“nizolar eskolatsiyasi” yuzaga keladi va bunday vaziyatlarda xodimlarning
birgalikdagi faoliyati “uzluksiz jang maydoniga” aylanib qoladi. Bunday nizoli
muhit nafaqat shu nizolashayotgan tomonlarning ruhiyati, ularning asabi, sog'lig'i,
ijtimoiy holatigagina emas, balki shu jamoadagi umumiy psixologik iqlimga ham,
jamoaning boshqa a'zolari ruhiyatiga ham, eng muhimi shu jamoa oldida turgan
vazifalarni maqsadga muvofiq bajarilishiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Yana chizmaga murojat qiladigan bo'lsak, undan ko'rinib turibdiki, shartli
ravishda olingan ikkita shaxs o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda yuzaga kelishi
mumkin bo'lgan nizolar va ularning rivojlanish yo'liga ko'ra to'rt xil munosabatlar
tipi shakllanib borar ekan. Bular: “o'zaro munosabatlarning mustahkamlanishi”,
“munosabatlar vaqtincha mustahkamlangan tip”, “yangi nizolar yuzaga kelib va
takrorlanib turadigan tip”, va nihoyat “munosabatlar uzil-kesil buzilib ketadigan
tip”lardir.
Bularning orasida eng ma'quli - 1 - tipdir. 2 - munosabatlar vaqtincha
mustahkamlangan tipda, bo'lib o'tgan nizolardan so'ng, tomonlar o'z vaqtida
ulardan to'g'ri xulosa chiqarib, o'z xato-kamchiliklarini vaqtida anglab yetib, bir-
birlarini tushunishga harakat qilsalar, ularda ham o'zaro hamkorlik yuzaga kelishi
mumkin. Agarda, qulay shart - sharoitlar yuzaga kelmasa, tomonlar o'z xatolarini
tushunish va ularni bartaraf etishga harakat qilmasalar, ularning nizolariga
aralashuvchi boshqa odamlar miqdori ortib boraversa, bunday hollarda
vaqtinchalik erishilgan ziddiyatlarning pasayishi, keyinchalik yana, yangi
nizolarning yuzaga kelishi bilan avj olib ketishi mumkin.
Uchinchi tip munosabatlar, nizodan keyingi vaziyat xarakteriga ko'ra:
“nizolar qisman hal qilingan→zo'riqishlarning kuchayishi→yangi nizoning
238
Do'stlaringiz bilan baham: |