O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
menedjmentning
quyidagi ilg'or tamoyillari, qoida (svod)larinini taklif etadi: - firmaning ishchilari va xaridorlarining hamkorlikdagi qadriyatlariga chuqur sadoqat; - hayotiy (bir-umrlik) yollanganlik siyosati; - malakani oshirish (ishni o'zgartirish imkoniyati); - ishga shaxsiy (moddiy va boshqa) manfaatdorlik; - noixtisoslashgan o'sish. Xodimni (uning diplomi, yoshi, jinsi, ma'lumot darajasi, yashash joyi yoki boshqa rasmiy hujjatlari bo'yicha emas) uning qobiliyati, bilimi, tajribasi, intilishiga ko'ra o'stirish; - qaror qabul qilish jarayonida ishchilarning shaxsiy ishtiroki; - ishni nooshkora nazorat qilish, uning asosida - xatoni qayd etish emas, balki uning sababini qidirish; - kuchli korporativ mehnat madaniyati va o'zaro munosabatlarni tarbiya- lash; - ishchiga avaylab-asrab munosabatda bo'lish (oilaviy - paternal yondo- shish). Rahbar o'z mikromuhitida optimal ijtimoiy-psixologik iqlimni ta'minlashi, odamlarning bir-birlariga nisbatan o'zaro yaqin (ahil, inoq) munosabatda bo'lishiga sharoit yaratishi lozim. Ayniqsa shaxslararo nizolarga yo'l qo'ymasligi kerak. Ko'pchilik hollarda hasadgo'y, xudbin, o'zini o'ylaydigan, niyati noxolis, o'z o'rniga nomunosib, ayrim ma'muriyatchi - rahbarlar bunday nizolarning sababchisi bo'lib hisoblanadi. Ularning istagi boshqalardan ustun bo'lish, hukmronlikni namoyon qilish, guruhning boshqa a'zolarini o'ziga bo'ysundirib olishdan iborat bo'ladi. Shaxslararo nizolarni oldini olish maqsadida guruh a'zolarining guruhdagi statusini tekistlash, do'stona muloqot malakalarini madaniylashtirish, odamlarning o'zaro intilishini rag'batlantirish, bir odam xulqi boshqa birining muvaf- faqiyatsizligiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyatlarga yo'l qo'ymaslik lozim. 222 Jamoa ongining yuqori darajadaligi, guruh a'zolarining fuqarolik pozitsiyalari jamoaning yetukligi alomatidir. Yetuk jamoaning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: - jamoaning va shaxsning qadriyatlari, maqsadlari bir-biriga mos tushadi, jamoa hayoti ijtimoiy foydali, takomillashib boruvchi faoliyat bilan to'yingan bo'ladi; -uning a'zolari do'stona teng huquqli, guruhning har bir a'zosi uning hayotiy faoliyatining ma'lum bir jihatini tashkil qilishda ishtirok etadi; -jamoaning har bir a'zosi o'z xatti-harakati, o'sishi istiqbollarini ko'ra biladi va uning rivojlanishidan shaxsiy manfaatdorligini namoyon qiladi; -ijtimoiy o'zaro munosabatlar ijobiy tajribasi muntazam yig'ilib boradi va an'anaga aylanib qoladi. -shaxs jamoa tamonidan himoya qilinadi va uning oldida mas'uldir. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling