236
o'rganib borish,
bir-birlariga moslashish, muammolarni hal etish borasida
hamkorlik qilish kabi o'zaro munosabatlarning mustahkamlanishini ta'minlashga
xizmat qiluvchi jarayonlar amalga oshadi.
Ajratuvchi (destruktiv) nizolarda - ularning yuzaga kelishiga asos bo'lgan
muammo
va uning yechimi, tomonlardan birining manfaatiga qaratilgan bo'ladi.
Bunday nizolarda bir tomon manfaatining xal etilishi ko'pincha, boshqa tomon
manfaatining boy berilishi hisobiga amalga oshadi.
Bunday nizolarning xal
qilinishi, ya'ni bir tomon manfaatlarining qondirilishi ko'pchilik hollarda ikkinchi
tomon manfaatlarining boy berilishi hisobiga
amalga oshganligi tufayli, ular
manfaati boy berilgan tomonning noroziligi, e'tirozini
yanada kuchayishiga sabab
bo'ladi. Bunday vaziyatlar navbatdagi nizoning yuzaga kelishiga asos bo'lib xizmat
qiladi. Ajratuvchi nizolarda nizo hal etilishi bilan,
nizoli vaziyat saqlanib
qolaveradi.
Shuningdek (41-rasm), ajratuvchi nizolarda, ularni yuzaga keltirgan sabablar
bevosita tomonlarning o'zaro munosabatlari doirasidan tashqaridagi omillarga ham
bog'liq bo'ladi. Ularning sababchilari ham, ishtirokchilari
ham boshqa uchinchi
odam bo'lishi, ularning hal etilishi tomonlarning o'zlarigagina emas, balki, shu
uchinchi odamga bog'liq bo'ladi.
KONSTRUKTIV
BIRIKTIRUVCHI
“BIZ”
XARAKTERIDAGI
Do'stlaringiz bilan baham: