O'zbekiston respublikasi profi universitety


ijtimoiy deidentifikatsiya, xayrixohlik, hamdardlik hissining o'tmaslashuvi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1544935
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   258
Bog'liq
Psixologiya ilk tushunchalar

ijtimoiy deidentifikatsiya, xayrixohlik, hamdardlik hissining o'tmaslashuvi 
frenomeni yuzaga keladi. Ijtimoiy me'yorlar zaiflashib qoladi, “kuzatuvchi 
apatiya”si effekti, ayrim individlar kechinmalariga indifferentlik yuzaga keladi. 
(Diffuz ijtimoiy guruh sharoitida ijtimoiy javobgarlikni bunday pasayishi guruhli 
inkor qilish, deb ataladi.) 


232 
Uzoq muddat guruhli izolyatsiya sharoitida ruhiy zo'riqish holati 
yuzaga keladi. Suv ostida suzishda, kosmik kemalarda uchishda, qutb 
stantsiyalarida, mayoqlarda, turli ekspeditsiyalarda va qamoqxona kameralarida 
yuqori 
nervozlik, 
shaxslararo 
munosabatlarning 
nizoligi 
kabilari 
bilan 
xarakterlanuvchi psixik destabilizatsiya holati yuzaga keladi. Bunday sharoitlarda 
shaxsning depersonalizatsiyasi ro'y beradi, autopsixik buzilishlar (o'zini-o'zi aks 
etishning adekvatligining yo'qolishi) yuzaga keladi.
Nizo psixologiyasi 
Nizo - turli yo'nalishli qiziqishlar, manfaatlarga ega bo'lgan tomonlarning bir 
- biriga qarama-qarshi intilishi, tortishuvidir. Nizo ayrim odamlar, guruhlar, 
ijtimoiy tizimlarning qarama-qarshi an'analari to'qnashuvi natijasida yuzaga keladi 
va g'oyalar konfrontatsiyasi, turli foyda, naf ko'rish uchun kurashish, faoliyatining 
ma'lum bir jabhasida monopol hukmronlikka intilish shakllarida namoyon bo'ladi.
Nizolar shaxslararo va guruhlararo bo'lishi mumkin. Keskin nokonstruktiv 
nizolar ko'pincha axloqiy qoralangan kurash usullari bilan, sherikni psixologik 
bosib tashlashga (uni fosh qilish, yo'q qilishga) intilish bilan kuzatiladi. 
Nizolarni antogonistik (yarashmaydigan) va agonistik (yarashuvchi) turlari 
farqlanadi. Agonistik nizolarni xal etilishining boy berilgan imkoniyatlari, uni 
xronik va hatto antogonistik nizoga aylanib ketishiga olib keladi. Nizolarning 
mumkin bo'lgan barcha yechimlarini qidirish ularning o'zaro ma'qul yechimini 
topishga olib keladi.
Shuningdek, nizolar yashirin va realga ham farqlanadi. Real nizolar 
ishtirokchilari, yuzaga kelgan qarama-qarshiliklarni emotsional nizoli shaklda aks 
ettiradigan aktsentuatsiyalashgan ongning tashuvchisi hisoblanadilar. Bunda ro'y 
berishi mumkin bo'lgan “ongning torayishi” individda sog'lom fikrlash hissini 
bosib yuborib, nizoning oqibatlarini noadekvat baholanishiga olib keladi, opponent 
ustidan erishilgan g'alaba esa ko'pincha “shohona g'alaba” bo'ladi. 
Individlararo va kichik guruhlar orasidagi nizolarda, tortishayotgan tomonlar 
xulqida amalga oshiriladigan, qiziqishlar, manfaatlar to'qnashuvi ro'y beradi. Katta 
guruhlar o'rtasidagi nizolarda esa kayfiyatlar va ijtimoiy fikrlar to'qnashuvi ro'y 
beradi. Nizolar gorizontal bo'yicha ham (ijtimoiy bir turli tizimlar ichida) va 
vertikal bo'yicha ham yuzaga kelishi mumkin. Lekin barcha holatlarda nizo 
begonalashuv, qarama-qarshiliklarni va yana ham ko'proq holatlarda - dushmanlik 
va nafratni tug'diradi. 
Munosabatlarning bir jabhasida yuzaga kelar ekan, nizolar yangidan-yangi 
qarama-qarshiliklar tizimini tug'dirib boshqa jabhalarga ham tarqaydi. 
Nizoli vaziyatlar, o'zaro munosabatlarga kirishuvchi taraflar tomonidan 
ularni noadekvat aks ettirilishi natijasida yuzaga keladigan real va noreal bo'lishi 
mumkin. Yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar ko'lami ko'pincha orttirib yuboriladi, 
juz'iy qarama-qarshiliklarga orttirilgan ahamiyat beriladi, ularni hal etishning 
oddiy yo'llari yetarlicha baholanmaydi.
Qator holatlarda, tomonlar yolg'on qarama-qarshiliklar tufayli ziddiyatga 
(kurashga) kirishadigan soxta (mnimik) nizoli vaziyat yuzaga keladi. Bunday 


233 
nizolar boshqa tomon niyatini noadekvat baholash, uning xatti-harakatini noto'g'ri 
izohlash tufayli kelib chiqish mumkin. Ko'pincha odamlar nutqda berilgan 
ma'lumotlarning ikki mazmunligini tushunmaydi, ma'lumotni uning mazmuni, 
mohiyatidan ajratib oladilar.
Gohida nizoga boshqa tomonning xatti-harakati emas, uning salbiy psixik 
potentsiali, dushmanlik xatti-harakatlarini amalga oshirishi mumkinligi ehtimoli 
ham olib kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarda - adashmovchilik tufayli ro'y 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling