O'zbekiston respublikasi profi universitety
§. Ommaviy kommunikatsiya psixologiyasi
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya ilk tushunchalar
3 §. Ommaviy kommunikatsiya psixologiyasi
Butun jamiyat miqyosida tashkiliy ravishda amalga oshiriladigan ijtimoiy muloqot - ommaviy kommunikatsiya (lot. communictio - muloqot qilaman, gaplashaman) deyiladi. Ommaviy kommunikatsiya ommaviy ijtimoiy talablarga, mazkur jamiyatning ijtimoiy tizimi xususiyatlariga oriyentatsiya qiladi. Har bir ijtimoiy tizim o'zining ijtimoiy qadriyati tuzilishini - ideologiyasini - mazkur jamiyat hayotiy faoliyatining oriyentlovchi asosini shakllantiradi. Sivilizatsiyalashgan jamiyatda umum insoniy qadriyatlar - ijtimoiy adolat, demokratizm, inson huquqlari ustuvorlik qiladi. Ommaviy kommunikatsiyaning turli vositalari (matbuot, radio, televideniye, san'at vositalari) yordamida jamiyat ideologlari ijtimoiy qatlamlar, katta ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy ahamiyatli hodisalarga nisbatan ma'lum tarzdagi munosabatini shakllantiradi. Yetilib kelayotgan ijtimoiy muammolar jamoatchilik tomonidan fikrlar, qarashlar va siyosiy pozitsiyalarning kurashi va ularni taqqoslash (solishtirish) yo'li bilan anglanadi. Kommunikativ aktlar ma'lumot berish funktsiyasidan tashqari, yana ekspressiv (emotsional uyg'otuvchi, qo'zg'atuvchi) va ijtimoiy - aloqa (kontakt) funktsiyalarga ham ega. 244 Ommaviy ma'lumotlar hajmining jadal o'sib borishi, hozirgi zamon jamiyatining asosiy farqlab turuvchi xususiyati bo'lib qolmoqda. Jamiyatda ro'y berayotgan axborot portlashlari hozirgi zamon kishisi psixologik tipini sezilarli darajada belgilab bormoqda. Televideniye, matbuot, radio, kompьyuter, internet tizimlari kundalik muloqotning globallashuvini, ma'naviy hayotning integratsiyasini ta'minlab beradi. Ommaviy kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi madaniy olmashuv, madaniy yutuqlarning kengayishi imkoniyatlarini rivojlantirdi. Shular bilan bir qatorda, zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalari ijtimoiy-psixologik fenomen - ommaviy madaniyatni yuzaga keltirdi. Ommaviy iste'molga mo'ljallangan, ommaviy madaniyat, qator holatlarda, mazmuni odamlar munosabatlarini toraytiradigan va soddalashtiradigan, yuqori madaniyatni qadrsizlantirib, tashqi yutuqlarni targ'ib qiluvchi soxta madaniyat (surrogat) ko'rinishini ham olmoqda. Bunga chet el OAV faoliyati misol bo'ladi. Ommaviy kommunikatsiya vositalari maxsus psixologik fenomen: Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling