O'zbekiston respublikasi profi universitety


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

konfliktologiyani yuzaga keltirdi. 


234 
So'nggi vaqtlarda nizolar va ularni xal etish omillarini tadqiq etish jadal 
rivojlanib bormoqda. Nizoli vaziyatlarni nazorat qilish qator bajarilishi lozim 
bo'lgan ishlar tartibi (protseduralar)dan tashkil topadi: 
- ro'y berishi mumkin bo'lgan nizolar ishtirokchilarining qiziqishlari, 
manfaatlari, niyat-o'ylari, ko'zlayotgan xatti-harakati haqida ishonchli ma'lumotlar 
almashinish; 
- nizoli vaziyatga boshqarib bo'lmaydigan xarakter bera oladigan barcha 
xatti-harakatlardan o'zini tiyish; 
- nizoni xal etishga xolis, obro'li arbitrlarni jalb qilish; 
- nizoni xal etishning har tomonlama maqbul bo'lgan, barcha imkoniyat-
larini aniqlash va ulardan foydalanish; 
- ishchan sheriklik muhitini yaratish va uni saqlab turish, nizodan keyingi 
salbiy hissiy qarama-qarshilikdan qochish. 
3 §. Shaxslararo munosabatlarda nizolarning 
yuzaga kelishi va rivojlanishi 
 
Umuman psixologik adabiyotlarda, konfliktologiya sohasidagi adabiyotlarda 
nizolarning har-xil turlari farqlanadi. Aksariyat hollarda nizolarni bir yoqlama, 
ularni salbiy nuqtai nazardan baholash hollari kuzatiladi. Lekin, nizoni - nizodan 
farqi bor. Chunki, ma'lum ma'noda nizo shaxslararo, guruhlararo munosabatlarni 
rivojlantiruvchi omil bo'lib ham xizmat qiladi. 
Quyida keltirib o'tilgan sxemada ko'rinib turganidek (40-rasm), shaxslararo 
munosabatlarning har qanday turida tomonlarning munosabatlarida nizoli 
vaziyatlarning yuzaga kelishi muqarrar. Lekin, shu nizolarning xarakteri, ularning 
oqibatlari, ularning kechishi, unda ishtirok etuvchilarning xulqi va shu kabi ko'plab 
omillarga ko'ra nizolar va nizoli munosabatlar farqlanadi. Biz rasmda shartli 
ravishda rahbar va xodim o'zaro munosabatlarida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan 
nizolar va ularning rivojlanish yo'li haqidagi ma'lumotlarni keltirib o'tdik. Bu 
sxemani deyarli har qanday shaxslararo munosabatlar tipiga, masalan: 
“xodim↔xodim”, “rahbar ↔ xodim”, “komandir ↔ kursant”, “o'qituvchi↔talaba” 
“ota-ona ↔ farzand”, “talaba ↔ talaba”, “er ↔ xotin” va hokazo munosabatlar 
tipiga tadbiq qilish mumkin. Quyida, dastavval ijobiy psixologik iqlim hukm 
surgan muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz jamoalarda ro'y berishi mumkin bo'lgan 
nizolarni ko'rib chiqamiz. 
Rasmda ko'rinib turganidek shaxslararo munosabatlar muvaffiqiyatli 
jamoalarda biriktiruvchi va muvaffaqiyatsiz jamoalarda esa ajratuvchi 
xarakterdagi nizolar kuzatiladi. Bu nizolar psixologik adabiyotlarda “konstruktiv” 
(“biriktiruvchi”) va “destruktiv” (“ajratuvchi”) nizolarga farqlab beriladi. Ular 
o'zlarining yuzaga kelishiga asos bo'lgan muammolar, bu muammolarning hal 
etilishi, nizolarning kechishi, ularning ishtirokchilari, oqibatlari va unda 
boshqalarning ishtiroki xarakteriga ko'ra bir-biridan farqlanadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling