O'zbekiston respublikasi profi universitety


guruhni tashkil qiladi. Bu birlamchi guruhlar ham o'z navbatida mikro


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

guruhni tashkil qiladi. Bu birlamchi guruhlar ham o'z navbatida mikro va makro 
guruhlarga farlanadi. Ularning miqdoriy nisbati mos ravishda 3±1 tadan 7±2 
tagacha kishini tashkil qilishi mumkin.


214 
Odamni bevosita o'rab turgan ijtimoiy muhit - mikromuhit - bu turli kichik 
guruhlar majmuidir. Ular - odam xulqi shakllanishining asosiy omillaridan biri 
hisoblanadi. Shu mikromuhit xarakteriga bog'liq ravishda odamda ijtimoiy 
moslashgan yoki ijtimoiy talablardan og'uvchi - deviant xulqlar shakllanishi 
mumkin.
Kichik ijtimoiy guruhlar klassifikatsiyasi 
Kichik guruhlar rasmiy va norasmiy guruhlarga farqlanadi. Rasmiy 
guruhlar rasmiy maqsadlar bilan birlashgan va bu maqsadlarga erishish uchun
ma'lum bir rasmiy tashkilotlar tasarrufiga kiritilgan bo'ladi. 
Norasmiy guruhlar - umumiy qiziqishlari, intilishi, munosabatlari
qadriyatlari tizimiga ko'ra birikkan, rasmiy belgilangan tuzilishga ega bo'lmagan 
(biron-bir rasmiy muassasa tasarrufiga kirmagan) shaxslar birikmasi. Norasmiy 
guruhlar a'zolarining o'zaro munosabatlari stixiyali bo'ladi. Biroq unda ham guruh 
ichidagi iyerarxiya mavjud bo'ladi. 
Referent (lot. referentis - bog'lovchi, ta'sir qiluvchi, jalb etuvchi) yoki 
etalon guruh - bu shunday guruhki, undagi me'yorlar shaxs uchun eng qimmatli 
hisoblanadi. Masalan, mutaxassis o'zi hurmat qiladigan hamkasblari, yaxshi 
mutaxassislar guruhiga ko'proq intiladi, sportchi esa - mashhur rekordchilar 
ko'rsatkichlariga intiladi va sh.k. Ashaddiy jinoyatchini ko'pchilik odamlarning 
maqullamasligi qiziqtirmaydi, u ularning fikriga e'tibor bermaydi, lekin u o'zining 
jinoiy guruhidagi pozitsiyasiga jiddiy e'tibor beradi. 
Klassifikatsiya asosi
 
Guruhlar turlari
 
1. Tashkil topish usuliga ko'ra 
stixiyali yuzaga kelgan - norasmiy,
maxsus tashkil etilgan - rasmiy, 
real, shartli..
2. Guruhning kattaligi va uni a'zo-
larining o'zaro munosabatlariga ko'ra 
kichik, o'rta, oraliq, 
katta, kontakt (birlamchi), 
distant (ikkilamchi). 
3. Hamkorlikdagi faoliyat xarakteriga 
ko'ra 
amaliy (hamkorlikdagi mehnat faoliyati), 
gnostik (hamkorlikdagi tadqiqot faoliyati),
estetik (estetik ehtiyojlarni birgalikda 
qondirish),
gedonik (dam olish, xordiq chiqarish, o'yin),
kommunikativ,
g'oyaviy, siyosiy,
alьtruistik. 
4. Shaxsiy ahamiyatliligiga ko'ra 
referent - shaxs uchun namuna, jozibali, 
etalon - shaxs uchun ideal,
elitar - yuqori darajada tuzilgan.
5. Ijtimoiy ahamiyatliligiga ko'ra 
ijtimoiy - ijobiy, 
asotsial - ijtimoiy destruktiv, 
antisotsial - kriminal, jinoiy. 
39-rasm. Ijtimoiy guruhlar klassifikatsiyasi 


215 
Turli munosabatlarda turlicha guruhlar referent bo'lishi mumkin. Masalan, 
talaba o'smir o'zi o'qiyotgan guruhdagi o'rtoqlari xulq me'yorlarini ham, ota-onasi 
xulqini ham, o'zi a'zo bo'lgan qandaydir bir uyushma (diniy, ilmiy, badiiy, sport va 
x.k.) a'zolari xulqini ham yuqori qadrlashi mumkin. Odamning mikromuhitdagi 
ko'pchilik qiliqlari uning referent guruhda o'zini-o'zi tasdiqlashga, o'zini 
ko'rsatishga intilishi bilan tushuntiriladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling