O'zbekiston respublikasi profi universitety
sababchi (boshlab bergan), kishilar
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- - jamoa ongsizligi
sababchi (boshlab bergan), kishilar bilan boshqariladi, yo'naltirilib turiladi.
Odamlarning stixiyali xulqi qator holatlarda stixiyali ma'lumotlar - mish- mishlar bilan ig'vo, fitna (provokatsiya) qilinadi. Mish-mishlar ommaviy axborot 211 vositalari tomonidan o'zlashtirilmagan (e'lon qilinmagan) hodisalarni, voqealarni, xabarlarni qamrab oladi. Ular shaxslararo kommunikatsiyaning maxsus turi hisoblanib, uning mazmunini ma'lum bir vaziyatli kutish va mulohazalarga berilgan auditoriya (omma) o'zlashtirib oladi. Psixik hodisalarning maxsus sinfi bo'lmish - jamoa ongsizligi olomon xulqining boshqaruvchi mexanizmini tashkil qiladi. Jamoa ongsizligida, psixoanalitik Karl Gustav Yungning ta'kidlashicha odamzodning instiktiv tajribasi yotadi. (Masalan, “ot” instinkti). Bunga ko'ra, olomon a'zolaridan birining bir gapi yoki xatti-harakatini boshqa odamlar ongli tahlil qilmasdanoq takrorlayveradi. Umumiy aprior xulq tizimi, xulqning shaxsdan ustun tizimi odamlarning individual onggini bosib ketadi (bo'g'ib qo'yadi) va V. M. Bexterev ta'biri bilan aytganda genetik arxaik xulq munosabatlarini, “jamoaviy refleksiyani” yuzaga keltiradi. Bir turli, sodda (primitiv) baholar va xatti-harakatlar odamlarni monolit ommaga (kuchga) birlashtiradi va ularning bir marotabalik impulьsiv xatti-harakati qudratini keskin orttirib yuboradi. Biroq, ongli tashkil etilgan xulq zarurati yuzaga keltirgan holatlarda bunday xatti-harakatlar noadaptiv bo'lib qoladi. Olomon fenomeni, xulqining impulьsiv stereotiplari totalitar yo'nalgan siyosatchilar, ekstremistlar va diniy fonatlar tomonidan keng foydalaniladi. Ijtimoiy jamoalarda bir yoqlama manfaatlarning ustun kelishi xulqning olomon tarzidagi tizimini keltirib chiqarishi, “biz” va “ular” ga keskin ajratish, ijtimoiy munosabatlarning soddalashuviga, oddiylashuviga olib kelishi mumkin. Xulqiy xususiyatlariga ko'ra olomonning to'rt turi farqlanadi: - tasodifiy, qulay fursat yuzaga kelib qolganligi tufayli paydo bo'lgan olomon (okazionalьnaya); - ekpressiv - birgalikda ifodalanuvchi vahima, norozilik, e'tiroz (likovaniye, protest) kabi umumiy affektiv hislar; - konventsional - ayrim stixiyali shakllangan pozitsiyalarga asoslangan; - amaldagi, bu - tajovuzkorona, sarosimali (qutilib qolishga intiluvchi) tamagirlik, yulg'ichlik, talonchilik qiluvchi ekstaz holatlarida namoyon bo'luvchi, isyonchi - hukumat xatti-harakatlaridan norozi bo'luvchi (darg'azab) turlarga farqlanadi. Har qanday olomon hissiy holatlarning umumiyligi va to'satdan yuzaga keluvchi xulqning yo'nalganligi bilan xarakterlanadi. Uning xulqi, o'zini-o'zi mustahkamlashi ortib boruvchi psixik ta'sirlanish (zaharlanish) – aloqaning psixofiziologik darajasida ko'tarinki hissiy holatlarni bir individdan boshqasiga tarqalishi kabilar bilan xarakterlanadi. Olomonning aniq maqsadlari va tashkil etilgan diffuzligining bo'lmasligi (singib, qo'shilib ketishi) uni manipulyatsiya ob'ektiga aylantirib qo'yadi. Olomon doimo qo'zg'algan, start oldi, yo'l-yo'rig'ini kutib turadigan holatda bo'ladi. Uni harakatga (junbushga) keltirish uchun faqat tegishli turtib yuboruvchi (puskovoy) signal yetarli bo'ladi xolos. Olomon xulqi buzilishining asosiy turlaridan biri – bu vahimadir. U oqilona qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar taqchilligi sharoitida, haqiqiy yoki soxta xavf vaziyatida, psixik ta'sirlanish (zaharlanish) ta'sirida yuzaga keladigan, guruhli nizoli hissiy holatdir. 212 Vahima sharoitni adekvat aks etish va uni oqilona baholash qobiliyatini bo'g'ib qo'yadi, odamlarning xatti-harakati himoya xarakterini kashf etadi, ong torayadi, odamlar o'ta egoistik (xudbinlarcha), asotsial qiliqlarga moyil bo'lib qoladilar. Vahima o'ta og'ir hodisalarni kutish bilan yuzaga kelgan, ko'tarinki hayajonlanish sharoitida, psixik zo'riqish holatida (yong'in, ochlik, zilzila, toshqin, qurolli hujum, terrorchilik akti va sh.k.), xavf manbalari, uning yuzaga kelish vaqti va unga qarshi kurashish usullari haqidagi ma'lumotlarning yetishmasligi sharoitlarida yuzaga keladi. Faqat kuchli qarama-qarshi qo'zg'atuvchi ta'sirida, obro'li yetakchilar (ko'pchilik odamlar hurmat qiladigan, tan oladigan shaxslar, kumirlar) tomonidan berilgan, maqsadga yo'naltirilgan, keskin buyruq, yuzaga kelgan keskin vaziyatdan chiqishning real imkoniyatlarini ko'rsatuvchi, qisqacha tinchlantiruvchi ma'lumotlarni berish orqali olomonni vahima holatidan chiqarish mumkin. (O'tmishda bu o'rinda pirlar, eshonlar, xalq sevgan xofizlar va boshqalardan foydalanganlik hollariga ko'plab misollar mavjud). Vahima - ijtimoiy tashkil qilinmagan, shok holati sharoitlariga javoban yuzaga keladigan, ommaviy affekt holatidagi kishilar ommasini impulьsiv xulqining o'ta stixiyali namoyon bo'lishidir. Tang vaziyatlar zudlik bilan ish ko'rish ehtiyojini yuzaga keltiradi, ularni ongli ravishda tashkil qilish esa axborotli - yo'naltiruvchi ma'lumotlarning taqchilligi tufayli mumkin bo'lmay qoladi. Olomon sharoitidagi odam xulqi misolida, biz ijtimoiy tashkil qilishning, xulq usullari va me'yorlarini belgilab turuvchi tizimning bo'lmasligi, odamlar xulqi darajasining keskin pasayishiga olib kelishligini ko'ramiz. Bunday sharoitlarda odamlar xulqi ko'tarinki impulьsivlik, ongning birgina dolzarblashgan namunaga bo'ysunishi, ongning boshqa jihatlarining torayishi bilan xarakterlanadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling