O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
Ijtimoiy - ijobiy guruh individning ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga
kuchli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bu guruhlarga kirar ekan, bola tug'ilganidanoq, ulardan o'zi uchun zarur bo'lgan ijtimoiy tajriba komponentlarini, insoniy madaniyatni o'zlashtirib oladi. Ijtimoiy guruhlarda individning turli qobiliyatlari ro'yobga chiqadi. Ularda, individ o'z o'rnini, o'z qadrini biladi, o'zining kuchli va zaif tomonlarini anglaydi. Biroq, ijtimoiy guruh individ imkoniyatlarini nafaqat kuchaytirishi, balki bosib tashlashi ham mumkin. Guruh tomonidan individ imkoniyatlarining bosib tashlanish effekti - ingibitsiya deyiladi. Asotsial jamoa ijtimoiylashuv sinovlaridan (chiniqtirishlaridan) o'tmaslik shaxs taqdiriga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shaxsning shakllanishida tasodifan, vaziyat taqozosi bilan yuzaga kelgan asotsial jamoalar o'ta xavflidir. Bunday jamoalarda individ deindividualizatsiyalashadi, shaxsiy xususiyatlarini, o'z qiyofasini yo'qotadi. Kriminallashgan yetakchiga o'ylamay itoat etish yo'liga tushar ekan, shaxs ijtimoiy rivojlanish yo'lidan chalg'iydi, sodda tobelik va majburlik qopqoniga tushib qoladi, uning shakllanishi sun'iy madaniyat etalonlari bo'yicha amalga osha boshlaydi. Ijtimoiy guruhlar asosiy ijtimoiy qadriyatlarga nisbatan turli pozitsiyalarni egallashi mumkin. Ularning faoliyati ijtimoiy yo'naltirilgan (ishlab-chiqish, o'quv, ijtimoiy-madaniy va shu kabilar), asotsial - faqat mazkur guruh a'zolarininggina ehtiyojlarini qondirilishiga qaratilgan (xippilar, rokerlar, breykerlar va sh.k.) va antisotsial (aksil ijtimoiy) - jinoiy guruhlar bo'lishi mumkin. Antisotsial guruhlarning hayot faoliyati qat'iy qonunlar, mavqe (rang, daraja) bo'yicha mos kelish qoidalari, kuch (zo'rovonlik) qonuni, hammaning bir-biriga kafilligi (bir-birining sirini yashirish), ojizlarni quvish va sh.k. bilan amalga oshadi. Kriminal, antisotsial guruhlar ijtimoiy-ijobiy guruhlardan tubdan farq qiluvchi tuzilishga ega bo'ladi. Ijtimoiy rivojlangan guruhlar bilan bir qatorda sodda (primitiv, xovli, mahallalardagi birikmalar, shishadoshlar davrasi, shaxmatchilar, qimorbozlar va sh.k.) guruhlar turlari ham farqlanadi. Qamoqxonalarda, armiyada ayrim norasmiy guruhlar mazkur mikro-ijtimoiy piramidaning tubida joylashgan a'zolariga nisbatan shavqat-sizlarcha qattiqqo'llikka asoslangan alohida hukmronlikka ega bo'ladi. Boshliqlarning xulqi o'ta xudbinlik, cheklanmagan hukmronlik orqali o'zini-o'zi ta'kidlashi, hamma narsa mumkinligidan zavqlanishi bilan ajralib turadi. Bu yerda hukmronlik qo'pol jismoniy kuchga asoslanadi - yuqorida eng tajovuzkor tiplar bo'ladi ular nizolarni paydo qiladi va nizoli qarama-qarshiliklarda ustun kela oladigan bo'ladi. Hukmronlikda tasdiqlanish shaxsning keyinchalik yanada deformatsiyalashuviga 216 olib keladi – kalondimog'lik, kekkayganlik, takabburlik, o'zboshimchalik, zo'ravonlik kabilarga zamin yaratiladi. Ijtimoiy-ijobiy norasmiy guruhlarda, guruhning chuqur hurmatga ega, aqlli va yuqori axloqli, o'zining shaxsiy hukmronligi emas, balki guruhning rivojlanishi haqida qayg'uruvchi a'zosi uning yetakchisi bo'lib tanlanadi. Rasmiy o'rta va kichik guruhlarning aksariyat qismini ishlab-chiqarish guruhlari, mehnat jamoalari tashkil qiladi. Bu ochiq toifadagi guruhlardir - ular keng ijtimoiy aloqalar uchun ochiq, doimo yangi a'zolar bilan to'ldirilib turadi, keng kasbiy birlashmalarga integratsiyalashib turadi. Bunday guruhlar faoliyati yetarli darajada reglamentlangan: ularning faoliyat tartibi, ish natijalarining baholash mezonlari belgilab qo'yilgan bo'ladi. Professional guruhlarning shakllanishi bilan tegishli ijtimoiy tashkilotlar shug'ullanadilar. Sotsium o'ziga iqtisodiy turg'un tuzilmalarni asosan professional guruhlar vositasida yaratadi. Biroq jamiyat ehtiyojlari professional faoliyat doirasidan ancha chiqib ketadi. Shuning uchun, unda professional va boshqa rasmiy guruhlardan tashqari, yangitdan yuzaga kelgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling