O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

Ijtimoiy boshqaruv - ijtimoiy rivojlanishning asoslangan dasturlarini ilgari 
surishning, ijtimoiy muammolarni yechishni adekvat vositalarini qidirib topishning 
jamoatchilik mexanizmidir. Ijtimoiy boshqarish boshqaruv mexanizmini 
rivojlanganligiga, uning tizimlarini iyerarxik tuzilganligiga, ularning funktsional 
differentsiyalashganligiga va strategik integratsiyasiga bog'liq bo'ladi. 
Ijtimoiy boshqarish qator sikllar: ijtimoiy bashorat qilish - ijtimoiy 
loyihalashtirish - ijtimoiy rejalashtirish - ijtimoiy boshqarish - yakuniy natija va 
uning adekvat baholanishidan tashkil topadi. 


247 
Ijtimoiy boshqaruv jamiyat va uning tizimlarini, jamiyatning ijtimoiy 
rivojlanishi mezonlari va ko'rsatkichlarini aniqlash, uni rejalashtirilgan holatiga 
yetishish bosqichlari va vositalarini belgilash asosida progressiv rivojlanishini 
ta'minlashga qaratilgan bo'ladi. 
Ijtimoiy bashorat qilish ijtimoiy rivojlanishning mumkin bo'lgan 
istiqbollarini tadqiq qilishni, rivojlanish alternativlarini ekspert baholash va ilmiy 
modellashtirish metodlaridan keng foydalangan holda aniqlashni bildiradi. 
Shuningdek, qabul qilinadigan qarorlarning yaqin va uzoq oqibatlarini aniqlaydi. 
XULOSA 
 
Psixologiya, shaxs psixologiyasi muammosi, umuman psixologiyani bilish, 
o'rganish muammosi insoniyat taraqqiyotidagi azaliy muammolar sarasiga kiradi. 
Bu fanni va uning o'rshanish predmeti bo'lmish odam psixologiyasini o'rganish eng 
murakkab bilish ob'ektlaridan hisoblanadi. Chunki, odam doimo o'zgarishda, 
rivojlanishda bo'ladi. Shunday ekan uni o'rganuvchi fan ham shunga mos ravishda 
doimo rivojlanishda bo'lishi kerak. Hozirgi vaqtda biron-bir maxsus ta'limot yo'qki, 
u shaxsni kompleks o'rganishdek eng murakkab vazifani ishonchli hal qilsa. 
Albatta shaxsni o'rganishga mo'ljallangan psixologik ta'limotlar ko'p va xilma-
xildir. Biroq, ularning har biri shaxsning qandaydir bir jihatini, qaysidir bir rakusda 
talqin qilishga yo'naltirilgan. Shaxsni kompleks o'rganishning murakkabligi, bir 
tomondan, buning uchun adekvat psixodiagnostik qurol, vosita ishlab chiqishning 
imkoni yo'qligi, uning (insonning) “eng murakkab bilish ob’ekti” ekanligi bilan 
bog'liq bo'lsa, boshqa tomondan, shaxs haqidagi ta'limotlarning o'zida ham qator 
muammolar mavjudligi bilan bog'liq. Chunki, qo'llanmada ta'kidlab o'tilganidek, 
shaxs ko'plab ta’limotlar (psixoanaliz, psixosintez, bixeviorizm, kongnitiv 
psixologiya, geshtald psixologiya va boshq.) asosida va shu yo'nalishlar
namoyondalari tomonidan yaratilgan o'nlab “shaxs nazariya”lari nuqtai nazaridan 
o'rganiladi. Bular esa shaxsni bilish uchun u bilan juda ko'p miqdorda “tuz eyish”ni
talab qiladi. Bunga esa umid qilmasa ham bo'ladi. Chunki, ular xilma-xil, hatto 
ayrim jihatlariga ko'ra tafovutli hamdir. Ularning o'rganish ob’ekti bo'lmish 
shaxslarning o'zi ham xilma-xil va takrorlanmasdir. Lekin, jamiyatda bunga zarurat 
bor. Ayniqsa, qo'llanmada bir necha bor ta’kidlab o'tilganidek, harbiy sohada, 
davlat xizmatari idoralari xodimlari faolitida, shaxsni bilish, unga adekvat baho 
berish, uning xulqini maqsadga muvofiq tarzda yo'naltirish zarurati bor va u 
muvaffaqiyatli xal etilishi shart. Aksincha bo'lishi mumkin emas, bu davr, 
qolaversa xizmat talabi. Bu zarurat, soha xodimlari uchun, boshqa har qanday kasb 
egasidagiga nisbatan sezilarli darajada kuchli va uning dolzarbligi ertaga – kecha 
va bugungiga qaraganda ortsa–ortadiki, aslo pasaymaydi.
Shunday ekan, faoliyati bevosita inson omili, odamlar ruhiy olamini bilish 
bilan bevosita bog'liq sohalar mutaxassislari, qo'llanmada berilgan ma'lumotlarni 
o'zlashtirgan holda, ularni yanada boyitish maqsadida bu boradagi bilimlarini 
tobora oshirib borishi lozim. Buning uchun xodim o'z ustida, o'zining psixologik 
savodxonligini oshirish ustida muntazam ishlashga odatlanishi lozim. Bu ishni 
qilish, yoqadimi, yo'qmi, qanday bo'lishidan qat'iy nazar, bo'lajak xodimning 


248 
ertangi faoliyati, inson omili bilan ishlashni taqozo qilar ekan, agar shu sohada 
o'sishni, rivojlanishni xohlar ekan (“general bo'lishni orzu qilmagan soldat – soldat 
emas”), shubhasiz bu boradagi mavjud ilmiy-nazariy ma'lumotlardan boxabar 
bo'lishga, boshqacha aytganda zamon bilan hamqadam bo'lishga odatlanish zarur.
Buning uchun nima qilish kerak? Qayerda va qancha muddat o'qish kerak? 
Bu kabi savollarning tug'ilishi tabiiy. Ho'sh, shaxsni bilish uchun qayerda va 
qancha muddat o'qish kerak? Albatta savolning bu tarzda qo'yilishi noo'rin. 
Chunki, odam ayrim oliy o'quv yurtlarida 1,2 semestr davomida 50-100 soat 
miqdorida psixologiyani o'qishi (boshqa ta’lim muassasalarida undan ham kam
psixolog mutaxassislarni tayyorlaydigan maxsus fakultetlarda 4, 6 yil (1000-1200 
soat) va undan ko'proq bo'lishi mumkin) bilan bu borada bilag'on bo'lib qolmaydi.
Bu o'rinda bo'lajak mutaxassisni “qayerda” va “qancha” o'qishi emas, balki, 
uning “kim”ligi va “nima uchun” o'qiyotgani muhim. O'quvchining “kimligi” va 
“nima uchun” o'qishi uning o'quv faoliyati motivini bildiradi. Shuning uchun, 
mazkur qo'llanmada (va fan bo'yicha o'tkazilgan mashg'ulotlarda) tanishib 
chiqqanimiz, faoliyat haqida tushuncha, o'quv faoliyati motivatsiyasi, uning 
qanday ekanligi kabilar hal qiluvchi omil hisoblanadi. Agar kursantlarni u yoki bu 
bilimni o'zlashtirishga undayotgan motiv “yaxshi mutaxassis bo'lish” “elimizga – 
yurtimizga malakali xizmat qilish”, “bu yo'nalishda buyuk bo'lish” kabi ichki, 
shaxsiy ahamiyatli motivlar bo'lgudek bo'lsa, ularda shunday dunyoqarash, 
ma’naviyatni shakllantira olsak, unda kutilganidan-da yuqoriroq natijalarga 
erishish mumkin bo'ladi.
Qo'llanmada o'quv dasturi doirasida, u yoki bu mavzuga oid psixologik 
qarashlardan misollar keltirildi. Bunday bilim, malaka, ko'nikmalarga ma’lum bir 
darajaga erishgandan so'ng to'xtab qolmaslik, bu yo'nalishda intilishni uzluksiz 
davom ettirish kerak. Shunday ekan, muhtaram kursantlar, tinglovchilar
o'quvchilar, siz bu qo'llanmada berilgan materiallar yordamida erishgan 
natijalaringiz miqdorini “ummondan tomchi” deb aytish mumkin. Kurs davomida 
sizlarga psixologiyadan mashg'ulotlar o'tilgan ekan, ularda biz sizlarga, “nimani 
o'qish kerak?”, “qanday o'qish kerak?”, “nima uchun o'qish kerak?”, “o'qigan, 
o'zlashtirgan bilimlardan qachon, qayerda va qanday foydalanish mumkin?” – 
degan kabi savollarga javob berdik xolos. Shu bilan o'quv dasturida psixologiya 
fanini o'qish uchun ajratilgan o'quv soatlari tugadi. Bu esa psixologiyani 
o'qishingiz ham tugadi degani emas. Sizlarning o'qishinglar endi boshlanadi. 
Qo'llanmada berilgan materiallar orqali, Sizlarning e’tiboringizni nimalarga 
qaratish, nimani, nima uchun va qanday o'qish, o'rganish zarurligi haqida birlamchi 
ma’lumotlar berildi xolos. O'zbek xalq maqollarining birida: “Toki aqling bor ekan 
– odamlarni o'rgan!” - deyilganidek, siz ham toki odamlar bilan ishlar ekansiz, ular 
orasida yashar, faoliyat olib borar ekansiz, kelgusidagi faoliyatingiz bevosita inson 
omili bilan chambarchas bog'liq ekan, “odamlarni o'rganish” borasida o'z 
ustingizda muntazam ishlashga odatlaning va uni uzluksiz davom ettiring. Bu 
mashg'ulot sizning kundalik odatiy yumushlaringizdan biriga aylanishi kerak. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling