O'zbekiston respublikasi profi universitety
§. Ijtimoiy tashkillashtirilmagan va ijtimoiy tashkil qilingan jamoalarda
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
3 §. Ijtimoiy tashkillashtirilmagan va ijtimoiy tashkil qilingan jamoalarda
odamlar xulqi Quyida tashkillashtirilmagan ijtimoiy jamoalarning muhim xususiyatlarini ko'rib chiqamiz. Bunday jamoalar turlaridan biri - olomondir. Olomon - vaziyat asosida bir-birlari bilan o'zaro, bevosita aloqada bo'luvchi va ular uchun ahamiyatli bo'lgan ta'sirlarga psixik ta'sirlanish (zaharlanish) yo'li bilan identik munosabatda bo'luvchi odamlarning vaqtinchalik tashkil etilmagan to'planishidir. Olomon sharoitida, odamlarning xulqi qator psixik xususiyatlar bilan farqlanadi: - shaxsning qisman deindividualizatsiyasi ro'y beradi, sodda (primitiv) hissiy-impulьsiv munosabatlar ustunlik qiladi; - odamlarning taqlidchilik faoliyati keskin kuchayadi, ularning, o'z xatti- harakatining olib kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarini oldindan ko'ra bilishi pasayadi; - odamlar o'z xatti-harakatlarining haqqoniy, qonuniy ekanligini orttirib baholaydilar, ularning xatti-harakatlarini tanqidiy baholashlari pasayadi, mas'uliyatlilik hissi o'tmaslashadi, anonimlik hissi ustivorlik qiladi. Ya'ni, unda shaxsning “shaxsiy javobgarligi” va “ijtimoiy nazorat” keskin pasayadi (deyarli bo'lmasligi ham mumkin). U yoki bu vaziyat tufayli yuzaga kelgan umumiy emotsional zo'riqish fonida, olomonga kiruvchi odamlar psixik ta'sirlanish (zaharlanish)ga tezda beriluvchan bo'lib qoladi. Olomon gapirmaydi va yig'lamaydi, balki shovqinsuron ko'taradi, o'kiradi. U dahshatlidir, “ezgu niyatlar” bilan ruhlangan olomon, o'z yo'lida hatto ilohiy narsalar duch kelib qolsa ham bosib, ezib o'tib ketishi mumkin! Olomonda, odam anonimlik hissini o'zlashtiradi, ijtimoiy nazoratdan o'zini- o'zi ozod qiladi. Bular bilan bir qatorda, olomon sharoitida individlarning konformligi (boshqalar ta'siriga beriluvchanligi), ularning olomon taklif etayotgan xulq modeliga yon bosuvchanligi keskin ortadi. Jo'shqin hissiyotlarga ehtiyoj sezadigan shaxslar, tasoddifiy olomonga oson kirishib ketadi. Ma'lum bir etnomadaniyat xususiyatlariga, impulьsivlik va hissiy labillikka ega bo'lgan odamlar ekspressiv olomonga oson kirishib ketadi. Bunday olomon ritmik ta'sirlarga - marshlarga, notiqlikka, qiroatli shiorlarga, ritmik jestikulyatsiyalarga oson beriladi. Olomonning bunday toifasi xulqiga o'yingohlardagi ishqibozlarning xulqi misol bo'lishi mumkin. Ekspressiv olomon osongina tajovuzkor toifadagi harakatdagi olomonga aylanib ketadi. Uning xulqi tajovuz ob'ektiga nafrat bilan belgilanadi va tasoddifiy Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling