O'zbekiston respublikasi profi universitety
xavaskorlik ijtimoiy guruhlari paydo bo'lib turadi. 5 §. Kichik ijtimoiy guruh hayotiy faoliyatining
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruhning rivojlanganlik darajasi
xavaskorlik ijtimoiy guruhlari paydo bo'lib turadi.
5 §. Kichik ijtimoiy guruh hayotiy faoliyatining ijtimoiy - psixologik tashkil etilishi Birlamchi diffuz ijtimoiy jamoaning o'zaro munosabat va o'zaro bog'liqlikda bo'lgan shaxslar birligida qayta tashkil topishi - guruhiy tuzilish deyiladi. Ijtimoiy guruhlarning yuzaga kelishi ijtimoiy ehtiyojlar bilan bog'liq. Biroq, guruh a'zolarining guruhga kirish motivlari, qadriyatlari va me'yorlari, funktsional - rolli tuzilmalar, xulq stereotiplarining shakllanishi - ijtimoiy-psixologik hodisadir. Kichik guruhlarni mavjudligining ijtimoiy jihatlariga quydagilar kiradi: - rahbarlik va yetakchilik; - guruhli qaror qabul qilish; - me'yorlarning tashkil topishi (guruhli qadriyatlarning, xulq qoidalarining shakllanishi, guruhli fikrning yaratilishi); - guruhning funktsional - rolli tuzilishining tashkil topishi; - guruhli integratsiya va differentsiatsiya: shaxslararo munosabatlarning turg'unlashuvi, guruh turg'unligini ta'minlovchi, guruhli jipslashuv; - guruhli nazorat va guruhli sanktsiyalar. Guruhning mavjudligi - guruh integratsiyasi va differentsiatsiyasi, shaxslararo munosabatlarning turg'unlashuvi, guruh mo''tadilligini ta'minlovchi guruhli jipslashuv va muloqot jarayonlarida amalga oshadigan shaxslararo munosabatlarning ixtisoslashuvi bilan xarakterlanadi. Turli guruhlar ijtimoiy rivojlanishning sifat jihatidan turli darajalarida turadi. Guruhning rivojlanganlik darajasi shaxslararo munosabatlarning umumijtimoiy qadriyatlar bilan asoslanganlik darajasiga ko'ra belgilanadi. Rivojlangan ijtimoiy guruhlarda - jamoada - individual maqsad va qadriyatlar umumijtimoiy qadriyatlarga mos tushadi - guruhli jipslashganlik effekti yuzaga keladi. 217 Har bir ijtimoiy guruhda, uni a'zolarining guruhda egallagan mavqeiga bog'liq ravishda o'zaro munosabatlar tizimi mavjud bo'ladi. Ijtimoiy guruh a'zolarini o'zaro munosabatlarining iyerarxiyasi guruhli differentsiatsiya deyiladi. Guruhli differentsiatsiyaning rasmiy va norasmiy turlari farqlanadi. Rasmiy guruhli differentsiatsiya - rasmiy rolli holat (mavqe)larning o'zaro bog'liqligi (zavod direktorii, sex, bo'lim boshliqlari, brigadirlar, ishchilar). Norasmiy guruhli differentsiatsiya individlarni guruhdagi mavqei, ularning boshqa a'zolarga nisbatan munosabati kabilar bilan belgilanadi. (Guruhning norasmiy differentsiyatsiyasi sotsiometriya metodi yordamida aniqlanadi). Guruh a'zosi o'z xatti-harakatlarida o'zining guruhdagi shaxsiy mavqeiga va guruhning boshqa a'zolari mavqeiga oriyentatsiya qiladi. U xatti-harakatlarini, guruh undan kutadigan mavqega bog'liq (mos, munosib) tarzda tashkil qiladi. Guruh a'zolari xulqining, guruh undan kutayotgan xulqqa mos kelmasligi guruhda nizolarni yuzaga keltiradi. Agar odam xulqi guruh undan kutayotganiga zid (qarama-qarshi) bo'lsa, u salbiy sanktsiyalarga, majburiy tazyiqlarga hukm qilinadi. Xulqi namunali, undan kutilayotgan mavqega mos bo'lgan odam o'ziga nisbatan ijobiy sanktsiya uyg'otadi - u olqishlanadi, taqdirlanadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling