O'zbekiston respublikasi profi universitety
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahbarlikning liberal uslubli
- Guruhli qaror qabul qilish
- Guruhli meyorlanish
- “Tavakkalchilikka borish”
- Duglas Mak-Gregoriyning “Y” nazariyasiga
Avtoritar uslubda, odatda, guruhning tashabbusi rivojlanmaydi, guruhli
muloqotda buyruqona ohang ustivorlik qiladi, taqdirlash va jazolash sub'ektiv xarakterga ega bo'ladi. Bunda, rahbar go'yo guruh ustida turgandek bo'ladi. Rahbarlikning bu uslubi favqulodda holatlarda samarali bo'lishi mumkin. Rahbarlikning liberal uslubli rahbarning guruhni barcha a'zolari bilan o'rtoqlarcha muloqotda bo'lishi, ular tashabbuslariga, guruh faoliyatining barcha masalalarini erkin muhokama qilishlariga e'tiborli munosabatda bo'lishi kabilar bilan xarakterlanadi. Ko'pchilik holatlarda vaziyatlarning o'ziga xosligi, mazkur sharoitlarda to'g'ri (yaxshi) ish tuta biladigan va adekvat qarorlar qabul qila oladigan vaziyatli (situativ) yetakchilarni oldinga chiqishini (ko'tarilishini) taqazo qiladi. Guruh rahbarlari va yetakchilari o'z vazifalarini bir kishi tomonidan va guruhli qarorlar qabul qilish vositasida amalga oshiradi. Guruhli qaror qabul qilish - bu guruh tomonidan maqsadni va alternativ muommoli vaziyatlarda unga erishish vositalarini tanlab olishda amalga oshiriladi. Bunda, qaror qabul qilishga ma'lumotli tayyorgarlik, turli vaziyatlarni taqqoslash imkoniyatini beruvchi guruh ichida erkin diskussiya qilish, muammoni turli tomondan ko'ra bilish, guruhning har bir a'zosining pozitsiyasini aniqlash, yashirin nizolarni bartaraf qilish, emotsional munosabatlarni tekislash kabilar muhim ahamiyatga ega. Bularning barchasi, keyinchalik guruh me'yori sifatida namoyon bo'la oladigan qaror qabul qilishga xizmat qiladi. Guruhli me'yorlanish amalga oshadi – umum qabul qilingan, o'rtacha xulq me'yori yuzaga keladi. Agar guruhdagi diskussiya natijasida fikrlar ayri tushgudek bo'lsa, guruhli qutublanish yuzaga keladi. Guruhning ayrim a'zolarining xohish istaklari o'rtacha ahamiyatdan qanchalik ko'p farq qilsa, guruhli qutublanish shunchalik katta bo'ladi. “Tavakkalchilikka borish” fenomeni guruhli diskussiyaning borishida mulohazalarning tavakkalchiligi yuzaga kelishi mumkin. Bunday sharoitlarda rahbar tomonidan guruhning qadriyatli standartlari haqida o'ylash maqsadga muvofiq bo'ladi. Guruhli qaror qabul qilish uni guruhning barcha a'zolari bilan kelishib olishni taqozo qiladi. Guruh qarorining sifati guruhning ijtimoiy rivojlanganlik darajasiga bog'liq bo'ladi. Rahbarga guruh a'zolarining imkoniyatlari va intilishlarini, ularni faoliyatning ayrim turlarida bir-biriga mos kelishini bilish zarur bo'ladi. Rahbarning eng muhim vazifalaridan biri - guruh a'zolarini, mulohazali, optimal qaror qabul qilishga safarbar qila olishdir. Bu o'rinda rahbar intellektning tadbirkorlik, qat'iylik, konformga berilmaslik, guruhning individual faollikka 221 ta'sirini to'xtatib qoluvchi - ijtimoiy ingibitsiya (lot. inhibeo - ushlab qolaman)larga turg'unlik kabi sifatlariga ega bo'lishi zarur. Zamonaviy rahbar praksiologiya (faoliyatning ratsional asoslari haqidagi fan) va menedjment (guruhlarga samarali rahbarlik qilishning amaliy bilim va malakalari) asoslari bilan tanish bo'lishi kerak. Dunyodagi eng rivojlangan kompaniyalardan biri bo'lmish IBM kompa- niyasining angliyadagi bo'linmalaridan biri (42 ming ishchisi, 1,5 ming boshqaruvchisi, yillik daromadi 5 mlrd. dollargacha bo'lgan)ga uzoq muddat boshchilik qilgan Devid Merser, haqli ravishda takidlaganidek, aynan mazkur korporatsiya zaminida hozirgi zamon menedjmentining ko'plab tamoyillari ishlab chiqilgan va sinovdan o'tkazilgan. Ularning asosida - odamlar o'rtasida gorizontali bo'yicha ham, vertikali bo'yicha ham ishonchli munosabat, boshqaruv psixologiyasini yaxshi bilish yotadi. Bu tamoyillar, agar sharoit muvaffaqiyatli bo'lsa, agar ishchilar boshqaruvga jalb qilingan bo'lsa, unda ular mas'uliyatlilikka va muammoni ijodiy yechishga intiladilar - degan Duglas Mak-Gregoriyning “Y” nazariyasiga asoslanadi. D.Merser Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling