O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Guruhli jamoalar - tarkibining gomogenligi (bir turliligi), tuzilishli-
differentsial tashkil etilganligi, faoliyatining yo'nalganligi bilan ajralib turadi. 
Ommaviy jamoalar yorqin ajralib turuvchi chegaraga ega bo'lmaydi. 
Ularning mavjudligi vaziyatli shartlangan, tarkibi esa - turli xil, tuzilishi tashkil 
qilinmagan bo'ladi. Bular keng harakatlar ishtirok-chilari, ommaviy axborot 
vositalari auditoriyasi, ommaviy madaniyat, ommaviy mahsulotlar va xizmatlar 
iste'molchilari, turli xavaskorlik jamoalari (estrada yulduzlari muxlislari, sport 
klublari ishqibozlari va b.q.). 
Ijtimoiy jamoalarning katta va kichik, turg'un va impulьsiv, guruhlangan va 
guruhlanmagan, kontakt va dispers va boshqa turlari farqlanadi. 
Ijtimoiy jamoalar turli qadriyatli tasavvurlar va xulq me'yorlarining 
tashuvchisi hisoblanib, ijtmoiy-madaniy faoliyat sub'ekti sifatida mavjud bo'ladi. 
Har bir ijtimoiy jamoada ijtimoiy qadriyatlar bilan bir qatorda guruhli xulq 
me'yorlari haqida turg'un tasavvurlari, o'zining odatlari va axloqi, ijtimoiy nazorat 
bilan qo'riqlanadigan, umum qabul qilingan xulq me'yori doirasidan chiqishning 
ma'lum chegaralari bo'ladi. 
Ijtimoiy nazorat - ijtimoiy guruhlar va jamoalarning shaxsga, uning 
ijtimoiy ahamiyatli xulqining ijtimoiy me'yorlar asosida boshqarish maqsadida 
ta'sir qilish usullari tizimidir. Ijtimoiy nazorat ijtimoiy tizimning turg'unligini 
ta'minlab turadi. Shu maqsadda tegishli ishtimoiy nazorat institutlari - 
jamoatchilik, ma'muriy va huquqiy tashkilotlar tuziladi.
Ijtimoiy nazorat, ijtimoiy boshqaruv elementi sifatida teskari aloqa 
tamoyiliga ko'ra ishlaydi va ijtimoiy og'ishlarning o'sishiga keskin munosabat 
bildiradi. Ijtimoiy og'ishlarning jadalligiga bog'liq ravishda jamoa yoki ijtimoiy 
guruh ijobiy yoki salbiy ijtimoiy sanktsiya qo'llaydi.
Sanktsiyalarning samaradorligi ularning adekvatligi va differentsiya-
langanligiga bog'liq bo'ladi. Ijtimoiy guruh qanchalik kam rivojlangan bo'lsa, unda 
salbiy sanktsiyalar - jazolashlarning miqdori shunchalik ko'p bo'ladi. Guruh 
ijtimoiy rivojlanganlik darajasining yuqoriligi guruh a'zolarida o'zini-o'zi nazorat 
qilishning 
shakllanganligi, 
ularning 
mazkur 
guruhga 
va 
sotsiumga 
integratsiyalanganligi bilan xarakterlanadi. 
Ijtimoiy nazorat hukumat (hukmronlik) mexanizmidan keng qo'lamda 
foydalanish bilan bir qatorda, norasmiy kanallar - ommaviy kommunikatsiya 
vositalari yordamida tegishli ijtimoiy fikrni shakllantirish, u yoki bu ijtimoiy 
qadriyatlarni kuchaytirish orqali ham amalga oshiriladi. 
Shakllanayotgan shaxs a'zo bo'lgan ijtimoiy guruh, shaxsning ijtimoiy tipi 
shakllanishining xal qiluvchi sharoitlardan biri hisoblanadi. Muhitning talabi 
shaxsning o'ziga qo'ygan talabiga aylanadi. Biroq sotsium talabi shaxs uchun faqat 
tashqi talab ham bo'lishi mumkin. Agar ijtimoiy nazorat, shaxsning o'zini-o'zi 
anglashi bilan o'zaro munosabatda bo'lmasa, shaxs ijtimoiy nazorat ostidan chiqib 


209 
ketadi. Ijtimoiy guruh ijtimoiy nazorat sanktsiyalarini belgilabgina qolmay, balki, 
shaxsda tegishli o'zini-o'zi anglashni ham shakllantiradi. 
Har bir referent (shaxs uchun ahamiyatli bo'lgan) guruh albatta shaxsning 
shakllanishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Agar guruh ijobiy ijtimoiy me'yorlar va 
qadriyatlar asosida faoliyat ko'rsatadigan bo'lsa, bu shaxsning shakllanishiga ijobiy 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling