O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

yana ham pasayib ketadi. O'zaro xafagarchilik, arazlar yuzaga keladi, noo'rin 
baholar aytiladi. Berilayotgan tavsiflar, belgilar (atributsiyalar) ko'pincha oldindan 
shakllangan, bichib to'qilgan baholarga bog'liq bo'ladi. 
Muloqot jarayonida odamlar o'z shanini tasdiqlab olishga, “silliq-
lashtirishga” intiladi. Erik Bern bu “silliqlashtirish”ni ijtimoiy xatti-harakat birligi, 
deb ta'kidlaydi. Bunda ular, o'zlari uchun tipik bo'lgan muloqot tizimiga o'tib 
oladilar: “ota–ona”, “katta” yoki “bola” pozitsiyasini egallaydilar. 
Shaxsning ijtimoiylashuvi, uni ijtimoiy kommunikatsiyaning adekvat 
vositalarini o'zlashtirishini taqazo etadi. Odamning fikrlari va nutqi, uning 
intonatsiyasi, mimik ifodalanishi muloqot maqsadlariga mos kelishi kerak. Odam 
uni boshqa odam tomonidan idrok qilinishini refleksiya qilishi, muloqot mohiyati, 
mazmuni, tushunchasiga hushyorlik bilan munosabat bildirishi, muloqot bo'yicha 
sheriklarini asl niyatlarini bilishi kerak. 
Boshqa odamlarni tushunishda har bir odam o'z aqli va hayotiy tasavvurlari 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda cheklangan bo'ladi. O'zining sifat va 
xususiyatlarini boshqalarga yo'yish, ularga ham shu hislatlar xos, deb o'ylash 
an'anasi mavjud. (“Har kim o'z qarichi bilan o'lchaydi”). Odamlar ularning 
ustanovkalari va qiziqishlariga zid keladigan narsalarni yaxshi qabul qilmaydi. 
Odamning haqiqiy basharasi, uning kimligi, ko'pincha arzimagan narsalarda (ikr-


229 
chikirlarda) va juda mas'uliyatli vaziyatlarda namoyon bo'ladi. Odam o'zining “zaif 
joyini” zo'r berib himoya qiladi. 
Hech qanday niqob odamni butunligicha yopib tura olmaydi: uning haqiqiy 
mohiyati so'zsiz o'zini namoyon qiladi. Har xil odamlar oldida individ o'zining turli 
jihatlaridan namoyon qiladi. Muloqotning har bir aktida biz hamisha ham 
shaxsning hiqiqiy qiyofasini emas, balki faqat bir qisminigina ko'ramiz. 
Hamma odamlar ham muloqotda o'zining ichki imkoniyatlaridan to'la 
foydalana olmaydi. Ko'pincha muloqotda shaxsning faqat tashqi ko'rinishigina
namoyon bo'ladi. Odamlar o'rtasidagi aloqa ko'pincha yuzaki bo'ladi. Aksariyat 
odamlar masofadagi (distantsion) o'zaro munosabatlarni afzal biladilar. Faqat, 
unchalik ko'p bo'lmagan odamlargina chuqur insoniy aloqalarga qodirlar. 
Haqiqiy psixologik aloqaga - har xil rasmiy aloqa manipulyatsiyalari halaqit 
qiladi. Samimiyatliksiz, hissiy sintonliksiz va hatto ayrim individlarning 
aktsentuatsiyasiga nisbatan iltifotliksiz haqiqiy aloqa bo'lishi mumkin emas. 
Shaxslararo munosabatlarda samimiy ishonch, do'stlik va muhabbat yuzaga 
kelishi mumkin. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling