kulinmaydi. Bu o'rinda, yana bir estetik his – fojeani ham farqlab o'tish joiz. Fojea hissi - bu ko'tarinki - hayajonli his, beqiyos, bebaho va yuqori qadrlanadigan narsasini yo'qotish hissi. Bu his ham, shaxsning o'zini-o'zi qayta qurishi, hayotiy chidamliligining tasdiqlanishi, uning taqdir zarbalaridan bukilmasligi kabilar bilan bog'liq. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling