O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik ijtimoiy guruh
Katta ijtimoiy guruhlar - ma'lum bir umumiy ijtimoiy belgilariga ko'ra
farqlanuvchi, miqdoran cheklanmagan odamlar birikmasidir. Bular - demografik, sinfiy, milliy, partiyaviy va h.k. bo'lishi mumkin. Katta guruhlarda madaniy qadriyatlar shakllanadi, an'analar, asosiy qadriyatlar - jamoa g'oyasi ishlab chiqiladi. Katta ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy aloqasi ommaviy kommunikatsiya vositalari orqali amalga oshiriladi. O'rta ijtimoiy guruhlar, katta ijtimoiy guruhlarning ayrim belgilariga ega bo'lish bilan birga, ular hududiy joylashuvi, guruh a'zolarining bir-birlari bilan bevosita munosabatda, muloqotda bo'lish imkoniyatining mavjudligi bilan farqlanadi (katta korxona, zavod, institut, maktab, harbiy qism jamoalari). Kichik ijtimoiy guruh - umumiy qiziqishlari, manfaatlari, maqsadlari va xulqning guruhli me'yorlari bilan birlashgan, bevosita aloqada bo'luvchi individlar guruhi. Kichik guruh ma'lum bir miqdoriy tarkibga, tizimli tuzilishga, hayotiy faoliyatning ijtimoiy-psixologik mexanizmlariga, guruhli dinamikaga ega bo'ladi. Kichik ijtimoiy guruhda boshqaruvchi bo'g'in - umumiy manfaatlarni ro'yobga chiqaruvchi, faoliyat maqsadlarini belgilovchi va guruh a'zolarining hamkorlikdagi faoliyatini tashkil qiluvchi - rahbar mavjud bo'ladi. Bu boshqaruvchi bo'g'in: guruh yetakchisi (rahbari, lideri), sublideri, yulduzi, ijrochisi va boshqalarga farqlanadi. Guruh yetakchilari (lideri) rasmiy va norasmiy (tayinlangan yoki tan olingan) bo'lishi mumkin. Shuningdek, subliderlar guruhning “miya markazini” tashkil qiladi. Guruhning aksariyat qismi ijrochilardan iboratdir. Ular guruhda turli mavqelarga ega bo'ladi. Ayrim guruhlarda guruhning past mavqeli a'zolari, guruhda o'z o'rnini topmagan a'zolari (yakkalanib qolgan, autsayderlari) ham bo'lishi mumkin. Guruhda bunday a'zolarning bo'lishi mazkur guruhda ijobiy psixologik iqlim yetarli darajada shakllanmaganligidan dalolat beradi. Kichik guruhda shaxslararo munosabatlar, bevosita shaxslararo aloqa muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Kichik guruhning eng jipslashgan yadrosi birlamchi Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling