O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

xulqi usulini belgilab beradi.
Shunday qilib, guruh ichidagi munosabatlar tizimida uni a'zolarining o'rni va 
mavqei, statusi, roli, guruhning ijtimoiy-psixologik dinamikasi - uni yuzaga 
kelishi, rivojlanishi, guruhli boshqarish, guruh ichidagi munosabatlar, guruhli 
me'yor va guruhli nazorat kabilar kichik guruhlarning asosiy hodisasi 
(fenomenologiyasi) hisoblanadi. 
Kichik guruh a'zosining pozitsiyasi - uni guruh ichidagi hodisalarga 
munosabatining turg'un tizimidir. Pozitsiyaning yetukligi uning turg'unligi, 
ziddiyatsizligi va ijtimoiy ahamiyatliligi bilan belgilanadi. 
Guruh a'zosining statusi (guruhli status) - guruh a'zosining guruh ichidagi 
munosabatlarda tutgan o'rni, mavqei, uning guruhdagi obro'sidir. 
Rolь - individ tomonidan bajarilayotgan ijtimoiy funktsiya, individning 
shaxslararo munosabatlar tizimidagi xulq uslubi (etakchi, lider, autsayder va 
boshqa rollar). 
Guruhning yuzaga kelishi va unga yangi a'zolarning kirishi, guruhni tashkil 
topish jarayoni va shaxsning guruh ichidagi adaptatsiyasi bilan bog'liq. Guruhli 


219 
me'yor va guruhli qadriyatlar, ya'ni shu guruhda nima ko'proq ahamiyatli, istiqbolli 
bo'lsa, shular guruh hayotiy faoliyatini boshqaruvchi asos bo'lib xizmat qiladi. 
Guruhli me'yorlar boshqaruvchi, baholovchi, sanktsiyalovchi va stabil-
lashtiruvchi turlarga bo'linadi. Boshqaruvchi me'yorlar - bular: standartlar, guruh 
ichidagi o'zaro munosabatlar namunasi, guruh a'zolari xulqiga qo'yiladigan guruhli 
talablardir. 
Guruhli me'yorlar ularning majburiylik darajasiga ko'ra farqlanadi. Oliy 
darajadagi me'yorlarning buzilishi mumkin emas, u eng qattiq guruhli sanktsiyalar 
bilan jazolanadi. Majburiyligi o'rtacha darajada bo'lgan me'yorlarning arzimagan, 
sezilarsiz darajada buzilishiga yo'l qo'yiladi. Majburiylik darajasi quyi bo'lgan 
me'yorlar - bu guruhli xulq usulini (stilini) belgilab beradigan me'yorlardir. 
Eng yuqori darajada rivojlangan, qadriyatlari va me'yorlari umum-ijtimoiy 
talablarga mos keladigan guruh - jamoa deyiladi. Guruh qanchalik yuqori ijtimoiy 
rivojlangan bo'lsa, u shaxs rivojlanishiga shunchalik ijobiy ta'sir ko'rsatadi. 
Guruhning korporatsiya darajasigacha pasayishi, uni a'zolarining ijtimoiy 
destabilizatsiyasiga, ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning nizoli bo'lishiga olib 
keladi. 
Guruh a'zolari xulqiga uning kattaligi va tuzilishi, individual tarkibining 
o'ziga xosligi ta'sir ko'rsatadi. Deyarli bir xil shaxsiy tarkibdan tashkil topgan 
guruh - gomogen, turli xil shaxslardan iborati - geterogen guruh deyiladi.
Rasmiy guruhlarda guruh hayotini tashkil qilish guruh rahbari tomonidan 
amalga oshiriladi. Guruhdagi norasmiy shaxslararo munosabatlarni boshqarish esa 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling